TINÇLIKNING QADRINI URUŞ KÖRGANLAR AYTDI
Uruş! Bu söz zamiridagi dahşatni, talofatlarni, vayronagarçiliklarni va begunoh insonlarga yetkazuvçi azob-uqubatlarini faqat boşidan ötkazganlargina töla his qilişadi. Şu boisdan ham ular tinçlik-osoyiştalik qadrini çuqur anglaydilar, bugungiday farovon, dorilomon kunlarga beadad şukrona aytib yaşaydilar.
1979-yilda boşlanib, qariyb 10-yilga yaqin muddat davom etgan afğon uruşi qatnaşçilari ana şunday insonlar toifasidan.
Har yili 9-may – Xotira va qadrlaş kuni oldidan butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham yigitlik kuç-ğayrati, soğliğini yöqotib, turli jarohatlar olib bölsa-da omon qaytgan faxriy afğonçi jangçilar iştirokida turli tadbirlar ötkaziladi, ularga sovğalar hadya qilinadi.
Şu yilning 5-may kuni 76-sonli maktabda ham afğon uruşi qatnaşçilari Mambatsoliy Abdullayev, Ozod Xöjaniyozov, Anvar Qöşboyev, Zarifboy Eşniyozovlar bilan uçraşuv ötkazildi.
Tadbirni maktab direktorining maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça örinbosari Dilfuza Yakubova oçdi va olib bordi. U öz sözida öquvçilarga Afğonistonda 1979-yildan 1989-yilgaça davom etgan maşʼum uruş, uşbu uruşga tumanimizning ham köpgina ilmli, iqtidorli va jasur yigitlari jalb etilganligi xususida batafsil maʼlumotlar berdi.
Tadbirda sözga çiqqan aziz mehmonlar – afğon uruşi iştirokçilari özlarining jang maydonlarida boşidan ötkazgan azoblari haqida, tinçlik uluğ neʼmat ekanligi, uni asraş lozimligi xususida gapirib berdilar va yoşlarni bugungiday dorilomon davrda ularga yaratilgan şaroitlardan unumli foydalanib, ilm olib, ulğayib, elga munosib bölib voyaga yetişga daʼvat etdilar.
Tadbir öquvçilarda çuqur taassurotlar qoldirdi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶