Ona Vatan eʼzoziga munosib şoir
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Qoraqalpoğistonga taşrifi xalqimiz hayotida juda katta ijtimoiy-siyosiy voqea böldi.
Muhtaram Prezidentimiz rahbarligida ötkazilgan video selektor yiğilişini butun xalqimiz yangi kunga umid va işonç bilan kuzatdilar.
Haqiqatan ham uşbu yiğilişda tilga olingan hayotimizning barça sohalarini öz içiga olgan istiqbolli rejalar qoraqalpoğistonliklarning köp yillik orzu va umidlarini özida mujassam etganligi tufayli har bir insonning könglidan joy oldi.
Şu yurtda yaşayotgan ziyolilardan biri sifatida men davlatimiz rahbarining maʼruzasida maʼnaviy-maʼrifiy sohada tilga olingan rejalarni eşitib, könglimda özgaça bir faxr-iftixor tuyğularini his qildim. Ayniqsa kitobxonlik, kitob mutolaasi haqida Yurtboşimiz oldimizga qöyayotgan vazifalar könglimni toğdek kötardi.
Prezidentimizning qoraqalpoq adabiyoti namoyondalariga körsatayotgan hurmat-ehtiromi, şu uluğ yurtga bölgan alohida ğamxörligi qalbimizda faxr va iftixor tuyğularini uyğotdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi madhiyasi muallifi, Özbekiston Qahramoni, xalq şoiri Ibroyim oğa Yusupov xotirasiga yuksak ehtirom körsatib, uning nomidagi iqtidorli yoşlar maktabi, ijodkorlar boği yaratiş yölida muhtaram Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev rahbarligida boşlangan ezgu işlar şoirni yaxşi bilgan, uning köp suhbatlarini olgan bizdek zamondoşlariga quvonç va ğurur bağişlaydi.
Ibroyim Yusupov öz xalqining ardoqli farzandi, daryodek jöşqin qalbli ijodkor edi. Uning ölmas asarlari har bir yurtdoşimizning qalb töridan joy olganiga heç şubha yöq.
Ibroyim oğa bilan juda köp suhbatda bölganligim bois, uning Vatanga, vatandoşlariga bölgan alohida hurmati, eʼtibori, daryodek jöşqin qalbi, bolalarga xos beğuborligi, hazilomuz suhbatlari xotiramda muhrlanib qolgan. Hozir ham u xuddi biz bilan yonma-yon yaşayotgandek nazarimda. Şoirning:
Zar qadrini bilib zargar,
Şunday zamon kelgan kezda.
"Ijaraga oz-moz yer ber”,
Deb yalinar dunyo bizga.
Yoki:
Qayta quriş qobiliyati,
Yer-onada möl böladi.
Siz ozgina sabr qiling
Bu el hali zör böladi.
degan satrlari nazarimda şoirning bugungi kunlarimizni oldindan körib, qilgan başoratiday.
Muhtaram Prezidentimizning şoir Ibroyim Yusupov nomidagi maktab va ijodkorlar boği yaratiş yuzasidan boşlayotgan ezgu işlari yurtimizdagi har bir ijodkor uçun körsatilayotgan hurmat va ehtirom namunasidir.
Davlatimizni inson omili eng yuksak darajada kötarilgan şunday kunlarga yetkazgan Birinçi Prezidentimiz Islom Abduğaniyeviç Karimovdan va bugun ona Vatanimiz Özbekistonni uning mehnatkaş xalqini yuksaliş yöliga sobit qadamlik bilan boşlayotgan muhtaram Yurtboşimiz Şavkat Mirziyoyevdan minnatdorçilik hissi qalbimni quvonçga töldiradi.
Xonimjon
Rajabova,
Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶