“BIZ KÖRGAN URUŞNI ENDI HEÇ KIM KÖRMASIN!”
Maşʼum xotiralar bilan tarixga muhrlangan afğon uruşi jarohatlari haliga qadar qalblarimizni tirnaydi. Afğon çöllarida çorasiz qolgan kunlarimiz, birdan boşlanadigan dahşatli otişmalar, daydi öq tegib bevaqt hayotdan köz yumgan quroldoşlarimiz yodi gohida tuşlarimizda sarosar kezib, bir on yöqlik qaʼriga tortib ketayotgandek tuyuladi...
Ha, biz mana şunday dahşatli kunlarni boşimizdan keçirdik. Özimiz guvoh bölgan bu hayotni heç kimga, hatto duşmanimizga ham ravo körmaymiz. Öşanda biz endigina 18 yoşga kirgan, ota-onamiz bağrida taşviş nimaligini bilmay yaşab yurgan kezlarimizda birdan uruş maydoniga kirib, xuddi tuş körayotgandek bölganmiz. Boşida salla, qöllarida qurol bölgan yuz-közi öralgan odamlar, tank va harbiy maşinalar kolonnasi, saf tortgan harbiylar haliga qadar köz öngimizdan ketmaydi.
Bizni 1981-yilda Vatan oldidagi burçimizni bajarişimiz uçun Qozoğistonning Çimkent viloyatidagi Abay tumaniga jönatişgan edi. U yerda ikki yarim oy davomida kuçli rejimda harbiy tayyorgarlikdan ötkazişdi. Şundan keyin bizni Toşkentga yuborişdi va aeroportda qöllarimizga harbiy biletlarimizni berib, Afğonistonga jönatişayotganini aytişdi. Öşanda ham heç birimiz uruşga ketayotganimizni bilmaganmiz. Qobulga borib, samolyotdan tuşişimiz bilan hammamizni turli polklarga qöşişdi va özimiz ham kutmagan holda jangçilarga aylandik.
Tirik qoliş gumon, imkonsiz bölgan hayotga birdan tuşib qoliş kimni ham dovdiratmaydi deysiz. Biz toğlar orasidagi yöllarda, BTRlar, tanklar, öq yomğirlari orasida ikki yil tahlikada yaşab, jang qildik. Afğon çöllarida oç-nahor, suvsiz qolib ketganimizda, öq yomğirlari bir on tinganida biz öz yurtimizdagi tinçlikning juda-juda qadrli ekanini his qilardik. Uyimizga xat jönatsak, uruşdaligimizni aslo aytmas edik. Qöllarimizda rubob yoki boşqa buyumlarni uşlab tuşgan suratlarni yuborib, özimizni xuddi öynab-kulib yurgandek körsatardik. Aslida esa bugun tirik bölsak, ertangi kun omon qolişimizga işonç yöq edi.
Bu azoblarni, taşlab ketilgan joyimizda haftalab nonsiz, suvsiz qolib ketganlarimizni hali ham unutganimiz yöq. Tağin ham biz tirik qaytdik, qançadan-qança quroldoş döstlarimiz köz oldimizda halok bölib, uylariga temir tobutlarda qaytişdi. Mana şunday dahşatli kunlarni körib qaytgaç, dunyoga butkul boşqaça közda qaraydigan böldik. Yaratganga şukurki, rizqimiz tugamagan ekan, kelib oilali böldik. Farzandlar kamolini, nevaralar köriş nasib qildi.
Biz körgan uruşlarni endi heç kim körmasin, bugungi osoyişta kunlarimiz bardavom bölsin! Tinçlik, tökin-soçinlik Alloh bizga berib qöygan eng uluğ neʼmatlardandir. Biz bularning qadriga yetişimiz, köz qoraçiğiday asraşimiz kerak.
Komiljon Iskandarov, Farhod Otajonov,
sobiq afğon uruşi qatnaşçilari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶