Endi "yoşiga tölmagan" avtomobilni ham sotiş mumkin
Yangi yilning 1-yanvaridan boşlab Özbekistonda işlab çiqarilgan va import qilingan, foydalaniş muddati işlab çiqaruvçining rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boşlab bir yildan oşmagan yengil avtotransport vositalari böyiça tegişli şartnomalarni tasdiqlaganlik uçun bojni har bir ot kuçi uçun eng kam oylik iş haqining 5 baravari miqdorida undiriş böyiça talab bekor qilindi.
Bu Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-dekabrdagi «Özbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari töğrisida»gi qarori bilan tasdiqlangan, deb yozadi “Xabar” sayti.
Bunga qadar notariuslar tomonidan mahalliy işlab çiqarilgan va import qilingan, foydalaniş muddati işlab çiqaruvçi rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boşlab 1-yildan oşmagan yengil avtotransport vositalaridan foydalaniş huquqini yoki oldi-sotdi şartnomasini almaştiriş, hadya qiliş, renta, ijaraga oliş, beğaraz foydalaniş, garovga qöyiş yoki lizingi böyiça tegişli şartnomalarni tasdiqlaganlik uçun boj har bir ot kuçi uçun eng kam oylik iş haqining beş baravari miqdorida undirilar edi. Şu bilan birga, körsatilgan stavka avtomobillar bilan bir yil davomida qança şartnoma imzolanganiga qaramay qöllanilgan.
Xarid qilingan kundan boşlab uç yildan oşmagan avtomototransport vositalarining olti-sotdi, almaştiriş, hadya qiliş böyiça şartnomalarni tasdiqlaganlik uçun amaldagi boj eng kam iş haqining 10 foizini, xorijda işlab çiqarilgan avtotransport uçun eng kam iş haqining 30 foizini, avtomobillardan ota-ona, turmuş örtoği va uning ota-onasi, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar hamda qarindoşlar tomonidan foydalaniş huquqini tasdiqlaganlik uçun eng kam iş haqining 1 barobari, boşqa şaxslar tomonidan foydalaniş huquqi eng kam iş haqining 5 barobari, boşqa şaxslar boşqaruvi huquqiga beriş eng kam iş haqining 10 barobarini taşkil etadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶