Tabiat möʼjizasi hisoblangan ğayrioddiy insonlar
Dunyoda milliardlab odamlar yaşaydi. Ular orasida özining noyob jismoniy xususiyatlari yoki ğayrioddiy qobiliyatlari bilan ajralib turadigan şaxslar bor. Ular göyoki tabiatning möʼjizasi bölib, imkoniyatlari oddiy inson aqliga siğmaydigan darajada keng. Baʼzilari bu qobiliyatlarga tuğma ega bölsa, boşqalari uzluksiz mehnat va maşqlar orqali hayratlanarli natijalarga erişgan.
Frantsiyalik Mişel Lotito har qanday qattiq materialni hazm qila oliş qobiliyati bilan tanilgan. U metall, şişa, plastik kabi buyumlarni bemalol isteʼmol qilgan. Eng hayratlanarlisi, u ikki yil davomida haqiqiy samolyotni mayda bölaklarga bölib yeyişga muvaffaq böldi! Olimlar uning oşqozon-içak tizimi juda mustahkam ekanligi va kuçli kislota işlab çiqarişini aniqlaşgan.
Amerikalik Kim Pik esa jahon tarixidagi eng kuçli xotiraga ega insonlardan biri bölgan. U 12 000 dan ortiq kitobni yoddan bilgan va har bir sahifani bir neça soniya içida eslab qolgan. Uning ğayrioddiy qobiliyati Gollivud kinoijodkorlarining eʼtiborini tortgan va u maşhur “Rain Man” filmi uçun prototip bölgan. Olimlar uning miyasi maʼlumotni qayta işlaşda oddiy odamlarnikidan tubdan farq qilişini aniqlaşgan.
Angolalik Fransisko Damingo Joakim eng katta oğizga ega inson sifatida tanilgan. Uning oğzi 17 santimetrgaça kengayişi mumkin. Bu esa unga kola bankasi, katta mevalar va boşqa buyumlarni oğziga siğdira oliş imkonini beradi. Bu noyob jismoniy xususiyati tufayli u Ginnes rekordlar kitobiga kiritilgan.
Gollandiyalik Vim Hof öz tanasini qattiq sovuqqa moslaştiriş qobiliyati bilan maşhur. U muzli suvlarda suziş, qor ustida yuguriş va hatto -20°C haroratda yupun holda bir neça soat qoliş kabi işlarga qodir. Olimlar uning tanasi kislorod tanqisligiga va sovuq taʼsiriga mutlaqo boşqaça reaktsiya qilişini aniqlaşgan. Vim Hof nafas oliş va meditatsiya texnikasi orqali organizmini boşqarişni örgangan va bu usul şifokorlar tomonidan ham örganilmoqda.
Amerikalik Din Karnazes juda uzoq masofaga yuguriş qobiliyati bilan dunyo ahlini lol qoldirgan. U 50 kun davomida har kuni 50 ta marafon, yaʼni 2 ming 100 km masofaga yugurgan, ammo çarçamagan. Olimlar uning muşaklari sut kislotasini boşqaça usulda işlab çiqaradigan mexanizmga ega ekanligini aniqlaşgan, bu esa çarçaşning oldini oladi. Uning natijalari inson organizmining çegaralari hali ham töliq örganilmaganini isbotlaydi.
Bu insonlarning har biri öz noyob xususiyatlari bilan dunyoni hayratga solgan. Ular tabiat inson tanasi va ongining çeksiz imkoniyatlarga ega ekanligini körsatadi. Baʼzilar tuğma qobiliyat sohiblari bölsa, boşqalari uzluksiz mehnat va maşqlar orqali imkonsizdek tuyulgan narsalarni uddalaşgan. Ulardan olinadigan asosiy saboq – inson imkoniyatlari çeksiz, asosiysi, işonç va harakat!
Internet maʼlumotlari asosida QDU talabasi, tahririyat amaliyotçisi Sevinç Maqsudova tayyorladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶