AMUDARYoDA IKKI NAFAR FUQARONING HOVLISI EŞIGIGA MAXSUS BELGI ÖRNATILDI
Mamlakatimizning bugungidek milliy taraqqiyotga erişişida fidoyi mehnat qilgan insonlarni har qança eʼzozlaş, qadrlaş örinlidir. Boisi ular bugungi farovon turmuşimizning bunyodkorlari, maslahatgöyimiz, suyançimiz.
Mamlakatimizning iqtisodiyot, işlab çiqariş, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, soğliqni saqlaş va boşqa sohalarda uzoq yillar samarali mehnat qilgan nafaqa yoşidagi yurtdoşlarimizni, şuningdek, işlamasdan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlaş, yoş avlodni ona Vatanga muhabbat, istiqlol ğoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalaş işiga munosib hissa qöşgan onaxonlarimizni taqdirlaş maqsadida muhtaram Yurtboşimiz “Nuroniy” jamğarmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoniga asosan “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni taʼsis etilgani ham yurtimizda mehnat faxriylariga körsatilayotgan hurmat-ehtirom ifodasidir.
Tumanimizdan ham ikki nafar fuqaro ana şu kökrak nişoniga loyiq körilgan, Navröz bayrami arafasida tantana suratda ularga nişon topşirilgan edi.
“Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlanganlarning biri Qangli ovulida istiqomat qiluvçi 11 nafar farzandni elu yurtga munosib qilib voyaga yetkazgan, butun umr paxtaçilik sohasida mehnat qilib, ayni kunda nafaqada, farzandlari, nevaralari ardoğida keksalik gaştini surayotgan Şukurjon Qönoqova edi.
Şu yilning 24-iyulida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölinmasi raisi B.Ollamberganov, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça tuman Kengaşi raisining keksalar va faxriylar işlari böyiça muovini R.Örozboyevlar onaxon yaşaydigan hovli eşigiga “Bu yerda III darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan fuqaro Qönoqova Şukurjon istiqomat qiladi”, deya yozilgan belgi örnatdilar.
Tumanimizning Bözyop ovulida istiqomat qiluvçi, paxtaçilik sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilgan, III darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan Tojiboy Boltaboyevning hovlisi eşigiga ham 26-iyul kuni ana şunday belgi qöyildi.
Bu halol va samarali mehnat qilgan insonlarga hurmat – ehtirom ifodasidir.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶