14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 14:25
Adabiyot 👁 2,571

TAQDIRDA BORI...

TAQDIRDA BORI...

Qiz bola palaxmonning toshi, taqdir qayoqqa otsa shu yoqqa tushadi, deyishadi...

Ota-onasining yakka-yu yagona qizi Sanamjon ham shahardan qishloqqa kelin boʻldi. Katta hovlida qaynota, qaynona, qaynsingil, qaynbolalar birga turishardi. Shaharlik 20 yashar qiz biroz dovdirab qolgandek boʻldi. Qaynotasining, qaynonasining mehribonligi, uydagi barcha oila aʼzolarining, erining qoʻllab-quvvatlashi bilan tez orada qishloq hayotiga koʻnika boshladi. Oila aʼzolari dehqonchilik bilan shugʻullanganligi sababli ertalabki beshdan roʻzgʻor tashvishlari boshlanarkan. Katta uyning pishir-tushiri, keldi-ketdisi, roʻzgʻor yumushlari yoshgina Sanamjon zimmasida. Sanamjon qaynonasi sigir sogʻsayam, kuvi pishsayam, tomorqa ishlarini qilsayam yonida yurib, tuppa-tuzuk qoʻl oyogʻi chaqqon qishloqlik kelinga aylandi.

Farzandlik boʻlganlarida turmush oʻrtogʻi va oilasidagilarning quvonchi cheksiz edi. Kecha va kunduz baxt va baxtsizlik egizak deganlari haq ekan. Sanamjonning turmush oʻrtogʻi avtohalokatga uchrab oʻzi beva, oʻgʻli otasiz qoldi. Ikki yashar oʻgʻlini bagʻriga bosib, achchiq koʻz yoshlar ichida qolgan Sanamjonni tugʻishganlari ikki yildan keyin qaynota va qaynonasining roziligi bilan oʻz uylariga olib ketishdi.

Sanamjon boshqa turmush qurmadi. Umrini oʻgʻliga bagʻishladi. Oq yuvib, oq tarab oʻstirdi, oʻqitdi, uylantirdi. Kunlar, oylar, yillar kelinining xizmatidan, oʻgʻlining izzatidan, nevaralarining mehribonligidan qanday oʻtayotganini ham sezmay qoldi. Sochlariga oq, yuzlariga ajin tushdi.

... Bu kungi tong Sanamjon uchun ham hayajon, ham dard bilan otdi: kelin boʻlgan oilasi qarindoshlari toʻyga aytishgan. Har safar kelin boʻlib tushgan qishlogʻiga, oilasidagilarni  koʻrishga kelganidagi his bugun ham Sanamjonning borligʻida kezmoqda. Oʻgʻli, kelini, nevaralari bilan toʻyga kelayotgan Sanamjon atrofga qararkan, turmush oʻrtogʻining yoʻllardan izlarini, atrofdan nigohini izlayotgandek edi goʻyo.

Toʻyxonada erining tugʻishganlari, qarindoshlari bilan koʻrisharkan, Sanamjonning lablari kulgandek, lekin koʻzlari ichidagi tomchilar toʻkilishga shay, dili faryod chekardi. Toʻyxonada koʻrinmagan qaynogʻasini soʻraganida biroz mazasi qochganini eshitgan Sanamjon uni koʻrishga chogʻlandi, katta nevarasi bilan yoʻlga tushdi. Qaynogʻasining uyi oʻzi kelin boʻlib tushgan uyning yonginasida, qaynogʻasi va ovsin chechasi nevarasi bilan kelgan Sanamjonni quchoq ochib kutib olarkanlar, koʻzlarida yosh oʻynadi. Biroz oʻtirgach, Sanamjon kelinlik hovlisiga bormoqchiligini aytdi, ovsin chechasi hamrohlik qildi.

Kelinlik shirin damlari oʻtgan boʻsagʻaga qadam bosarkan, Sanamjonning baxtli onlariga xayoli ketdi. Mana mevalarini tanlab, uzib yegan mevali daraxtlar, mana birga oʻtirgan supa, mana qanchadan-qancha ovqatlar pishirgan oʻchoq, mana kelin boʻlib tushgan xonasi...

Xona eshigi ochiq ekan, Sanamjon beixtiyor ichkariga qadam bosdi. Xona toʻrida qaynota va qaynonasining rasmlari osigʻlik turgan ekan. Huddi ular Sanamjonga "xush kelibsan”, deyayotgandek, ularning ovozlari quloqlari ostida jaranglagandek boʻldi. Qaynota va qaynonasining ruhi poklariga duo qilarkan, Sanamjonning dilidan "otajon, oyijon mendan yana bir bor rozi boʻlinglar”, degan soʻzlar oʻtdi. Qaynogʻasi, ovsin chechasi, qaynbola-yu kelinlar Sanamjonni, nevarasini quyuq kuzatib qoʻyishdi. Yoʻlda oyoqlari oʻziga boʻysunmayotgandek, shu yerlardan ketgisi kelmayotgandek, bazoʻr qadam bosib borarkan, Sanamjonning lablari "netay, taqdirimda bori shu ekanda”, deya pichirladi...

Gulnora YuSUPOVA, "Oʻrta qalʼa” ovuli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019