BARAKALI FALLA XIRMONI
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boşlaboq davlatimiz ğalla mustaqilligini taʼminlaş, rizqu rözimiz negizini öz qöllarimiz bilan yaratiş böyiça qator amaliy çora-tadbirlarni kördi va qisqa muddatda ğalla mustaqilligiga erişildi. Endilikda nafaqat öz ğallamiz bilan özimizni taʼminlaş, balki don mahsulotlarini xorijga eksport qiliş salohiyatiga ega böldik. Buni joriy yilda mamlakatimizda 7,6 mln. tonnadan ortiq buğdoy yetiştirilganidan ham yaqqol körişimiz mumkin.
Tumanimiz ğallakorlari ham har yili kuzgi buğdoydan möl hosil yetiştirib kelmoqda. Ötgan 2012-yil kuzida 2013-yil hosili uçun 2800 gektar yerga kuzgi buğdoy ekib, gektarlardan töliq nihol undirib olişga erişildi. Kuzgi buğdoyni oziqlantiriş işlari agrotexnika qoidalariga muvofiq olib borilib, dastlabki oziqlantiriş işlari buğdoyni ekiş bilan barobar ötkazildi. Keyin yana öz muddatlarida maʼdanli va mahalliy öğitlar bilan oziqlantirib borildi va suğorib turildi. Erta bahorda bargdan oziqlantiriş va trips kabi zararkunanda haşarotlarga qarşi kuraş işlari qoidaga muvofiq olib borildi. Natijada bu yil ham kuzgi buğdoydan közni quvontirguday hosil yetiştirildi va iyun oyining ikkinçi ön kunligidan boşlab buğdoy örim-yiğimi işlariga kirişildi. Engavvalo buğdoyzorlar vauning çekkalari yovvoyi ötlardan tozalandi, çellari tekislandi. Bu esa örim-yiğim kombaynlarining unumli işlaşiga qulaylik yaratdi.
Örim-yiğim işlarining muvaffaqiyatli ötişini taʼminlaş maqsadida 6 ta örim-yiğim otryadlari tuzildi va bu otryadlarga 15 ta mehnat unumdorligi yuqori bölgan zamonaviy "Klass” – Dominator va "Klass” – Mega kombaynlari biriktirildi. Kombayn haydovçilarining unumli işlaşlari uçun dala boşida barça qulayliklar yaratib berildi. Örim-yiğim işlari konveyer usulida taşkil etildi, yaʼni, dala-kombayn-transport va don qabul qiliş maskaniga közlarni yaşnatuvçi aʼlo navli qirmizi donlar uzliksiz ravişda keça-yu kunduz taşib keltirildi.
"Taxiatoş-don mahsulotlari” hissadorlik jamiyatining "Manğit-don” filialiga qaraşli Qipçoq don qabul qiliş maskanida ham işlar qizğin böldi. Taşib keltirilgan ğalla hosilini betöxtov qabul qiliş va tegişli örinlarga tökib quritiş hamda tozalaş işlari uyuşqoqlik bilan olib borildi. Laboratoriya tahlil işlari ham ziyraklik bilan yuritildi. Ğallaçilik bilan şuğullangan mavjud 235 fermer xöjaliklarining har birining buğdoy hosilining laboratoriya-tahliliy sifat körsatkiçlari belgilab borildi. Tahliliy natijalarga köra buğdoy hosili sifat körsatkiçlari çakki emas. Bu esa buğdoy uni va un mahsulotlarining sifatli bölişini kafolatlaydi.
Buğdoy örim-yiğimida "Dörman” ovuli ğallaçilik fermer xöjaliklari peşqadamlik qildilar va tumanda birinçi bölib yillik şartnomaviy rejalarini ortiği bilan ado etdilar. Ular 162 gektarğallazorlardan 300 tonnadan ziyod don topşirdilar. "Kamolladin Bekniyoz”, "Pirnazarov Töraboy”, "Matmurodov Botir”, "Sobirov Jumaboy”, "Beşboyev Qurbonğali” fermer xöjaliklarida 25 tonnadan 50 tonnagaça sifatli buğdoy hosili yiğiştirib olinib, el xirmoniga topşirildi.
"Xolimbeg” elining ğallaçilik fermer xöjaliklarida kuzgi buğdoy hosili möl böldi. 135 gektarğalla maydonlaridan 250 tonnaga yaqin buğdoy hosili yiğiştirib olindi. "Mart ovul”, "Sattor Aymoq”, "Bektemir Jumatov”, "Tojimurodov Zarip” va "Rözim Xudan” fermer xöjaliklarida 26 tonnadan 54 tonnagaça buğdoy xirmonlari uyildi.
Tumanimizda barakali buğdoy xirmonini qiliçboylik ğallakorlar barpo qildilar. Ular 215 gektarmaydonlardan 400 tonnadan ortiq buğdoy hosilini davlat xazinasiga yetkazib berdilar. Bu katta ğalla xirmonini bunyod etişga "Iskandarov Farhod”, "Amirxon”, "Rajabov Omonboy”, "Saporboyev Qöziboy”, "Nurimbetov Xudoybergan”, "Şirinbuloq” va "Polvonov Doğdon” fermer xöjaliklari ğallakorlari özlarining salmoqli hissalarini qöşdilar.
Qipçoq qişloğida ham kuzgi buğdoydan möl hosil yetiştirildi. Qipçoqlik ğallakorlar 122 gektarkuzgi buğdoyzorlardan 230 tonnadan ziyod hosil yetiştirib yillik marradan oşdilar.
Tumanimiz ğallakorlarining 4605 tonnadan ortiq barakali buğdoy xirmonlarini bunyod etişda "Örta qalʼa” ovuli fermer xöjaliklarining alohida tutgan örni va nufuzi bor. Ular 235 gektar buğdoy maydonlaridan 440 tonnadan ortiq aʼlo navli buğdoy hosillarini davlat xazinasiga yetkazib berdilar.
Yana tahsinga loyiq ğalla xirmonlarini yaratgan "Bözyop” ovulidagi möl hosilli "Aytboy Otaxon” fermer xöjaligi ğallakorlari 18 gektar buğdoy maydonidan 34 tonnadan ziyod, "Davronbek Sobirov” fermer xöjaligi ğallakorlari 16 gektar ğallazorlardan 30 tonnadan ziyod, qanglilik ğallakorlardan "Abdixoliqov Jalğaş” fermer xöjaligida 25 gektardan 46 tonna, "Yusupov Örozboy” va "Ötamurodov Örozimbat” fermer xöjaligining har biri 44 tonnadan hosil topşirib, bugungi yuksak ğalla xirmonimizga özlarining munosib hissalarini qöşdilar.
Ular özlarining bu möl buğdoy hosillarini mustaqilligimizning 22 yillik bayramiga munosib töyona qilmoqdalar. Zero, barçamizning eng uluğ, eng aziz bayramimiz bölgan mustaqillik bayramini munosib mehnat sovğalari bilan kutib oliş har birimizning insoniy burçimizdir.
Anvar YÖLDOŞEV,
tuman Qişloq va suv xöjaligi bölimi boşliği, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶