Jöqorği Kenges deputati qiliçboylik saylovçilar bilan uçraşdi
Sönggi yillarda yurtimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, ayniqsa, davlat rahbarining xalq farovonligini taʼminlaşga qaratilgan taşabbus va saʼy-harakatlari mamlakat taraqqiyotining asosiy tayançiga aylanmoqda. Prezidentimizning xalqparvar siyosatlari tufayli barça hududlar, jumladan, Qoraqalpoğiston Respublikasi ham jadal rivojlanib, xalq farovonligi va aholi turmuş darajasini yuksaltirişga qaratilgan aniq çora-tadbirlar izçil amalga oşirilmoqda.
Bu jarayonda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputatlari ham faol iştirok etib, öz saylov okruglaridagi muammolarni örganiş, fuqarolarning fikr va takliflarini tinglaş hamda tegişli taşkilotlar bilan hamkorlikda yeçim topiş borasida taşabbuskorlik körsatmoqda.
5-aprel kuni 32-Qiliçboy saylov okrugidan Jöqorği Kenges deputati Sanobar Xöjamurotova Qiliçboy ovulida saylovçilar bilan oçiq muloqot ötkazdi. Uçraşuvda mahalla yettiligi aʼzolari, mahalliy aholi, yoşlar va turli sohalar vakillari iştirok etdi. Oçiq muloqot tarzida taşkil etilgan mazkur uçraşuv xalq va uning vakili örtasidagi işonç muhitini yanada mustahkamladi.
Deputat uçraşuv davomida sönggi uç oylik faoliyati yuzasidan hisobot berdi. U Prezidentimiz taşabbusi bilan Qoraqalpoğistonga qaratilayotgan alohida eʼtibor, qabul qilingan qonun hujjatlari, ular asosida amalga oşirilayotgan islohotlar, infratuzilmaviy loyihalar va bunyodkorlik işlari haqida atrofliça maʼlumot berdi.
Joriy yilda Amudaryo tumanida ijtimoiy va infratuzilma obʼektlarida quriliş hamda taʼmirlaş işlarini amalga oşiriş uçun davlat va boşqa dasturlar doirasida 86 ta obʼektga 537,4 milliard söm mablağ ajratilişi belgilangani alohida qayd etildi. Uşbu loyihalar aholi turmuş sifatini yaxşilaş va jamiyat ehtiyojlarini qondirişga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Şuningdek, uzoq yillar davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar — ayniqsa, yozda qum-çang, yomğirli kunlarda esa loyga aylanadigan yöllar masalasi ham muhokama qilindi. 2025-yilning özida tumandagi 107 km uzunlikdagi tuproq yöllarga qum-şağal aralaşmasi töşaş rejalaştirilgan va bu böyiça işlar davom etmoqda.
Sanobar Xöjamurotova hisobot davomida saylovçilar murojaatlari asosida 2 ta deputatlik sörovi yuborilgani, 14 nafar ehtiyojmand oilaning holidan xabar olingani, OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatçilik bilan doimiy muloqot olib borilayotganini maʼlum qildi. Şuningdek, u Qonuniylik, sud-huquq va korruptsiyaga qarşi kuraşiş masalalari qömitasi faoliyati haqida ham töxtalib ötdi.
Uçraşuv davomida fuqarolar tomonidan içki yöllarni taʼmirlaş, kommunal xizmatlar va ijtimoiy masalalar yuzasidan bir qator taklif va murojaatlar bildirildi. Muammolarning ayrimlariga şu yerning özida yeçim topilgan bölsa, qolganlari böyiça tegişli deputatlik sörovlari yuborilişi maʼlum qilindi.
Uçraşuvdan keyin deputat Sanobar Xöjamurotova hududda yaşovçi uç nafar yoşi uluğ, bemor onaxonlar holidan şaxsan xabar olib, ehtiyojmand oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarni topşirdi.
Mazkur uçraşuv xalq vakillarining faoliyatidagi oçiqlik va jamoatçilik bilan muloqotning yorqin namunasi böldi. Xalq orasida yurib, ularning dardini tinglaş va yeçim topiş — bugungi kun deputati uçun eng muhim mezonga aylangan.
Şohzod Qurbonboyev.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶