16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 03:52
Fan va taʼlim 👁 424

“MEHRJON” — HOSIL BAYRAMI OʻQUVChILAR QALBIDA ONA TABIATGA MEHR UYGʻOTDI

“MEHRJON” — HOSIL BAYRAMI OʻQUVChILAR QALBIDA ONA TABIATGA MEHR UYGʻOTDI

Aslida inson tabiatning eng oliy mahsuli. Uning yuksak aql-zakovati bilan goʻzalliklar yaratiladi, sogʻlom va baquvvat yashashi uchun ona yer bagʻrida bitmas-tuganmas rizq-nasiba yaratadi, oʻz mehnati bilan tabiatning boyligiga boylik qoʻshadi. Bu jihatdan mirishkor bobodehqonlarning mehnati eʼtibor va tahsinga loyiq. Har bir qarich yerdan dur undirib, turli noz-neʼmatlar yetishtirayotgan hazrati dehqonlarimiz uchun kuz – nafaqat sarbaland hosil xirmonlarini bunyod etish, balki xalqimizning rizq-nasibasi moʻl-koʻlligini xursandchilik bilan namoyish qilish ayyomi hamdir. “Mehrjon” – hosil bayrami ana shu jihati bilan barchamiz uchun aziz va qadrlidir.

Yaqinda Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi tasarrufidagi 36-sonli umumtaʼlim maktabining 3-“B” sinf oʻquvchilari tomonidan tashkil etilgan “Mehrjon” – hosil bayrami tadbiri ham mirishkor va fidoyi bobodehqonlarimizning mehnatlarini qadrlash, oʻsib kelayotgan yosh avlod qalbida ona tabiatga mehr-muhabbat tuygʻularini yanada mustahkamlashga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etdi. Unda maktab pedagogika jamoasi, boshlangʻich sinflar oʻqituvchilari va oʻquvchilari, shuningdek, ota-onalar ishtirok etishdi.

Tadbirni maktab direktorining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari Sarvar Qutlimurodov ochdi va barchani bayram bilan tabriklab, “Mehrjon” bayramining xalqimiz hayotida tutgan oʻrni va beqiyos katta ahamiyati xususida soʻz yuritdi. Ayniqsa, bobodehqonlarimiz yetishtirgan noz-neʼmatlarning qadriga yetish, ularning isrof qilmaslik zarurligini taʼkidladi.

Shundan soʻng, oʻquvchilar turli noz-neʼmatlar – poliz va sabzavot mahsulotlarini taʼriflovchi sheʼrlar aytib berishdi. Oʻquvchilar “Oltin kuz”, “Dehqonbobo”, “Paxtaoy” siymolarini namoyish etib, sheʼriy satrlar bilan taʼriflab berdilar. Ayniqsa, “Hozirjavob dehqon” sahna koʻrinishini mahorat bilan namoyish etgan oʻquvchilar Azizbek Murodboyev, Muhammaddin Norimmatov, Komronbek Ismoilov va Eldor Baxtiyorovlarning ijrolari barchaga manzur boʻldi.

Tadbir davomida maktab badiiy havaskorlik toʻgaragi aʼzolari tomonidan ijro etilgan “Olti xalfa” raqsi, masxarabozlik soʻz oʻyinlari, “Sholgʻom” ertagidan sahna koʻrinishlari, Dilnura Shomurodova, Guliraʼno Soatboyeva, Mohira Ozodboyeva, Madina Soatboyeva, Kumushbibi Ulugʻbekova hamda Odina Raimovalar ijrolaridagi dilrabo raqslar bayramga yanada fayz bagʻishladi.

“Mehrjon” – hosil bayrami oʻquvchi-yoshlar qalbida ona tabiatni sevish, uning bagʻrida yetishtirilgan noz-neʼmatlardan oqilonalik bilan, isrofgarchiliklarsiz foydalanish, bobodehqonlarimizning fidokorona mehnatlarini qadrlash tuygʻularini yanada mustahkamladi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026