BÖLINGAN HOVLI
Saidjon bobo Ibrohim dösti dunyodan ötganidan beri uning xonadoniga bormaganiga bir neça yil bölibdi. Negadir bolaligi ötgan mahallani qömsadi u. Öylab qarasa, bugun heç kimnikida iftorlik yöq ekan. Bugundan qulay kun yöq, şundoq Jiydali soyni yoqalab borsa, Ibrohimning hovlisi oldidan çiqadi. Uzoq emas, nari borsa, bir çaqirimlik yöl.
Çol-kampir qöşni mahallaga yetib kelişganida naq asr namozi vaqti edi. Ikkalasi ham hol-ahvol söraşuvdan söng asr namozi ibodatini ado etişdi. Ota-onasining eski qadrdonlari taşrifidan köngli toğday kötarilgan Ibrohim boboning katta öğli Saʼdulla quvonganidan köziga yoş oldi:
– Xuddi otam tirilib kelganday böldi, – dedi u Saidjon boboning orqasiga yostiq qöyarkan. – Rözador bölsangiz kerak-a, ota?
U şunday deb yugurib-yelib hovlidagi supaga körpaça solayotgan ayoliga buyurdi:
– Xatça, tezda otamga iftorlik tayyorla!
– Kelinni ovora qilma, bolam, – dedi Saidjon bobo. – Biz iftorlik qilgani kelmadik. Ana, Şahargul enangning tuguni töla yemiş, iftorlikda hammamizga yetadi.
Saidjon bobo hovliga razm solarkan, özlari ötirgan supaning şundoq yonboşida, beton-şiferdan tiklangan tösiq-devorni körib, hayron böldi. Böynini çözib tösiq-devordan möraladi. Devorning u yoğida ikki nafar yoş bola öynab yurişar, hovli yuzasi ançayin tor körinardi. "Aka-ukalar ota-onasidan qolgan hovlini bölib olişibdi-da”, – öyladi Saidjon bobo. Zimdan Saʼdullani, hovlining unga tegişli qismini kuzatarkan, ota uyning qariyb sakson foizi akaga, qolgan yiğirma foizginasi kenja öğilga tekkanini sezdi. Negadir boboning nafasi qisayotganday, böğziga nimadir tiqilganday, lohaslandi. Rözadorlikdan emas, qadrdon jörasining farzandlarini noahil körganidan yuragi siqildi Saidjon boboning. Şunday bölsa-da, sir boy bermadi:
– Ukang Nurulla körinmaydimi? – dedi Saʼdullaga sinovçan boqib.
Saʼdulla javob berişga şoşilmadi. Göyo Saidjon boboning oldida imtihon topşirayotgan talabaday önğaysizlandi. Boboning sabri çidamay, yana savol taşladi:
– Ukangning rözğorini bölaklab, böyningdagi qarzingni osongina uzibsan-da? – çaqib oldi u.
– Men-men... – Saʼdulla tutilib-tutilib gap boşlagan edi hamki Saidjon bobo uning yuziga xuddi tarsaki tuşirganday:
– Şu işing bilan özingni akaman, erkakman, deb yuribsanmi? Bu ne ötiriş, bu qanday tuğişganlik? – dedi jahl bilan. – Uy-joying kammi? Ötgan bahorda namunali uy olib eding. Öğlingning biri Toşkentda işlab, Toşkentda yaşasa. Manğit şahrining eng yaxşi joyidan yer olib, danğillama imorat qurgan bölsang, men seni aqlli-huşli bola, toparman-tutarman, tuğişganlarini qöllaydi, desam, ğirt ahmoq ekansan-ku, bola!
– Bu aka-ukalarning işi, bova, – dedi iftorlik uçun dasturxon yozayotgan Saʼdullaning ayoli. – Özlari şuni maʼqul körişdi.
– Hey! – dedi bobo deyarli baqirib. – Ramazon oyida köngillaringga tegmoqçi emasman-u, bor, Nurullani aytib kel.
Qovoq-tumşuği osilgan Xatça örtadagi tösiq-devordan möralab, minğirladi.
– Çaqirgan bilan kelmaydi, akasini odam hisobida körmaydi, hatto salom ham bermaydi. Öziça tumşuği osmonda. Bir pullik muallim bölsang, nimangga kerilasan? Borib turgan...
– Kelin! – Xatçaning gapi oğzida qoldi. Bobo xontaxtani muşti bilan şunday urdiki, uning ustidagi idişlar bir-biriga urilib, jaranglab ketdi. – Menga qara, ering sukut saqlab turganda, sen ham tilingni tiy! Bor, Nurulla bilan kelinni çaqirib kel!
– Ota, iftor vaqti böldi, oğiz oçgandan söng...
– Oğzimizni oğzibirçilikda oçamiz, Xudo keçirsin, – ovozini pasaytirdi Saidjon bobo. Supaning bir çekkasiga ötib, namozşom ibodatini ado etişga kirişarkan, Allohdan bandalariga insof tiladi.
Saidjon boboning çorlayotganini eşitgan zahoti Nurulla göyo uçib keldi. Bobo bilan quçoqlaşib körişarkan, göyo otasining bağrida turganday his etdi özini. Hol-ahvol söraşganlaridan söng Saidjon bobo bilan Şahargul enaning kelinlari yopgan göştli patirni maqtab-maqtab tanovul qildilar. Dasturxon ustida Saidjon bobo yoşligi, Ibrohim dösti va uning ayoli Töxtabibining yaxşi fazilatlaridan gapirib, ularning haqiga qurʼon tilovat qildi. Saʼdullaning nazarida xonadon yanada yorişib ketganday böldi.
– Endi, – dedi Saidjon bobo hovlini ikkiga bölib turgan şifer-devorga işora qilib. – Xatça kelinning ovqati pişgunça, sizlar mana bu işni pişirasizlar.
Aka-ukalar jim, boşini kötarmay ötirişardi.
– Qani, tur, Saʼdulla. Yo özim turib, olib taşlaymi örtadagi tösiqni?! Men bunday bölingan hovlida, köngli bölak odamlarning dasturxonidan tuz totmayman. Yaxşiyamki enang tugun töla iftorlik kötarib kelgan ekan.
Gapga Şahargul ena aralaşdi:
– Hay, bolalarim-a, qaysi şaytonning gapiga kirdinglarki, ota uyning fariştalarini qoçirib yuboribsizlar, – dedi boşini çayqab.
Saʼdulla şu gapdan söng asta qözğaldi. Uy tomonga ötib, qölida bolta, bolğaça va qisqiç kötarib keldi-da:
– Ma, uka, sen mixlarni suğuraver, – dedi ukasiga qisqiçni tutqazarkan.
– Axir...
– Nima, axir! Men aytdim-mi, qil. – Saʼdullaning ovozida akalarga xos mehr bor edi. – Xatça çeçangning minğir-minğiridan qutulay, deb aslida men aqlsizlik qilibman, uka.
Nurullaning xörligi keldi. U qölidagi qisqiçni taşlab yuborgança akasini quçoqlab oldi. Bu holatni kuzatib ötirgan çol-kampirning yoşlangan közlariga quvonç töldi.
Aka-uka bir pasda hovlini ikkiga bölib turgan tösiq-devorni olib taşlaşdi. Ungaça tayyor bölgan Xatçaning tovuq göştli kurtugi dasturxonga tortildi. Bobo bilan Şahargul enaning şirin suhbati hatto bölayotgan işlardan norozi, qovoq-tumşuğini osiltirib olgan Xatçaning ham çiroyini oçib yubordi. Supada ötirgan kattalarning gurunglariga beeʼtibor, xuddi örtada tösiq-devor heç qaçon bölmaganday, bir-birlari bilan allaqaçon topişib olgan kiçkintoylar maza qilib öynaşar, ön tört kunlik Ramazon hiloli hovli yuzini, butun borliqni kumuşrang nurlari ila çaroğon aylagan edi.
Şu kuni Saidjon bobo bilan Şahargul ena Saʼdullaning qistovi bilan Ibrohim döstining xonadonida tunab qolişdi. Saharga yaqin bobo ajib tuş kördi: tuşida Ibrohim dösti keça Saidjon bobo oldirib taşlatgan tösiq-devor örniga qator qilib anjir köçatlarini ötqazayotganmiş. Atrofda ajib nurafşonlik. Saidjon bobo uyğonib ketdi. Kampiri allaqaçon uyğongan, Xatça kelinning saharlik uçun yozgan dasturxoni tayyor edi. Yaxşi niyatlar bilan saharlik qilgan çol-kampir tonggi namoz ibodatidan söng ketişga çoğlanişdi.
– Salqinda yetib olaylik, –dedi bobo asta qözğalarkan.
– Özim maşinada eltib qöyaman, faqat bir iltimosim bor, – Saʼdulla muhim işga qöl urgan, natijasini körişga oşiqqan odamday betoqatlanib turardi.
Qanday iltimos, deganday bobo unga hayronlik bilan boqdi.
– Bugun ham biznikida bölib tursangiz, şu, nima desam ekan, ota uyni Nurullaga butunlay xatlab bersam...
Agar Saʼdulla şu işni qilsa, bobo döstining xonadonida bir oy qolib ketişga ham rozi edi.
– Şundaymi?! Unda qolganim bölsin!
Şu kuni Saʼdulla köç-köronini olib Manğit şahridagi yangi imoratiga köçdi, ota uyini taʼmirlatiş uçun Nurullaga ança-munça pul ham tutqazdi. Keçqurun esa ota makonida mahallasidagi rözadorlarga iftorlik berdi.
– Qaydan quyoş çiqdi-ya! – ukasini hovlidan siqib çiqariş uçun xotinining nayranglariga uçgan Saʼdullaning birdaniga xotamtoylik qilayotganidan hayron bölişdi qöşnilar.
– Mana şu hovlidan, mana bu yerdan! – dedi Saidjon bobo kökragiga qölini qöyib. – Allohning irodasi. Bolalarning köngliga yaxşilik fariştalari qaytdi!
Ertasiga Saidjon bobo öz mahallasidagi iftorlikka çiqdi.
– Eşitdingizmi? – deyişdi mahalladoşlari. – Jiydali soydagi Ibrohim boboning ikki öğli jiqillaşib, hovlisini ikkiga bölib olişgandi. Saʼdulla hovlidagi haqidan voz keçib, butunlay ukasiga xatlab beribdi. Ramazon oyining şarofati bu!
– Ha-ya, – dedi Saidjon bobo iç-içidan quvonib, – Ramazon oyining şarofati bu, töğri aytasan!
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶