APAFADA
Inson feʼli qiziq azaldan
Har narsaga belgi qöyadi.
Pejalari zafarli bitsa,
Buni şu belgiga yöyadi.
Özi yiğib daqiqalarni
Kun, oylarni yilga qilib jam.
Ötgan umrin qilib sarhisob,
Yil söngida qiladi bayram.
Mana bugun keldi öşa dam:
Biz yangi yil ostonasida.
Dildan tilga köçar tilaklar,
Qutluğ bayram bahonasida.
Ötgan yildan köngil xotirjam,
Pöyob böldi orzu-niyatlar.
Endi olğa çorlar hammani,
Berilgan yöl, imkoniyatlar.
Agar kimki bölsa tadbirkor,
Yuragida bölsa olov, çöğ.
Qilmoq uçun faol harakat,
Oldlarida heç bir tösiq yöq.
Tafakkurga ega insonning,
Xayoliga yöqdir nihoya,
Endi çetda qolmaydi heç bir,
Yangi fikr, har yangi ğoya.
Şu sababdan qaysi sohada,
Qiyin keçsa iş jarayoni.
Yangi usul, texnika bilan,
Oşib borar inson imkoni.
Bu zamona talab qilgan hol,
Fursat özi qilmoqda ogoh:
Zoye ketgan har soat –uvol,
Bekor turmoq – eng oğir gunoh.
Şunday ekan Yangi yilda ham,
Baxtin közlab har bir insonning.
Oşiraylik butun dunyoda,
Nufuzini Özbekistonning!
Yurt nafini maqsad deb bilgan,
Har bir inson doim bor bölsin.
Yurtboşimiz qöllab doimo,
Yaratganning özi yor bölsin.
Ahmad Nafasov, “Jayxun ilhomlari” NNT raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶