21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 09:07
Salomatlik 👁 49,746

QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA KASALLIGI

QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA KASALLIGI

nima va u odamga qanday yoʻl orqali yuqadi?

Gemorragik isitma kasalliklariga gemorragik sindrom intaksikatsiya – turli aʼzo hamda hujayralarning zararlanishi bilan kechadigan, odamlarda va hayvonlarda uchraydigan virus etiologiyali bir guruh oʻtkir yuqumli kasalliklar kiradi.

Gemorragik isitma kasalliklarini arboviruslar, arenoviruslar va filoviruslar qoʻzgʻatadi.

Bugungi kunda dunyoda 500 ortiq arbovirus turlari aniqlangan. Shulardan 100 tadan koʻprogʻi odamlarda kasallik qoʻzgʻatadi. Respublikamizda arboviruslarning odamlarda kasallik qoʻzgʻatadigan 20ga yaqin turlari aniqlangan. Gemorragik isitma kasalliklari qoʻzgʻatuvchilarining manbalari uy hayvonlari, kemiruvchilar, qushlar, kaltakesaklar va boshqalar hisoblanadi hamda ularning organizmida bu kasallik subklinik yoki latent shaklida namoyon boʻladi. Baʼzi holatlarda kasallik manbai shu kasallikka chalingan bemorlar ham boʻlishi mumkin.

Yer yuzida uchraydigan gemarrogik isitma kasalliklari epidemiologik va geografik belgilariga koʻra 3 ta guruhga boʻlingan:

kanalar orqali yuqadigan gemorragik isitma (Qrim-Kongo gemorragik isitma, Omsk gemorragik isitma);

chivinlar orqali yuqadigan gemorragik isitmalar, sariq isitma Denge gemorragik isitma, Chikungunya gemorragik isitma;

kontagioz zoonoz gemorragik isitmalar (buyrak sindromi bilan oʻtadigan gemorragik isitma Argentina, Boliviya gemorragik isitmasi, Morburg gemorragik isitmasi)dir.

Bu kasallik turlari koʻp jihatlari bilan bir-biriga oʻxshash boʻlsa-da, kasallikning kechishi, rivojlanishi, epidemiologik jarayonning namoyon boʻlishi, qoʻzgʻatuvchilarning oʻziga xosligi, qoʻzgʻatuvchilarning manbalari va yuqish mexanizmlari bilan bir-biridan farq qiladi.

Kanalar orqali yuqadigan gemorragik isitma - Qrim-Kongo gemorragik isitma boʻlib, bu kasalliklar qadimdan maʼlum boʻlgan va aksariyat holatlarda ogʻir kechadi va bu kasallik yoz, kuz fasllarida faol ishlaydi. Qish boshlanganda oʻlim holatlariga olib kelgan.

Ushbu kasallik xalq tilida oʻzbeklarda "qora halak” (qora oʻlim), tojiklarda "qon oqish” (burundan qon ketish) deb atalgan.

Bugungi kunda 8-avlodga mansub boʻlgan 27 xil kanadan QKGI virus ajratilgan. Bu kasallik virusi har xil epidemik hududlarda turli xil kanalarda saqlanadi. Kanalar oʻrgimchaksimonlar sinfiga va boʻgʻimoyoqlilar turiga kiradi. Dunyo boʻyicha epidemiologik zarari katta "molik gamaz”, "archas va iksad” kanalarini birlashtiruvchi 1000 dan ortiq kana turlari mavjud. Kanalar hayvonlar va odam uchun yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining saqlovchisi boʻlibgina qolmasdan, balki ularning tashuvchilari ham hisoblanadi. Kanalar odamlarda uchraydigan kana entsefaliti, kana orqali yuqadigan qaytalama tif, tulyarimiya, ayrim virusli gemorragik isitmalar va boshqa bir qator yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining tashuvchilari boʻlib xizmat qiladi. Kanalar 4 rivojlanish bosqichga ega: tuxum, lichinka, limfa  va yetuk kana.

Kanalar bahor, yoz, kuz oylarida faol ishlaydi. Kanalarga quyosh nurlari halokatli taʼsir etadi, quyosh nurlariga ular bardosh beraolmaydi. Shu sababli ular kunning eng issiq paytlarida yerning yoriqlariga, tuproq va kesak taglariga daraxt kavaklariga, kemiruvchilar inlariga joylashib oladi. Respublikamizda kanalar faolligi oshishi aprel-iyun oylariga toʻgʻri keladi.

Ochiq kanalar hayvonlarga, odamlarga, oʻsimliklarga yerdan turib hujum qiladi. Kanalar hayvonning kanadan tozalash qiyin boʻlgan terisi yupqa joylariga toʻda boʻlib yoki   alohida boʻlib yopishadi. Hayvonlarning boshiga, boʻyniga, koʻkragiga, sut bezi, anus, jinsiy organlar atrofiga joylashib oladi va ularning qonlarini soʻra boshlaydi. Iskad kanalarining epizootologik xususiyatlaridan biri shuki, ular infektsiya viruslarini butun umr tashib yuradi.

Qrim-Kongo gemorragik isitmasi kasalligining profiliktikasi bir nechta yoʻnalishlarda olib boriladi. Kanalarga  qarshi infektsiya chora-tadbirlari eng asosiysi va yetakchisi hisoblanadi.

QKGI kasalligiga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar veterinariya va sogʻlikni saqlash tashkilotlari hamkorligida tashkil etilishi va amalga oshirilishi lozim. QKGI kasalligi boʻyicha epidemik hududlarda (tabiiy oʻchoqlarda) kemiruvchilarga qarshi deratizatsiya tadbirlari olib borilishi shart. Dezinfektsiya ishlari bir paytning oʻzida ham chorvadorlik, ham shaxsiy xoʻjaliklarda olib borilgan taqdirdagina yaxshi samara beradi. Chorva mollari va ular yashaydigan joylar toʻliq va sifatli dezinfektsiya qilinishi lozim.

Xoʻsh, kana chaqishining oldini olish uchun nimalarga eʼtibor berish lozim?

Buning uchun eng avvalo:

- choʻl hududlariga (tabiat quchogʻiga) aprel-iyun oylarida imkon qadar chiqmaslik;

- choʻl hududlaridan, bozorlardan mayda va yirik shoxli mollarni kanaga qarshi ishlov bermasdan uyga olib kelmaslik;

- mollarda kana borligi aniqlansa, darhol veterinariya shifokoriga murojaat qilib, ularning tavsiyasi asosida kanalarga qarshi ishlov berish;

- kanalarni qoʻl bilan ezib va qaychi bilan kesib oʻldirmaslik;

- qirqim mavsumiga yosh bolalar va oʻsmirlarni jalb etmaslik;

- qirqim vaqtida faqat maxsus kiyim (qoʻlqop, yeng va poychalari mustahkam berkitiladigan shim, kamzul, rezina etik)lardan foydalanish;

- qirqim paytida shaxsiy gigiyena qoidalariga puxta amal qilish talab etiladi.

Agar sizning qaramogʻingizdagi uy hayvonlarini yoki oila aʼzolaringizdan birontasini kana chaqsa yoki qoʻllaringiz kana qoni bilan ifloslansa, zudlik bilan yaqin joydagi davolash-profilaktika muassasalariga murojaat eting!


 Mayya QALANDAROVA, tuman DSENM epidemiolog-shifokori.

 

Maqola Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondining moliyaviy yordami asosida chop etildi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026