AMUDARYoLIK PILLAKORLAR YuKSAK “KUMUŞ TOLA” XIRMONINI BUNYoD ETIŞDI
Pillaçilik – mamlakatimiz qişloq xöjaligining muhim tarmoqlaridan biri sanalişi bilan birga, ipakçilik sanoatini rivojlantiriş hamda ota-bobolarimizning boy madaniy merosi hisoblanadi. Şu bois, mazkur qadriyatni davom ettiriş mustaqil davlatimizda muhim va dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Pillakorlarimiz tomonidan yetiştirilayotgan pilla salmoğini va har bir quti qurt uruğidan olinadigan hosildorlikni talab darajasiga yetkaziş maqsadida ozuqa miqdori va sifati hamda ipak qurtining oziqlaniş maydoni bilan boğliq masalalarni ijobiy hal qiliş maqsadida pillaçilik tarmoğiga ega fermer xöjaliklarida mavjud tutzorlar parvarişiga alohida eʼtibor qaratilayotgani bois, Amudaryo tumanida har yili pilladan yuqori hosil olinişiga erişilmoqda.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi “Özbek ipaksanoat” uyuşmasi faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qarori Amudaryo tumanida pillaçilik sohasidagi islohotlarning izçil amalga oşirilişiga turtki böldi.
Joriy yilda Amudaryo tumanida “Jayhun silk” masʼuliyati çeklangan jamiyati bilan 1980 nafar kasanaçi oilalar örtasida tuzilgan şartnomalarga asosan amudaryolik mohir pillakorlar 4163 quti ipak qurti parvarişlab, pilla yetiştiriş böyiça şartnomaviy rejani ortiği bilan bajardilar. Davlat xazinasiga rejadagi 237 tonna örniga 237 ming 40 kilogramm yuqori sifatli sanoat xom aşyosi yetkazib berldi.
Tumanning pillaçilik sohasini rivojlantirişga özining munosib hissasini qöşib kelayotgan Örta qalʼa ovulida yaşovçi tajribali pillakor Suʼdulla Törayevning joriy yilda erişgan yutuği eʼtiborga munosib. U zmmasidagi 86 kilogramm örniga 142 kilogramm yuqori sifatli pilla hosili yetiştirib, Örta qalʼalik pillakorlar orasida peşqadam böldi.
Yana bir kasanaçi-pillakor Rustam Eşimov esa har bir quti ipak qurti uruğidan örtaça 65 kilogrammdan hosil yetiştirib, zimmasidagi 143 kilogramm örniga 230 kilogramm pilla topşirişga muvaffaq böldi.
Şuningdek, zimmalaridagi şartnomaviy rejalarini birinçilardan bölib ado etgan Toşyop ovulida yaşovçi kasanaçi-pillakor Şahnoza Abdullayeva 57 kilogramm örniga 84 kilogramm pilla hosili yetiştirib, yetiştirilgan hosilning barçasini yuqori navlarga topşirdi.
Albatta, erişilgan yutuqlar pillakorlarimizning fidoyi mehnatlari natijasidir. Çunki ipak qurti parvarişlaş mavsumining muvaffaqiyatli ötişi köp jihatdan mavsumga tayyorgarlik işlarining agrotexnika qoidalariga muvofiq taşkil etilişiga boğliq. Bunda ipak qurtining oziqlaniş maydoni – tutzorlar hosildorligini oşiriş borasidagi çora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega. Şu bois, amudaryolik pillakorlar mavjud tutzorlarda kuzgi va bahorgi agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida, belgilangan reja asosida taşkil etib, har bir tup tut daraxtini qatʼiy nazoratga oldilar. Avvaldan mavjud bölgan tutzorlar kaliyli va fosforli öğitlar bilan oziqlantirilib, oralari yumşatildi. Dalalar çetlariga, ariqlar böylariga yangidan ekilgan tut köçatlariga alohida şakl berilib, atroflari begona ötlardan tozalandi. Natija esa kutilganidan ziyoda böldi.
Ipak qurti parvarişi jarayonida barg yetişmovçiligi bilan boğliq muammo kuzatilmadi va 237 tonnadan ortiq bölgan Amudaryo “kumuş tola” xirmoni bunyod etildi.
Xöjaliklar qurtxonalarida pilla teriş jarayonlari hamon uyuşqoqlik bilan davom etmoqda. Joriy qişloq xöjalik yilining dastlabki hosil xirmonini yanada yuksaltiriş maqsadida yetiştirilgan hosilni nest-nobud qilmay davlat xazinasiga topşiriş maqsadida pillakorlar hamjihatlik bilan mehnat qilişmoqda.
Aziz pillakorlarimiz boşlab bergan mehnat ğalabasi Amudaryo tumani qişloq xöjaligi va işlab çiqarişning turli sohalarida ham izçil davom etsin, deya tilakdoşlik bildiramiz.
Robiya YÖLDOŞEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶