Endilikda xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari va “Mahalla yettiligi” hamkorlikda faoliyat yuritadi
Maʼlumki, 2024-yil 4-aprel kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining “Mahallalardagi muammolarni hal etişda xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan özaro hamkorligini yölga qöyiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilingan edi. Mazkur qaror bilan xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning özaro hamkorlik yönalişlari tasdiqlandi.
20-aprel kuni Amudaryo tumani hokimligida uşbu qarordan kelib çiqadigan vazifalar ijrosiga bağişlangan yiğiliş ötkazildi. Yiğilişda mazkur masala böyiça Amudaryo tumaniga biriktirilgan senator – Özbekiston kasaba uyuşmalari Federatsiyasining Qoraqalpoğiston Kengaşi raisi Uliqbek Jalmenov, tuman hokimi Sobir Xöjametov, Jöqorği Kengesning tumandan saylangan deputatlari, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari, hokimlik va idora-taşkilotlar masʼullari qatnaşdi.
Yiğilişda taʼkidlanganidek, endilikda aholining ijtimoiy xizmatlardan xabardorligini oşiriş, muammolarini hal etiş, hududlarda soğlom ijtimoiy-maʼnaviy muhitni saqlaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş, bandlikni taʼminlaş, kambağallikni qisqartiriş, xotin-qizlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va rağbatlantiriş kabi masalalarda xalq deputatlari mahalliy Kengaşlari deputatlari va “Mahalla yettiligi” özaro hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Bundan taşqari, uşbu hamkorlik yoşlarni qöllab-quvvatlaş va ularning ijtimoiy faolligini oşiriş, mahallada huquqbuzarliklarning oldini oliş, jamoat tartibini saqlaş, aholiga davlat tomonidan körsatiladigan ijtimoiy xizmatlar sifatini oşiriş, mahalliy byudjet daromadlari barqarorligini taʼminlaş kabi masalalarni ham qamrab oladi.
Qaror bilan tuman va şahar Kengaşi deputatlariga bir oy davomida özi biriktirilgan mahalladagi “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oşirilgan işlar holatini örganiş, bunda “Mahalla yettiligi” tomonidan körsatiladigan ijtimoiy yordam va ajratiladigan subsidiyalarning manzilliligi va asosliligiga alohida eʼtibor qaratiş, mahalla fuqarolarining qabulini taşkil etiş, aniqlangan muammolarni imkon qadar joyida hal etiş çoralarini köriş topşirilgan.
Örganiş va aholi bilan muloqot natijalari böyiça aniqlangan kamçiliklar hamda bildirilgan takliflar umumlaştirilib, tuman Kengaşi kotibiyatiga taqdim etiladi. Xalq deputatlari tuman Kengaşi kotibiyati esa deputatlar tomonidan taqdim etilgan muammolarni tegişliligi böyiça doimiy komissiyalar örtasida örganiş uçun taqsimlaydi. Tuman kengaşining doimiy komissiyalari har oyda deputatlar hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan kötarilgan muammolarni mutasaddi idoralar vakillari bilan birgalikda örganib, sayyor tarzda muhokama qiladi va hal etiş çoralarini köradi. Örganiş natijalari böyiça öz yeçimini topmagan muammolar esa Kengaş sessiyasi muhokamasiga kiritadi.
Endilikda tuman va şahar Kengaşlari har çorakda hududdan saylangan senator va Jöqorği Kenges yoki tegişli viloyat Kengaşi deputatlari iştirokida sessiya ötkazadi. Sessiyada “Mahalla yettiligi” faoliyati va ular bilan hamkorlik samaradorligini oşiriş masalalari muhokama qilinadi. Şuningdek, Mahalla uyuşmasi tuman va şahar bölimi rahbarlarining Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etiş jamğarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi töğrisidagi hisoboti eşitiladi. Bundan taşqari, fuqarolar yiğini raislarining faoliyatiga baho beriladi, öz faoliyatida jiddiy xato va kamçiliklarga yöl qöygan mahalla raisiga nisbatan işonçsizlik bildiriladi.
Yiğilişda Oliy Majlis Senati Kengaşining yuqoridagi qarorini amalga oşiriş mexanizmlari, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari va “Mahalla yettiligi”ning özaro hamkorlikda faoliyat yuritişini taʼminlaşda eʼtibor qaratiş lozim bölgan jihatlarga batafsil töxtalib ötildi.
Aytiş kerakki, “Mahalla yettiligi” – Kengaş – Senat” uç böğinli hamkorlik mexanizmining amaliyotga tatbiq etilişi mahallalardagi işlarni tizimli va samarali taşkil etişga, muammolar yuzasidan öz vaqtida va taʼsirçan deputatlik, Kengaş va Senat nazorati örnatilişiga xizmat qiladi.
Ğ.Yeşniyozov, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi raisining örinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶