MEHNATDAN KELSA BOYLIK…
2013 yil – Obod turmuş yili
Obod hayot degan tuşunça muhtaram Yurtboşimizning taʼbiri bilan aytganda azal-azaldan xalqimizning ongu tafakkurida avvalambor farovonlik, tökinçilik, möl-kölçilik, qut-baraka, bozorlarda arzonçilik maʼnosini özida mujassam etib keladi.
Qişloq ahli mana şu tökinçilik va möl-kölçilikni xazina hisoblaniş bir parça yeri – tomorqasi orqali yaratadi. Bugungi kunda yurtimizda öz tomorqasida oqilona mehnat qilib, katta daromad topayotgan, rözğoriga baraka kiritayotgan, oilasidan ortganidan bozorni obod qilayotgan kişilar köplab topiladi.
Quyida biz şaxsiy tomorqa xöjaligini rivojlantirib, oilasining tökin yaşaşiga, obod turmuş keçirişiga şaroit yaratgan mehnatkaş va işbilarmon bir inson haqida hikoya qilamiz.
«Çoyköl» ovulida Örinboy Bozorboyevni faxriy öqituvçigina emas, balki işning közini biladigan dehqon sifatida ham yaxşi bilişadi.
Uzoq yillar tumanimizdagi 38-umumtaʼlim maktabida, keyinçalik tuman xalq taʼlimi bölimida işlab, yoşlarga ustozlik qilgan Örinboy aka keksalik nafaqasiga çiqqaç, uyiga siğmay qoldi. Işsiz qoliş unga töğri kelmadi. Bolalari, kelinlari işga ketişgaç, hamma yoq huvillab qolganday, özini yomon his qildi. Umr yöldoşi Bibixadiça opa kuymalanib goh tomorqaga, goh mol-holga yuguradi. Ayoliga qaraşib yurib miyasiga bir fikr keldi: «bozordan bir-ikkita mayda qözi-uloq olib boqsam, ham ermak, ham yaxşigina daromad bölardi», - deb öyladi u.
Keçqurun bu fikrini öğillariga aytdi:
-Odamlar olib-sotarlik qilayapti, deyişmaydimi? - Örtança öğli Ikromjon ikkilanibroq otasiga yuzlandi.
-Şunday qilsak olib-sotarlik bölmaydi, bolalarim, - tuşuntirdi u farzandlariga. - Axir biz kiçik yoşdagi qözi-uloqlarni sotib olib, boqamiz, semirtirib, keyin sotamiz, qolaversa, mehnat qilamiz-ku! Buni işbilarmonlik deyişadi, ham özimizga, ham xalqqa foyda böladi.
Şu kuniyoq oilaning bor daromadi hisob-kitob qilinib, bozor kuniga tayyorlab qöyildi. Lekin...
-Odam hamma vaqt ham öylagan rejasini amalga oşirişi qiyin bölar ekan, Allohning sinovimi, oilamiz ketma-ket dard va taşviş girdobida qoldi, - qiynalgan damlarini xörsinib eslaydi Örinboy aka. - Avval kelin, keyin ayolim, özim, birin-ketin öğillarim kasallanib bir oyoğimiz şifoxonada bölib qoldi. Yetar-yetmaslik sababidan hatto hovli-joyimni sotmoqçi ham bölganman. Agar eşigim oldidagi 5-6 sotix yerimiz bölmaganida, bilmadim, hayotimiz hozir qanday keçardi...
Oğir xastalikdan oyoqqa turgan Örinboy akaningşunday qarorga kelgani ayni haqiqat edi. Axir yeyman-içaman, deb turgan 10-15 jon, buning ustiga özi bilan ayolining nafaqa pulidan boşqa kirim bölmasa. Qora qozon qaynatişning özi muammo bölib turganida hovli-joyini sotib, kiçikroq uy olişni reja qilişgandi öşanda. Öğillari hovli-joyni sotişdan köra tavakkal qilişni afzal körişdi. Örtança öğli Ikromjon taniş-bilişlaridan pul qarz oldi. Bu pulga ikki yil avvalgi tuzilgan reja böyiça bozordan bir-ikkita qözi-yu uloq sotib olişdi. Örinboy aka nevaralari bilan ularni ötloqqa olib çiqib boqdi. Bir oydan söng sal et boylagan qözilarni sotib, köproq qözi olişdi, ön-ön beşta tovuq olib kelişib, parrandalar sonini ham köpaytirişdi. Qöy-qözi, parranda soni oşgan sari oila dasturxoniga qut-baraka kirdi. Avvallari 4-5 tagina qözi-uloq boqişgan bölsa, endilikda 50-60 ta qöy-qözili, 5-6 ta qoramolli, bir gala parrandali kiçik dehqon xöjaligi sohibiga aylangan sobiq muallim Örinboy Bozorboyevning bugungi turmuş tarzi havas qilsa arzigulik. 25 sotix tomorqa xöjaligida mahalladoşlarining taʼbiri bilan aytganda «joningga ne kerak bölsa, hamma narsa bor».
Ertagi piyozdan tortib sabzavot va poliz ekinlarining barçasi gurkirab ösib yotadigan bu xonadondan odam oyoği uzilmaydi. Bibixadiça opa boşçiligidagi kelinlar avvallari qöşnilardan sut-qatiq, tuxum sotib olişgan bölsa, endi özlaridan ortganini qöşnilarga, şaharga olib çiqib sotib kelişadi. Ösimlik yoği bilan şirinlikdan boşqa hamma narsa tomorqada yetiştiriladi. Bu yoğini sörsangiz, parranda göşti-yu tuxum, sariyoğ möl-köl. Har ikki oyda bir marta qöy söyilib, kelinlari har xil lazzatli taomlarni pişirib, dasturxonga tortişadi.
-Şu tomorqa xöjaligimizdan keladigan daromad özimizga yetib, ortadi, - deydi şukronalik bilan Örinboy Bozorboyev. - Ertagi piyoz, kartoşka, pomidordan har yili yaxşigina daromad olamiz, ayniqsa, ertagi kartoşkamiz xaridorgir böladi. Kartoşkaning birinçi çopiğidan keyin egatlariga qovoq, kuzgi bodring ekamiz. Har biri bir quçoq şirin qovoq, çelak-çelak bodring terib olamiz. Kuzgi buğdoy örniga esa mol öti yoki moş ekib taşlaymiz. Parvarişidan qölingizni uzmasangiz yozning örtasida sepgan makkajöxori uruği kuzda mingta bölib xirmoningizni töldiradi. Buğdoy örimidan keyingi ekkan makkajöxorining özidan kamida 1 tonna makka doni, arava-arava yaşil öt yiğib olamiz. Faqat işni öz vaqtida qilişni bilsangiz böldi.
Örinboy akaning farzandlari biri-biridan mehnatkaş, kelinlari uyim-joyim, rözğorim, deydiganlardan. Katta öğli Bahromjon ikkinçi guruh nogironi bölişiga qaramay, mehnat qilişdan aslo çarçamaydi, öz oilasi taşvişlaridan ortib, otasiga kömak berib turadi. Örtança öğli Ikromjon bilan kenja öğil Azamatjonlar "Çoyköl” ovulidagi fermer xöjaliklarida hisobçi bölib işlaş bilan birga oiladagi masʼuliyatlarini ham yaxşi his etadilar. Mol-hol, qöy-qözilar parvarişi ularning asosiy işiga aylangan. Kiçkina Dostonbek ertalab va keçqurun qöy-qözilarini qişloq çekkasidagi yaylovga yoyib, ötlatib qaytadi.
Xullas, bu xonadonda hammaning öz yumuşi bor, hamma öz zimmasidagi işni vaqtida, ixlos bilan bajarişga odatlanişgan. Oiladagi mana şu tartib va intizom bois, bundan 5-6 yil avval yetar-yetmaslik oqibatida hovli-joyini sotişga qaror qilgan Örinboy muallim bugun mahallaning öziga töq, boy xonadon sohiblaridan biriga aylandi.
-Şu 25 sotix yerda dehqonçilik qilib, suruvli qöy-qöziga, qöra töla mol-holga, gala-gala parrandaga ega böldim, - deydi u mamnuniyat bilan. - Ikki öğlimga ikki joyda saroyday imorat tiklab berdim, qöşa-qöşa töylar qildim. Har yili heç bölmaganda bir marta özim, ayolim, farzandlarim ham Özbekistonning eng yaxşi dam oliş maskanlarida dam olib, soğligimizni mustahkamlab qaytamiz. Mana, bir-ikki kun böldi, sölim Farğonaning «Çimyon» sanotoriysida yayrab dam olib keldim. Mustaqillikning şarofatidan bu! Mehnat qilib pul topdingmi, qandingni ur! Çiroyli kiy, yeb-iç, dam ol, maşina min! Bundan ortiq erkinlik, bundan ortiq hurlik yöq. Daromadimizni çamalab körsam, bemalol maşina olişga qurbimiz yetarkan. Yaqinda oilamizga özimizning Özbekistonda işlab çiqarilayotgan maşinalardan eng zörini olişni reja qilayapmiz. Tomorqa xöjaligimiz orqasidan oilamizga buromaddan köra daromad kirişi köproq-da! Buğdoydan olgan hosilimiz ikki öğlimning oilasi bilan özimning oilamga bir yilga yetib ortadi. Poliz va sabzavot ekinlari, meva-çevani-ku aytmasak ham böladi.
Örinboy muallimning boğida ham ötgan kuzda hosil möl böldi. Uzumning özidan bir dunyo meva yiğib olib, omborxona şiftiga osib qöyişdi. Xalqimiz «boğni boqsang bor böladi, botmon dahsar yoğ böladi» degan iborani bejiz aytmagan.
-Ming-ming şukur, yerni boqib boy böldim, haqiqiy Örinboy, Örinboy qöyli degan nom oldim, - deydi faxriy muallim iftixor bilan. - Ayrimlar mehnatdan boşim çiqmaydi, şunda ham kosam oqarmaydi, deb nolişadi. Bunday deguvçilarga bir oğiz nordon gapim bor:
-Mehnatni vaqtida, bilib qil. Yerga uruğni soçib, kuzda hosilini yiğib olaman, deb bemalol yurmay, suviga, çopiğiga, öğitiga qara. Şunda yer ham, ekin ham, özing ham yayraysan. Mehnat senga bayramday tuyuladi.
Kuyunçaklik bilan aytilgan uşbu gap Örinboy muallimning mehnatga oddiygina munosabati. Agar çuqurroq öylab köradigan bölsak, bu uning özini hurmat qilişni bilgan odam qaçon va qanday mehnat qilib, uning rohatini körişni ham biladi, degani. Bunday yaşaş esa oilaga nafaqat boylik, möl-köl daromad, balki xotirjamlik ham olib kelişi tabiiy. "Mehnatdan kelsa boylik, turmuş bölar çiroylik” deganlari şu-da!

Suratlarda: 1. Örinboy Bozorboyev farzandlari bilan birgalikda öz tomorqasidagi mevali daraxtlarga şakl bermoqda. 2. Örinboy akaning nevaralari ham qöy-qözilarni boqişga yaqindan yordam berişadi.
Robiya YÖLDOŞEVA,
Allambergan JUMANIYoZOV,
www.amunews.uz muxbirlari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶