TABIAT – ONAMIZ
Atrof-muhitni muhofaza qiliş mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga kötarilgan eng dolzarb masala hisoblanadi. Şu bois, mustaqillikning ilk yillaridanoq "Suv va suvdan foydalaniş töğrisida”gi, "Havo atmosferasini muhofaza qiliş töğrisida”, "Çiqindilar töğrisida”, "Alohida muhofaza qilinadigan hududlar töğrisida”gi bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilinib, hayotga joriy etildi. Uşbu qonun hujjatlariga muvofiq tabiatni muhofaza qiliş borasidagi işlarni hayotga tatbiq etiş maqsadida millionlab söm mablağlar ajratildi. Birgina 2013-2017-yillarda Özbekiston Respublikasida atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça Dastur doirasida amalga oşiriladigan tadbirlar uçun 89 milliard sömlik mablağ sarflanişi közda tutilgan. Özbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining 2013-yil 27-maydagi 142-sonli qaroriga muvofiq Qoraqalpoğiston Respublikasi miqyosida tabiat va atrof-muhit muhofazasi uçun 69,68 million AQŞ dollari, 7134,7 million sömlik mablağlar ajratilişi közda tutilgan. Bu – bizni qurşab turgan nabotat olamini köz qoraçiğidek asraş, obodonlaştiriş, kökalamzor hududlarni yanada kengaytiriş, yangiliklar bilan boyitiş degani. Zero, tabiat – onamiz, undagi barça neʼmatlar esa boyligimiz. Bu boylikni asrab-avaylaşga şu zaminda yaşab, şu havodan nafas olayotgan har bir inson masʼul.
Tuman tabiatni muhofaza qiliş bölimi tomonidan joriy yilning olti oyi davomida fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qiliş borasida tuman prokuraturasi va tuman DSENM xodimlari bilan hamkorlikda reydlar ötkazildi. Reyd natijasiga köra qonunbuzarliklarga yöl qöygan tegişli idoralar va şaxslarga maʼmuriy çoralar körilib, aniqlangan qonun buzilişlari yuzasidan 47 şaxsga 3740730 söm jarima solindi va töliği bilan undirib olindi. Şu bilan bir qatorda 7 nafar fuqaroning ariza va şikoyatlari örganib çiqilib, ularga öz vaqtida javoblar qaytarilib, qanoatlantirildi. Lekin şunga qaramasdan fuqarolar tarafidan tabiatga ziyon yetkaziş holatlari hamon uçrab kelmoqda. Misol tariqasida aytadigan bölsak, Qipçoq va Jumurtov şaharçasida daryoning muhofaza hududiga özboşimçalik bilan baliqxona qurib, daryo suvini ifloslaganligi uçun fuqarolar A.U.Allamov, O.U.Allamov, N.A.Örozboyeva, U.T. Örinboyev, X.Kamolov, K.K Atajanov va boşqalar, jami 11 nafar şaxsga 715500 söm, yer resurslaridan notöğri foydalanganligi uçun 2 nafar şaxsga 159000 söm, atmosfera havosini muhofaza qiliş qonun talablarini buzganligi uçun 11 nafar fuqaroga jarima solinib, undirib olindi.
Fuqarolar tarafidan sodir etilayotgan qonunbuzarliklar şuni körsatadiki, hali aholi örtasida olib borilayotgan tarğibot-taşviqot işlari yetarli darajada emas. Qonunbuzarliklarning oldini oliş va uning salbiy oqibatlari töğrisida aholiga tuşuntirişlar beriş, "Tabiatni muhofaza qiliş töğrisida”gi qonun hujjatlari yuzasidan tarğibot-taşviqot işlarini olib boriş, ularning ekologik madaniyatini oşirmoğimiz kerak. Bugungi kunda ekologik taʼlim-tarbiya işlarini boğça va maktablardan boşlab olib borilayotganligi davlatimiz tomonidan atrof-muhit muhofazasiga qaratilayotgan katta eʼtibordir. Şu bois, tuman tabiatni muhofaza qiliş bölimi nozirlari tomonidan yil davomida öz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni yanada çuqurroq örganib, qonun buzilişlarining oldini oliş maqsadida qator tadbirlar amalga oşirib kelinmoqda. Xususan, "Toza havo - dardga davo”, "Tabiat - onamiz”, "Atrof-muhit tozaligi – soğlom hayot mezoni” mavzularidagi aholi örtasida olib borilayotgan suhbatlar munozaralarga, taklif, talab va istaklarga boyligi bilan ajralib turadi. Aholidan tuşayotgan har bitta ariza, talab va takliflar, ötkazilayotgan suhbatlardan kelib çiqadigan xulosalar şuni körsatadiki, aholining ekologik madaniyatini oşirmay turib, bu boradagi muammolarni yeçiş aslo mumkin emas. Şuni inobatga olgan holda Qoraqalpoğiston Respublikasi tabiatni muhofaza qiliş qömitasi tuman bölimi nozirlari OFY va MFYlarda, kollej va litsey hamda maktablarda tez-tez uçraşuvlar ötkazib, tuman DSENM xodimlari, "Kamolot” YoIH tuman bölimi, joylardagi profilaktika nozirlari bilan hamkorlikda iş olib borayotganliklari bois, köplab köngilsiz holatlarga barham berildi. Qoraqalpoğiston Respublikasi "Qişloqxöjalikkimyo” hissadorlik jamiyatining tuman filialiga qaraşli 18 ta şoxobça mudirlariga nisbatan atrof-muhitga loqayd munosabatda bölganliklari uçun Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 89-moddasi, 1-qismi bilan maʼmuriy iş qözğatilib, jarima jazosi qöllanildi. Bundan taşqari, "Ellikqalʼa neft bazasi” unitar korxonasining Qoratov filialiga qaraşli 17 ta şoxobça mudirlari ham tabiatga yetkazgan ziyonlari uçun maʼmuriy jazo olişdi.
Bunday misollarni köplab keltirişimiz mumkin. Xususan, tumanimizning Oybek nomli, Döstlik, Olmazor, Çordara, Durunki, "Boy ovul”, Beruniy nomli, Gulzor, Böston, Yangi obod, Daryo böyi MFYlari raislari ham öz hududlarida tabiatni muhofaza qiliş bilan boğliq qonun hujjatlarini buzganliklari uçun maʼmuriy javobgarlikka tortildilar.
Azizlar, tabiat – onamiz. U bizni özining sölim bağridagi noz-neʼmatlari ila siylaydi: u tufayli qornimiz töq, egnimiz but, könglimiz xotirjam, hatto tan-jonimiz soğ. Uning musaffo havosidan dilimiz çoğ, oyoğimiz ostidagi har zarra tuproğidan tortib, har bitta yaproği-yu bir tomçi suvigaça tanimizga darmon, yuragimizga quvvat. Ana şu oliy neʼmat bilan hayotimiz gözal, farovon. Bu gözallikni asraş, farovonlikni boyitiş esa bizning – ona tabiatning buyuk xilqati – odamzodning işi, muqaddas burçi. Buni unutişga aslo haqqimiz yöq.
Muzaffar ABDURAIMOV, tuman tabiatni muhofza qiliş bölimi boşliği.
Jumamurod DÖSIMBETOV, tuman tabiatni muhofaza qiliş bölimi boşliği muovini.
Şuhrat BOLTABOYeV, suv resurslarini muhofaza qiliş böyiça nozir.
(Foto - http://uznature.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶