Inklyuziv jamiyat sari dadil qadamlar: Qoraqalpoğistondagi tört yetakçi NNTning 2025-yil davomida amalga oşirgan işlari töğrisida hisoboti tinglandi
Maʼlumki, “Nodavlat notijorat taşkilotlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining qonunida jamoat fondlari va nodavlat notijorat taşkilotlari har yili öz faoliyati töğrisida hisobot eʼlon qilib borişi lozimligi körsatilgan. Nukus şahridagi nodavlat notijorat taşkilotlari uyida şu munosabat bilan Özbekiston Nogironlar assotsiatsiyasi, Nogironlar jamiyati, Közi ojizlar jamiyati va Karlar jamiyati Qoraqalpoğiston bölimlari masʼullari muassasalar tomonidan ötgan yil davomida amalga oşirilgan işlar yuzasidan hisobot berdi.
Yiğilişda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari, Oliy Majis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondining Qoraqalpoğiston bölinmasi, Özbekiston Nodavlat notijorat taşkilotlari milliy assotsiatsiyasi Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölinmasi masʼullari hamda nodavlat notijorat taşkilotlari vakillari iştirok etdi.
Yiğilişni Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining qömita raisi Şarapat Otemisov oçdi va olib bordi. Qayd etilganidek, 2025-yil Qoraqalpoğiston Respublikasida ijtimoiy himoya va inklyuzivlikni taʼminlaş borasidagi islohotlarning amaliy natijalari bilan esda qolarli yil böldi. Hududda faoliyat yuritayotgan törtta yirik nodavlat notijorat taşkiloti — Nogironlar assotsiatsiyasi, Nogironlar jamiyati, Közi ojizlar jamiyati va Karlar jamiyati tomonidan yil davomida keng kölamli işlar amalga oşirildi.
Jumladan, Özbekiston Nogironlar assotsiatsiyasining Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy bölimi 2025-yilda asosiy eʼtiborni jamoatçilik nazorati va grant loyihalariga qaratdi. Taşkilot tomonidan yil davomida ijtimoiy obʼektlarda tösiqsiz muhit yaratilganligi böyiça 17 ta jamoatçilik nazorati tadbirlari ötkazildi. Uşbu monitoringlar banklar, bozorlar, davlat xizmatlari markazlari va taʼlim muassasalarini qamrab oldi.
Assotsiatsiya grant tanlovlarida ham faollik körsatdi. Xususan, Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi tomonidan moliyalaştirilgan «Inklyuziv infratuzilma yaratiş» va mahalliy fondlar kömagida «Biz birgamiz» loyihalari muvaffaqiyatli amalga oşirildi. Xalqaro hamkorlik doirasida Birlaşgan Millatlar taşkiloti Taraqqiyot dasturining «Barça uçun xavfsiz turmuş» grant loyihasi qölga kiritildi. Şuningdek, korruptsiyaga qarşi kuraşiş mavzusida grant loyihasi doirasida seminarlar taşkil etilib, unda 300 dan ortiq nogironligi bölgan şaxslar va talabalar iştirok etdi.
Özbekiston Nogironlar jamiyatining Qoraqalpoğiston hududiy bölimi tomonidan 2025-yilda 223 marotaba tadbir ötkazilib, ularga 8735 nafar fuqaro jalb qilindi. Hozirgi kunda jamiyat aʼzolarining soni 37 ming 291 nafarni taşkil etadi.
Taşkilot xotin-qizlar bandligini taʼminlaşga alohida urğu berdi. Xususan, «Tadbirkor ayollar haftaligi» doirasida kaştaçilik böyiça master-klasslar taşkil etildi hamda «MEHNAT VA SAMARA» forumida hunarmand ayollar öz mahsulotlari bilan qatnaşdilar. Inklyuzivlikni taʼminlaş maqsadida jamiyat mutaxassislari tomonidan respublika böylab 650 dan ortiq bino va inşootlarning nogironligi bölgan şaxslar uçun qulayligi monitoring qilindi. Bayramlar arafasida va Ramazon oyida minglab ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.
Özbekiston Közi ojizlar jamiyati Qoraqalpoğiston bölimi 2025-yilda öz aʼzolarining madaniy hordiq çiqarişi va salomatligini tiklaşga eʼtibor qaratdi. Hisobot davrida jamiyatga 276 nafar yangi aʼzo qabul qilinib, umumiy röyxatdagilar soni 7 ming 449 nafarga yetdi. Yil davomida 359 ta madaniy-maʼrifiy tadbir va 45 ta sport musobaqasi ötkazildi.
Bandlik masalasida ham ijobiy natijalar qayd etildi: 13 nafar közi ojiz şaxs işga joylaştirilib, jamiyat aʼzolaridan işlovçilar soni 155 nafarga yetdi. Ijtimoiy himoya doirasida homiylar va mahalliy hokimiyat kömagida aʼzolarga 236 million sömdan ortiq moddiy yordam körsatildi. Şuningdek, 96 nafar aʼzo sihatgohlarga bepul yöllanma bilan taʼminlandi.
Özbekiston Karlar jamiyati Qoraqalpoğiston bölimi esa eşitiş va gapiriş qobiliyati çeklangan şaxslarni kasbga yönaltirişda namunali işlarni amalga oşirdi. Surdotarjimonlar kömagida 15 nafar erkak haydovçilik guvohnomasini oliş uçun öqitilib, ulardan 6 nafari guvohnomaga ega böldi va 3 nafari «Yandex» taksi xizmatida iş boşladi.
Jamiyat tomonidan 468 nafar fuqaroga mavsumiy işlarda bandligini taʼminlaşga kömaklaşildi. Ijtimoiy himoya daftarida turuvçi 429 ta oilaga kommunal tölovlar uçun 1 million sömdan mablağ plastik kartalariga tuşirib berildi. Tibbiy yönalişda ham amaliy yordam körsatilib, aʼzolarning köz operatsiyalari va sanatoriylarda davolanişi taşkil etildi.
Xulosa qilib aytganda, 2025-yilda mazkur tört taşkilot davlat subsidiyalari va grant mablağlaridan samarali foydalangan holda, minglab hamyurtlarimizning ijtimoiy hayotga moslaşuviga va huquqlari himoya qilinişiga xizmat qildi.
Yiğiliş iştirokçilari mazkur taşkilotlarning 2025-yil davomidagi faoliyatiga yuqori baho berib, kelgusidagi işlariga omad va muvaffaqiyatlar tiladilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶