NENIKI XOR TUTSANG...
(Voqeiy hikoya)
Fazilat kelin bölib tuşgan xonadon unçalik katta emasdi. Qaynona-qaynotasi, eri, özi va özidan katta ovsinining bir öğil, bir qizi.
Fazilat bu oilaga kelin bölib tuşganidan söng ikki oyça vaqt ötgaç, qaynoğasi va ovsini qaynonasining qistovi bilan Rossiyaga, hovli uçun pul topişga ketişdi. Ovsini Maryam avval bu gapni eşitganida "yöğ-e... men bolalarimni taşlab... qanday qilib... ” dedi yuragi dov bermay.
Keyinçalik qaynonasi bolalaringga özim qarayman, ovsining qaraydi. Sizlar, ana, paxsasi tiklangan hovlingizni epaqaga keltirib olişga harakat qilinglar, – dedi qatʼiy. Beçora ayol oilaning qaroriga qarşi çiqolmay, eriga ergaşib musofir yurtga ketganiga ham uç oydan oşib ketdi.
Fazilat şu haqda öylaganida tuppa-tuzuk muallim öğli, kelinini mömay pul umidida özga yurtga yuborgan qaynonasiga, uning şunday qarorini maʼqullab turgan qaynotasiga hayron qoladi. Keyin "menga nima” deydi öziça. Ha-da, unga nima. Möl-möl pul topib kelişsa, qaytanga unga yaxşi, tezroq hovlisini taʼmirlab olib, köçib ketişadi, bu hovlida keng uyning kelinçagi bölib özi qoladi. Faqat... faqat unga biri olti, biri tört yaşar bolalarning oş-ovqatini beriş, ust-boşini yuvişlar unçalik yoqmaydi. Qaynona, qaynota bordi-keldilar, tomorqa, mol taşvişlaridan ortmaydi, bolalarni yedirib-içirib, qaraş uning zimmasida. Fazilat şuning uçun bolalarga qattiqqöllik qiladi, ovqatni tökmay yeyişni, uyni ivirsitib taşlamaslikni qattiq talab qiladi. Könmasalar, döq urib qörqitar, bu haqda heç kimga aytmaslikni topşirardi. Biroq, bola – bola-da, doim ham Fazilatning aytgani bölavermasdi. U buning ham ilojini topdi: çol, kampir yöq paytlarda ovqat bermay qöydi.
Oradan yillar ötdi.
Fazilatning pul topgani ketgan qaynoğasi va ovsini uç yilça şu yoqlarda qolib ketdi. Tez-tez qönğiroqlaşib tursa-da, bolalar ularni juda soğinişgan, soğinç alamidan tobora asabiy, odamovi bölib borişar, ulğaygani sari Fazilatning jilovidan çiqib borişardi.
Butun oila jamul-jam bölişganida Fazilat bolalarga özini juda ğamxör körsatişga urinsa-da, heç kim yöq paytlarda ularni çöriday işlatib, alamini olib olardi. Uni bundan ham ortiq qiynayotgan muammo – böyida bölmayotgani edi. Nazarida bunga ham ovsinining öğil-qizi aybdorday, ularga zahrini soçib, alamini ulardan olardi.
Bugun Fazilat har kungidan ham erta turdi. Döxtirlarning emlaşlari natija bermagaç, qaynonasi qistovi bilan Toşkentga, malakali döxtirlar körigidan ötib kelgani eri bilan poytaxtga jönayapti. U yölxaltalarini tayyorlab bölib, odatdagiça hovliga, ulkan örik tagidagi supada turgan xontaxta ustiga nonuşta tayyorlamoqçi böldi. Supada aka-singil bamaylixotir uxlab yotişardi. Ularning bolalarça beğuborlik aks etib turgan maʼsum çehralariga qarab Fazilatning ilk bor köngli yumşadi, ilk bora şu bolalar öziniki bölişini juda-juda istadi. Ota-ona mehriga taşna bolalarni koyib, dağdağa qilib, öziga ortiqça yuk, deb hisoblaganlariga ilk bor puşaymon böldi.
U hozir şu beozor uxlab yotgan norasidalarni bağriga bosib suyub-erkalagisi keldi. Şunda... şunda könglini bir ayovsiz savol parmalab ötdi:
- Tortayotgan azoblaring şu begunoh norasidalarga bergan ozorlaringning jazosi emasmikan? Axir neniki xor tutsang, şunga zor bölasan, deyişadiku!
Fazilatning bolalarga çözilgan qöllari havoda muallaq qoldi...
Sevara ISMOILOVA,
3-sonli Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶