Saidbekning dadil qadamlari
Saidbek Qadamboyevning nomi nafaqat tumanimiz, balki Qoraqalpoğiston miqyosidagi şaxmat sporti şinavandalariga yaxşi taniş. Yoşiga nisbatan ança bosiq va mulohazali bölgan Saidbek Qadamboyev şaxmat taxtasida ilk marta dona surganida endigina tört yoşga qadam qöygan edi. Nevarasining alohida qobiliyatga egaligini sezgan buvasi Odilboy Allaberganov asosiy vaqtini Saidbek bilan şuğullanişga bağişladi. Şaxmat sporti böyiça tumandagi közga köringan trener Zafar Qurbonboyevga şogirdlikka berdi.
Saidbek qisqa vaqt içida tuman şaxmat sportining yulduziga aylandi. U ilk marta özi tahsil oladigan 56-sonli maktab öquvçilari örtasida 1-örinni egallagan bölsa, keyinçalik tuman miqyosidagi musobaqalarda öz tengdoşlari orasida ğoliblikni qöldan bermaydigan haqiqiy şaxmat yulduziga aylandi.
Ötgan öquv yilida bölib ötgan “Umid nihollari” uç bosqiçli sport musobaqalarida hududiy, tuman bosqiçlarida birinçilikni qöldan bermagan Saidbek Qoraqalpoğiston Respublikasi çempioni böldi.
Yangi yilda Saidbekka yana omad kulib boqdi. “Qişki taʼtilni sport bilan ötkazamiz!” şiori ostida bölib ötgan “Umid nihollari” uç bosqiçli sport musobaqalarining hududiy va tuman bosiqlarida u yana faxrli 1-örinni egalladi va musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma oldi.
- Şaxmat – aql gimnastikasi, - deydi Saidbek. – Qança köp şuğullansangiz, şunçalik köp narsani bilib olasiz. Ayniqsa, xotirani mustahkamlaşdi şaxmatga teng keladigani yöq. Mustahkam xotira esa bitmas-tuganmas bilimga eltuvçi kuçdir. Men şaxmat sportida har kun bir yangi qadam qöyib yaşaşga intilaman.
Saidbek Qadamboyevning orzulari köp. U kelajakda dunyo yoşlari bilan bellaşiş niyatida. Uning ezgu orzulariga tolmas qanot, qadamlariga şijoat tilaymiz.
Robiya Yöldoşeva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶