07.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
07.10.2026, 14:13
Adabiyot 👁 950

Taniqli shoira va publitsist Muhtarama Ulugʻova amudaryolik ijodkor yoshlar bilan uchrashdi

Taniqli shoira va publitsist Muhtarama Ulugʻova amudaryolik ijodkor yoshlar bilan uchrashdi

Ijod ahli azaldan sayyor xalq. Nafaqat kasbiy faoliyati, balki shaxs sifatidagi mavqei jihatidan ham, ayniqsa, yozuvchi va shoirlarning umr yoʻllari xalqning ezgu orzu va umidlari bilan chambarchas tutashib ketgan. Shu bois, ular oʻz hayotlarining asosiy qismini xalq orasida oʻtkazadilar. Koʻngillarni tebratuvchi goʻzal sheʼrlar, inson qalbini tozartirib, hayotdan zavq olib yashashga undovchi yetuk badiiy asarlar ularning ijodiy safarlarida dunyoga keladi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, "Shuhrat" medali va "Mehnat shuhrati" ordenlari sohibasi, taniqli shoira va publitsist Muhtarama Ulugʻovaning har galgi yangi chiqqan kitoblari juda tez ommalashib, qoʻlma-qoʻl boʻlib ketadi, xalqimiz tomonidan sevib oʻqiladi. Umrining 73-bahorini qarshilagan shoira hamon xalq orasida.

Oʻzbekistonning jannatmakon, goʻzal Fargʻona viloyatida, olim-u fuzalolar, hassos shoir-u yozuvchilar, sohirqalb sanʼatkorlar yurti – Margʻilon shahrida 1952-yilda tavallud topgan Muhtarama Ulugʻova qariyb 60-yildan beri ijod maydonida.

Uning turli yillarda chop etilgan "Boychechakning tushlari", "Muhabbatga toʻymasman sira", "Ey, dilim!" sheʼriy toʻplamlari, Oʻzbekiston xalq shoiri, ustozi Zulfiyaxonimga bagʻishlangan "Muhabbat saroyida mangu qolganlar", "Bahor keldi seni soʻroqlab" kabi badiiy publitsistik kitoblari barcha yosh toifasidagi kitobxonlarning koʻngil mulkiga aylangan. Muhtaramaxonim ham ustozi Zulfiyaxonim kabi tabiat va bahor shaydosi.

Uning ijodiy safarlari aynan shu fasldan boshlanishida ham ajib ramziy maʼno bor: qiygʻos gulga kirgan chaman bogʻlar bagʻridan, koʻksida boychechaklar, lolaqizgʻaldoqlar marjonday tizilgan qir-u adirlardan, bahorda bir bora yashnab, koʻzlarni oladigan yurtning choʻl-u sahrolaridan bitmas-tuganmas zavq, ilhom oladi.

Shoiraning bu galgi ijodiy safari Qoraqalpoq zaminining goʻzal Amudaryo sohillaridan boshlandi. Amudaryo ustiga qurilgan muhtasham Doʻstlik koʻprigida shoirani Oʻzbekiston Yozuvchilar Uyushmasi aʼzosi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, "Barkamol avlod" bolalar maktabi direktori, shoira Xonimjon Rajabova, Amudaryo tumani hokimining oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburovalar kutib olishdi.

Shu kuni tumanimizning faxriy mehmoni Muhtarama Ulugʻova bilan "Barkamol avlod" bolalar maktabi oʻquvchi-yoshlarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda mazkur maktabning ijodkor yoshlari, shuningdek, Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimi xodimlari, Mangʻit shahrining Olmazor mahallasi yettiligi aʼzolari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Muhtarama Ulugʻova "Barkamol avlod" bolalar maktabining havaskor-ijodkor oʻquvchilari, "Yosh jurnalist va notiq" toʻgaragi aʼzolari bilan adabiy suhbat oʻtkazib, yosh ijodkorlarga oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi. Ayniqsa, shoiraning ijod mashaqqatlarini yuksak maʼnaviyat va ilm orqali yengib oʻtish, ijodiy kamolot sari intilish borasidagi qiziqarli suhbatlari, maslahat va tavsiyalari yoshlarga manzur boʻldi.

Oʻz navbatida faxriy mehmon uchrashuv tashkilotchilariga chin dildan minnatdorchilik bildirib, yangi sheʼrlaridan oʻqib berdi.

Sheʼrxonlik va maroqli suhbatlar tarzida oʻtgan uchrashuv tadbiri ishtirokchilar, ayniqsa, adabiyot va sheʼriyatga ixlosmand oʻquvchi-yoshlar uchun yorqin taassurotlar baxsh etdi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026