Böş iş örinlari öz egalarini topdi
Yaqinda Amudaryo xizmat körsatiş va servis kasb-hunar kollejida tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, Sud ijro departamenti, Bandlikka kömaklaşiş markazi hamkorligida Özbekiston Respublikasining «Aholini iş bilan taʼminlaş töğrisida»gi Qonuniga muvofiq maxsus böş iş örinlari yarmarkasi taşkil etildi.
Yarmarkada Qoraqalpoğiston Respublikasi Prokuraturasi, Sud ijro departamentining Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiy boşqarmasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Mehnat vazirligi masʼul xodimlari, tuman hokimi örinbosarlari, tuman prokuraturasi xodimlari, mahalla fuqarolar yiğini raislari va korxona, taşkilot, muassasa, xöjaliklar rahbarlari qatnaşdilar.
Yarmarkada tumandagi 42 ta korxona-taşkilotlar özlarida mavjud bölgan 108 ta böş iş örinlari bilan iştirok etdilar.
Yarmarka natijalariga köra, 17 nafar fuqaro, şundan 5 nafar yoşlarga, 7 nafar ayol-qizlarga turli işlarga joylaşiş uçun yöllanmalar, 44 nafar fuqaroga, şundan 17 nafar yoşlarga, 31 nafar ayol-qizlarga özlarini qiziqtirgan mehnatga taalluqli savollarga javoblar va huquqiy maslahatlar berildi.
A.XÖJAMURATOV,
tuman Bandlikka kömaklaşiş markazi direktori.
(Foto - http://malakanavoi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶