Jayxun ilhomlari
BAĞIŞLOV
(Marhum ustoz Yöldoş Qurboniyni eslab)
Bayramlarda – minbarda,
Şeʼringiz öqirdingiz.
Jöşib yurgan çoğingiz,
Qöşiq ham töqirdingiz.
Jarangdor ovozingiz,
Tinglab orom olardik.
Qoyil qolib gulduros,
Qarsaklar ham çalardik.
Bugun yöqsiz orada,
Örningiz bilinmoqda.
Soğinç, hijron tufayli,
Bağrimiz tilinmoqda.
Şoirlar köp, andişa,
Minbarga yöl oçmaydi.
Der: "Taşvişlar kamaysin,
Şeʼr heç yoqqa qoçmaydi”.
Zör şeʼrlar yaratsayam,
Yurar pana-panada.
Bağişlaşni bilmaydi.
Şeʼrin biror canaga.
"Şoirman” demoqlikka,
Hali haqqi yöq emiş.
Kimdir şeʼrlarin tinglab,
"Havaskor şoir” dermiş.
Şu boiskim tortinib,
Minbarlarga çiqmaydi.
Umrning kutmasligin,
Anglamaydi – uqmaydi.
Eh, bu haqda gaplar köp,
Aytsam ado bölmagay.
Uşbu şeʼrni tinglaşar,
Ammo sado bölmagay.
Ne qilamiz, maʼquldir,
Har kimniki öziga.
Xalqimiz hamon çanqoq,
Sizdek şoir söziga.
Afsus, endi minbarda,
Şeʼrlar öqib bermaysiz.
Bu yolğonçi dunyoga,
Endi qaytib kelmaysiz.
Joyingiz jannat bölsin,
Ruhingiz hamişa şod.
Uşbu şeʼrim atadim,
Siz uçun bugun, ustoz!
Saʼdulla XÖJANIYoZOV.
ORZU
Manzil sari ravon eltsa,
Bosayotgan qadamlar.
Umrida heç alam körmay,
Kun keçirsa odamlar.
Xudo bergan bu hayotda,
Qimirlagan yutadi.
Bölsa hamki dunyo bir kam,
Bori bizga yetadi.
Faqat feʼlni keng qilsak-da,
Dilga solsak muruvvat.
Bizning mehru muhabbatdan,
Borliq olar kuç-quvvat.
Dunyo böylab tinçlik uçun,
Hamma qilsa hafsala.
Va hal bölsa barçamizga,
Xavotirli masala.
Buning uçun yöyganlarga,
Qayta bersa aql-u huş.
Balki şunda bölmas edi,
Yer yuzida heç uruş.
Hamma qilsa hamma uçun,
Kerak bölgan yumuşni.
Barça xursand umr sursa,
Unutib ğam-taşvişni.
Er ayolga: "Jonim”, – desa,
Közlariga mehr tölib.
Ayol erga: "Borim”, – desa,
Ming aylanib, örgilib.
Öğil har kun kelib tursa,
Erta bilan salomga.
Ota-ona duo qilsa,
"Baxt bergin”, – deb bolamga.
Xayolingni xalos qilib,
Turli noxuş hislardan.
Yaxşi xabar kelib tursa,
Uzatilgan qizlardan.
Atrofingda öynab yursa,
Nevaralar quvnaşib.
Tole hamda omad kelar,
Bir-birini quvlaşib.
Xullas, uydan tinç bölişdan,
Baxt bormi heç ziyoda.
Şunday hayot orzusida,
Inson yaşar dunyoda.
Hayot fayzi, rohatining,
Muhim şartidir ular –
Har tomondan qurşab tursa,
Ahil, inoq qöşnilar.
Bejiz emas bizga meros,
Bobolardan şu maqol:
"Makon tutmoq bölsang qaydan,
Hovli olma, qöşni ol!”.
Saodatdir döstlar bilan,
Zavqli keçsa har bir kun.
Çunki döstsiz qança yaşa,
Hayotingda ne mazmun?!
Sadoqatda sobit bölsa,
Har bitta döst, birodar.
Döst xiyonat qilsa, hayot,
Dözax bilan barobar.
Demak, çin döst bormi, bil – bu,
Yaratgandan inoyat.
Bu sababdir şukur qilib,
Suyunmoqqa bağoyat.
Ehtiyojing qoplab tursa,
Mehnat qilib topganing.
Içganingda maza bölar,
Lazzat berar totganing.
Daryo tölib oqib tursa,
Qirğoqlarga urilib.
Dehqon rizqi tölib-toşar,
Baxt buloği burilib.
Ajdodlarning merosi ham,
Göyo toşqin daryodir.
Örgansa gar kim har qanday,
Qiyin işga ham qodir.
Bu xazina qança-qança,
Kitoblarda bölgan band,
Öqimoqqa jazm qilganlar,
Undan bölar bahramand.
Kim intilsa manzil tomon,
Baxtli hayot yölida.
Orzusiga yetişlari,
Ularning öz qölida.
Buning uçun kerak faqat,
Öqiş, uqiş, harakat.
Tangri berar ular qilgan,
Harakatga barakat.
Hamma yetsin murodiga,
Alam va ğam yutmasin.
Bu dunyodan heç bir odam,
Armon bilan ötmasin!
A.Nafasov.
Oilaviy şanbalik
Şanbalik ötkazildi,
Uyimizda şanba kun.
Qatnaşdi oilamiz.
Jam bölib, ham bir butun.
Dadam qölida ketmon,
Nihollarni ötqazdi.
Singlim esa suv taşib,
Çelagida yetkazdi.
Opam-çi, supurgida,
Tozaladi har yoqni.
Onam bölsa qölidan,
Tuşirmadi öroqni.
Men esa kuçukçamning,
Uyçasini tuzatdim.
Çang bölgan joylarini,
Supurib, artib qöydim.
Iroda YeRDOŞEVA.
Öjar jöjalar
Menda önta jöja bor,
Barçasi çaqqon, ilğor.
Don titkilab töymaydi,
Bir-biri-la öynaydi.
Biri çiqsa örtaga,
Ikkinçisi gerdayar.
Bir-biri bilan doim,
Quvlaşadi har doim.
Bu holni körib xöroz,
Tarbiyalaydi biroz.
Öjar mitti jöjalar,
Quvlaşmaçoq öynaşar.
Asaloy NORIMMATOVA,
46-sonli maktab öquvçisi.
Oilam
Mening ismim Vazira,
Bobom suygan nabira.
Maktabda aʼlo öqib,
Işdan qoçmayman sira.
Dadajonim Qahramon,
Mard va jasur, pahlavon.
Ikki akam ulğayib,
Bölar Vatanga pasbon.
VaziraJumamurodova, 36-sonli maktab öquvçisi.
Şukur
Totsang, hayot aççiq-çuçugin,
Bağringda ulğaysa öğil-u qizing.
Noşukur bölmay bergan rizqiga,
Qabul qil Xudoyim bergan izzatni.
Ğam-u taşvişdan çiqmasa boşing,
Bemavrid yoğilsa tuhmatlar toşi.
Sabr ila çidagin har sinoviga,
Sirdoş bölib Allohning kalomiga.
Yayov kezsang agar yaqin-yiroqni,
Körsatsa gar senga sahro sarobin.
Yengişga intilib çang-u tözonni,
Hamrohim deb bilgin uluğ Egamni.
Sabr ila topsang, hidoyat yölin,
Tavba qilib, söra ziyobaxş nurin.
Körsatur doimo savoblar yölin,
Alloh kalomi-la beza umringni.
Yusuf Şukur aytdi, ming bora şukur,
Nomard bilan oşna qilmadi, şukur.
Yomonlar kasriga qolmay bir umr,
Yaxşilar qadriga yetdim, taşakkur!
Şukurullo YuSUPOV, «Gulzor» mahallasi.
Amu qiziga
Alvon lolalardan yasab çambarak,
Bahor gullarini tutay qölingga.
Sozlarim çin, guvohdir falak!
Fido etay jonim sening yölingga.
Nurga tölar olam göyo sen kulsang,
Bilmam, bosar hayajon qarşimda tursang.
Quvonçga tölardi bu ğarib köngil,
Faqat bir muloyim tabassum qilsang.
Qaniydi, bölsaydim men şöx şabboda,
Qolmasdim izingdan bölib yöldoşing.
Senga hamroh bölib bir kam dunyoda,
Bölar edim sening yolğiz sirdoşing.
Rasul MATNIYoZOV, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
Qişloğim
Ona zamin gözalligi senda mujassam,
Insonlarning soddaligi menda mujassam.
Meni noming bilan şaydo etasan,
Hamma yerdan gözal mening qişloğim.
Yerlarda niş urgan buğdoylaring bor,
Samoga böy çözgan binolaring bor.
Istiqlolga yuz tutgan donolaring bor,
Bilimdonlar-u daholaring bor.
Senda mujassamdir osmondagi oy,
Rayhon hamma yerga beradi çiroy.
Sölim köçalaring çehrang oçadi,
Boğ-u dalalaring – bir jannatiy joy.
Maftuna Qurbonboyeva.
Ustozimga
Tuganmasdir aslo mehr buloği,
Ögitlari hayot yölimiz çiroği.
Zehnimiz oşirar har bir saboği,
Bu olam boğiga boğbonsiz, ustoz!
Qölimizga uşlatib daftar, qalamni,
Örgatdingiz ona degan kalomni.
Erinmay singdirdingiz odob-ikromni,
Bizni ezgulikka yöllagan ustoz.
Indira ALIMBOYeVA, 32-sonli maktab öquvçisi.
Ökinç
Men bir gözalni jondan sevganman,
U nima desa ham könib bariga.
Keyin yuragimni ilib qöyganman.
Yovvoyi jiydaning çangallariga.
Endi sevgim kelmas, aldangim kelmas,
Yana uçragim yöq musibatlarga.
Sevgi ertaklarin tinglagim kelmas,
Quloq osgim kelmas nasihatlarga...
Çiroyli qizlarga könglim yöqolgan,
Qiyo ham boqmayman u parilarga.
Mening ikki közim örganib qolgan
Amudaryodagi suvparilarga.
Komronbek Kamol, Qangli ovuli.
Atirgul
Atirgul-ey, atirgul,
Çiroylidir jamoling.
Göyo afsonaviy gul –
Yoqimli xuşböy hiding.
Boğda gullarni kuzatdim –
Malikasi sen özing.
Guldastalar tuzatdim,
Quvnab ketadi közing.
Nafisa HAMROYeVA,
46-sonli maktab öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶