Özbekiston - yagona Oila
Oppoq tong köksiga boşimni qöyib,
Subhi sabolarni simirdim töyib.
Şunçalar yoqimli, gözal, ajoyib,
Samo ham raqs etar quloçin yoyib,
Oromga çulğangan Vatanim mening.
Dalalar bağrida ajib sinoat,
Har qariç yerda rizq, fayz-u barokat.
Oddiy dehqon emas, dehqon ham albat,
Öz mulki-yerida yaşar badavlat,
Obod köngillarda imkonim mening.
Istiqlolga egiz tuğilgan Öğlon,
Ozodlik tuğini boşida tutgan.
Jahon maydonida bellaşgan zamon,
Ilm-u zakovatda barçadan ötgan.
Kuç-qudrat timsoli - irfonim mening.
Bir hovuç buğdoydan xirmonim töldi,
Dasturxonim töldi, har yonim töldi.
Qarang-a! Şu zamin öz mulkim endi,
Boğ-roğim fayzidan hamyonim töldi.
Ham qadru qimmatim, tayançim mening.
Qiblaga oçilgan eşiklarimiz,
Mehrdan qurilgan köşklarimiz.
Gödagin ulğaytgan beşiklarimiz –
Vatan, deb yangragan qöşiqlarimiz,
Dildagi iftixor, iqbolim mening.
Ajdodlarim ruhi şodon kezadi,
Yuksak maʼnaviyat elni bezadi.
Yuragim quvonçlar hissin sezadi,
Uşbu dam Vatanim çunon bezandi –
Eng uluğ, eng aziz ayyomim mening!
Kel, hey, ahli jahon, töyimni köring,
Imkonlari uluğ öyimni köring.
Qaddu kamolimni, böyimni köring,
Barça millat ahil UYIMni köring.
UYIMning törida mehmonim mening!
Bunda tinçlik hokim, birdamlik hokim,
Qoraqalpoq, qozoq, öris - jon-tanim.
Ozar-u, tojik, tatar, turkmanim –
Barça millat uçun ONA Vatanim –
Özbekiston buyuk OILAM mening!
Robiya YÖLDOŞEVA.
(Foto - http://icc.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶