21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 22:26
Jamiyat 👁 1,528

TOʻYLAPNI TAPTIBGA KELTIPISh OʻZIMIZNING QOʻLIMIZDA

TOʻYLAPNI TAPTIBGA KELTIPISh OʻZIMIZNING QOʻLIMIZDA

Toʻy – oʻzbek xalqining azaliy murodi, oliy maqsadi. Shu sababdan ham keksalarimiz duoga qoʻl ochganlarida “toʻyga yetkazsin!”, “topgan-tutganimiz toʻylarga buyursin!” deya tilak bildirishadi.

Shu birgina “toʻy” soʻzi vujudingizga iliqlik olib kiradi, tasavvuringizda oʻyin-kulgu, shodonlik aks etadi. Ammo shu “toʻy” deya atalmish murod-maqsadlar majmuini barpo etish, bu marosimga qarindosh-urugʻ, qoʻni-qoʻshni, doʻst-yorlarni taklif etib, ularning koʻnglini topish, ushbu toʻyni koʻngildagidek oʻtkazish oson ish emas. Biz odatda toʻy marosimini oʻtkazish uchun katta tayyorgarlik koʻramiz. Bunga esa juda koʻp mablagʻ kerak boʻladi.

Yurtdoshlarimiz orasida iqtisodiy jihatdan haddan tashqari baquvvat yoki nochor ahvoldagi kishilarning borligi rost gap. Bu ikki toifa kishilarning ahvoli ular tomonidan oʻtkazilayotgan toʻy-maʼrakalarda yaqqol koʻrinib turadi.

Aytaylik, falonchi boy oʻgʻlining nikoh toʻyi “gulyanka”sida turli rusumdagi 30 ta yengil mashina ishtirok qildi, toʻyga eng taniqli xonandalar tashrif buyurishdi, mehmonlarga turli taomlar tortildi, “sen ich, men ich” avjiga chiqib, toʻymisan-toʻy boʻldi. Oradan ozgina vaqt oʻtib, shu boyning yon qoʻshnisi boʻlgan bir nogiron inson ham toʻy qilib, oʻgʻlini uylantiradigan boʻldi. Yashiradigan joyi yoʻq, oʻtgan toʻydagi dabdababozlik, maqtanchoqlik, xarajatlarning keragidan ortiqcha sarflanishi bu toʻy egasiga azob berardi. Chunki bu ikki toʻy oʻrtasidagi farq juda katta edi-da!

Oramizdagi ayrim yurtdoshlarimizning daromadlari koʻpaygach, bosar-tusarini bilmay qolishayotganlari bizni hayratga soladi. Bular koʻpincha yuqorida keltirilganidek, shu kundagi toʻy-maʼrakalarimizda yaqqol namoyon boʻlayotir.

Toʻy-maʼrakalarni oʻtkazishni tartibga keltirish masalasi davlatimiz rahbarlarining doimo diqqat markazida boʻlib kelgan. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 1998-yilning 28-oktyabrida shu masala boʻyicha maxsus Farmon qabul qilgan edilar.

Ushbu Farmonda keyingi vaqtlarda toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlarni, marhumlar xotiralariga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishda mamlakatimizning koʻp joylarida shuhratparastlik, dabdababozlik, isrofgarchilikka yoʻl qoʻyish, el-yurt odatlari va anʼanalarini mensimaslik, oʻzini koʻz-koʻz qilish, atrofda yashayotgan odamlarning hol-ahvolini inobatga olmaslik kabilarga yoʻl qoʻyilayotgani koʻrsatilib, bunday holatlarni tugatish yuzasidan qator topshiriqlar berilgan edi.

Shundan keyin, 2010-yilning 6-yanvarida tumanimiz hokimining “Tumanda aholi tinchligini saqlash, toʻy, maʼraka, oilaviy tadbirlar va boshqa marosimlarni oʻtkazishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi farmoyishi qabul qilindi.

Oʻtgan davr mobaynida Prezident Farmoni va tuman hokimi farmoyishi ijrosini taʼminlash yuzasidan tumanimizda bir qancha ishlar amalga oshirildi. Bu ishlarga butun jamoatchilik aralashdi. Toʻy-maʼrakalarimizni tartibga keltirishda mahalla, shaharcha va ovul fuqarolar yigʻinlarining ham roli katta boʻldi.

Toʻylarni oʻtkazish ancha vaqtgacha tuman hokimining farmoyishida belgilangan “yoʻl harakati xavfsizligi talablariga rioya etish maqsadida nikoh toʻylarida kuyov va kelin tarafidan ikkitadan (jami 4 ta) yengil avtomashinadan ortiq boshqa avtotransport vositalarini jalb qilmaslik va toʻylarda ovoz kuchaytirgich vositalaridan foydalanishni tartibga solish, xonanda va raqqosalarga pul qistirishga va ichkilikbozlikka barham berish kabi talablarga qattiq rioya etildi. Ammo ming afsuski, bugungi kunda oʻtkazilayotgan toʻylarimizda dabdababozlik, isrofgarchilik va shu kabi salbiy holatlar yana avjga chiqayapti.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oʻtgan yilning 3-avgust kuni ziyolilar bilan oʻtkazgan uchrashuvida toʻy-hashamlar bilan bogʻliq ortiqcha xarajatlar ming-minglab oilalarning nafaqat iqtisodiy ahvoliga, balki, butun hayotiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatayotgani haqida gapirdi. Haqiqatan ham bugun hayotimizda koʻpayib borayotgan oilaviy mojarolar, urush-janjallar, ajralishlar, qudalar oʻrtasidagi sovuqchilik sabablari ham koʻpchilik hollarda xuddi shu narsaga borib taqaladi.

Biz oldinlari “gulyanka”lardagi mashinalarning koʻpligi, mast-alast mashina boshqarishlar, yoshlarning qiy-chuv koʻtarib yurishlaridan shikoyat qilardik. Endilikda bunday holatlarga qoʻshimcha ravishda yangi odatlar ham paydo boʻlayapti.

Bugungi kunda yoshlarimiz tomonidan oʻtkazilayotgan “gulyanka”larda hali voyaga yetmagan qizlarimiz ham ishtirok etishayapti. Ularning “gulyanka”larga chiqishi oldidan salonlarda falon ming soʻm evaziga pardoz-andoz qilib soatlab oʻtirishlari kishini hayratga soladi. Shu oʻrinda men bir narsaga hayron qolaman. Ularning bunday harakatlariga ota-onalari nega jim qarab turishibdi? Yoki ular bunday holatlardan “qizim boʻy yetdi” deb faxrlanisharmikan?

Toʻyxonalarda ovoz kuchaytirgichlardan foydalanish haligacha tartibga keltirilgani yoʻq. Nikoh toʻylarimizning yangicha urf-odatlar bilan “boyib” borayotgani kishini hayratga soladi. Jumladan kelin-kuyovning valsga tushishi, yurak shaklida sham yoqish va shularga oʻxshash odatlar qayerdan kelayapti?

Ijaraga olib kiyiladigan yevropacha fasondagi kelin koʻylaklarning zarari haqida tuman gazetasida bir qancha maqolalar yoritilgan. Ammo nima uchundir koʻpchilik yoshlarimiz bizning millatimizga yot boʻlgan zararli odatlarga yoki fasonlarga oʻch boʻlishadi?

Kelin boʻlmish falon soʻmga birovlar kiyib tashlagan koʻylakni ijaraga olish oʻrniga salgina pulga adras olib, oʻzibop kelin koʻylak tiktirib kiysa, qanday yaxshi boʻlardi. Yana bir muhim tomoni oʻsha koʻylak unga toʻy kunidan esdalik boʻlib qolardi.

Biz – Oʻzbekiston fuqarolari bugungi kunda farovon hayot egalarimiz. Ayni kunda biz uchun barcha imkoniyatlar eshiklari ochiq. Shunday ekan, oʻzimizning halol mehnatimiz, peshona terimiz bilan topgan daromadlarimizni zararli odatlar uchun emas, balki ertangi yaxshi kunimiz uchun foydalansak, yoshlarni dabdababozlik, shuhratparastlik, ichkilikbozlikka va chetdan kirib kelayotgan bachkana odatlarga berilmaslik ruhida tarbiyalab borsak, albatta, bizning ertangi kunimiz yanada yaxshi boʻladi.

Biz har doim toʻylarimiz haqida gap ketganida “yoshlarimiz undoq qilayapti, yoshlarimiz bundoq qilayapti”, deb ulardan nolishni boshlaymiz. Toʻgʻri, toʻylarni oʻtkazish paytida yoshlarimiz tomonidan turli nomaʼqul ishlar qilinayapti. Eng achinarlisi, ular chetdan kirib kelayotgan turli odat va rasm-rusumlarga berilib ketishayapti. Ammo shu yoshlarning ota-onalari qayerga qarashayapti? Nega ular yoshlarning beoʻxshov harakatlariga jim qarab turishadi?

Toʻy boshida turgan ota-ona farzandining har xil talab yoki iltimoslariga “xoʻp boʻladi, bolajonim!” deyishi nimalarga olib kelishi haqida bir oʻylab koʻrsak yaxshi boʻlardi.

Siz bunga nima deysiz?

Fotima DOʻSIMBETOVA, “Boy ovul” MFY diniy maʼrifat va

maʼnaviy- axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026