12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:25
👁 7,449

NAZARXON OVULIDAGI OBOD TURMUŞ LAVHALARI

NAZARXON OVULIDAGI OBOD TURMUŞ LAVHALARI

Mamlakatimiz mustaqilligining 22 yilligi oldidan

 


Qişloqda yirik sanoat korxonasi

Nazarxon ovuli. Tumanimizning şimoliy hududida, Amudaryoning öng qirğoğida yastanib yotgan sölim göşa. Xalqi mehmondöst, mehnatkaş, özaro mehr-oqibatli, ilğor fikrli el. Ovul ahli paxtaçilik, ğallaçilik bilan birga boğdorçilik, çorvaçilik va parrandaçilik, poliz va sabzavot ekinlaridan har yili möl hosil, möl daromad olib kelişadi.

- Rizqini halol tergan insonga Alloh ketmas, davlat beradi, - deydilar. Şundanmi 622 ta xonadonga birikkan 3530 nafar aholining heç narsadan kamçiligi yöq, - deydi Nazarxon ovul fuqarolar yiğinining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçi Guljahon Ibragimova. – Ovulimizda mehnat qilaman, möl davromad topaman, degan har bir inson uçun zarur şart-şaroitlar yaratilgan. Men sizlarga şunday mehnat maydonlarini körsatayki...

  Heç qaçon tinib-tinçimaydigan, ovul-eli, mehnatkaş ovuldoşlari haqida hamişa faxrlanib sözlaydigan Guljahon bizni "Qoraqalpoq qişloq quriliş servis” MÇJga boşladi.

Zamonaviy Xitoy texnologiyasi asosida pişiq ğişt işlab çiqaradigan mazkur korxona bugungi kunda nafaqat tumanimiz, balki Qoraqalpoğiston  Respublikasi miqyosida amalga oşirilayotgan namunali uy-joylar qurilişlari uçun aʼlo navli, jahon standartlariga töla javob beradigan ğişt işlab çiqarmoqda. Zavodning loyihadagi quvvati yiliga 25-30 million dona ğişt işlab çiqarişga möljallangan bölib, bu – tört xonali örtaça uy-joylardan 750-760 ta yoki örtaça 60 ta maktab qurilişini pişiq ğişt bilan taʼminlaş imkonini beradi, degani.

Nazarxon ovulining "Soyköl” hududida "Qulamet öy” mavzesidagi 23 gektarlik aʼlo navli soz tuproq karʼerni ham qöşib hisoblaganda 25 gektar maydonda qad rostlagan ğişt zavodining 2010-yilning aprel oyida işga tuşirilgan dastlabki liniyasida öşa yilning özidayoq 2 million donadan ziyod qurilişbop pişiq ğişt işlab çiqarişga erişildi. Xitoylik va mahalliy malakali mutaxassislarning özaro hamkorlikdagi işlari tufayli 28 kamerali aylanma xumdon qurilişi juda qisqa muddatda tugatilib, foydalanişga topşirilişi korxonada mahsulot işlab çiqariş sifati va samaradorligi oşişini taʼminladi. Eng muhimi, qişloqqa sanoatning kirib kelişi natijasida 30 nafar nazarxonlik yoşlar doimiy işga joylaşdilar.

 

DIREKTORDAN KÖP MAOŞ OLADIGAN IŞÇILAR

Maqtansa arzigulik, faxrlansa yaraşgulik bu mehnat maydonida Guljahon Ibragimova aytganiday ertaklardagi möʼjizaning özini, balki nazarxonliklar hayoti, turmuş tarziga, el-yurtimizga buyuk bunyodkorliklarni boşlab kelgan amaliy ijrosini kördik. Qudratli texnikalarni mohirlik bilan boşqarayotgan nazarxonlik va tumanimiz yoşlari mehnati, bilim va salohiyati bois, bu yerda sanoqli daqiqalar içida oddiy tuproq elakdan ötkaziladi, sifatli qoriladi, xom ğiştlarga aylanadi. Bu jarayonning, barçasini texnikalar bajaradi. Tayyor xom ğiştlar peşma-peş quritilib, xumdonlarga taxlanadi. Barça iş konveyer usulida, uzviylik asosida olib boriladi. Zavodning bu boşidagi karʼerdagi tuproq konveyer maşinalarga yönaltirilsa, ikkinçi tomonda – xumdonlardan çiqqan pişiq ğişt mahsulotlari qudratli maşinalarga yuklanib, peşma-peş namunali uy-joylar qurilişiga jönatiladi.

- Bir keça-kunduzda 30-35 ming dona pişiq ğişt, 35-40 ming dona xom ğişt tayyorlanadi, - deydi korxona iş yurituvçisi Mahmud oğa Otajonov. – Işçilarimiz 4 ta brigadaga birikib işlaşadi. Kunlik, oylik rejalar ortiği bilan bajarilgani bois, işçilarning moddiy manfaatdorligi ham yuqori. Işçilarning örtaça oylik maoşi 350-400 ming sömni taşkil etadi.

2013-yilning yarim yillik yakunlaridan nafaqat korxona rahbarlari, işçilar ham mamnun. Negaki, şartnomadagi reja oşiği bilan bajarildi. 1 million 200 ming dona pişiq ğişt işlab çiqarilib, byurtmaçilarga yetkazib berildi. Jami 318 million sömlik iş bajarilib, mahsulot tannarxi bozordagidan ança arzon, yaʼni, bir dona pişiq ğişt 265 sömga tuşdi.

- Mening 18 kunlik iş haqim salkam 500 ming sömga yetibdi, - deydi quvonib yuk taşiş maşinasi boşqaruvçisi Jumabek Aytmurodov. – Ayrim hamkasblarimiz oyiga 800 ming sömdan oşirib maoş olişadi. Korxonamiz direktori ham bunça köp maoş olmaydi, işonavering.

Işondik, sababi, qöli-qöliga tegmay  ixlos bilan mehnat qilayotgan işçilar Şinğis Şauboyev, Murodjon Xudoyberganov, Botir Abduqodirov, Zamir Ismoilov, şofyorlar Madrim Bekmurodov, Ilhom Husainovlarning biri qozoq, biri özbek, yana biri qoraqalpoq oilalarida voyaga yetib, uşbu korxonada işlaş jarayonida bir-birlari bilan tanişib, döstlaşgan, endilikda bir oila farzandlariday ahillikda mehnat qilib, birga yaşayotgan yoşlar. Ulardan 7 nafari kollej bitiruvçilari. Biri ustoz, biri şogird bölib, tuğişganlardan ziyoda, ahillikda mehnat qilayotgan yoşlarning 20 nafari tuman markazidan, Qipçoq qişloğidan ekan. Bilsak, uzoqdan kelganlar uçun korxona hududida işçilar yotoqxonasi ham mavjud ekan. Bu yerda işçilarning köngilli hordiq çiqarişlari uçun barça şaroitlar muhayyo: televizor, şaxmat-şaşka, gazeta-jurnallar, yuviniş xonasi va şinam oşxona. Qöli gul oşpaz Zevar Matyoqubova tayyorlagan şirin taomlar, u damlagan sutli şirin qoraçoy işçilar taniga quvvat, qalblariga xuşnudlik bağişlaydi. Işda esa hamişa unum, samara yuqori.

 NAZIRAXONNING DALALARI

Biz haqiqiy fidoyilikning namunasini ana şu dalalarda kördik. "Mambetnazarova Nazira” fermer xöjaligi rahbari Naziraxon opaning qaysi dalasida bölmang, farovonlik, el-yurt obodligi yölidagi ezgu qadamlarni, yaratuvçilik işlarini va bu işlarga fidoyilikni körasiz.

- 103 gektar ekişlik maydonimiz bor, - deydi opa bizni  quyoşga intilib, böy talaşib ösayotgan paxta dalasiga boşlarkan. – Şundan 60 gektariga paxta, qolgan 43 gektar yerimizga buğdoy va boşqa boşoqli don ekinlari, poliz va sabzavot ekamiz. Har yili barça ekinlardan möl hosil olamiz. Bu yilgi rejalarimiz ham katta.


Katta rejalarni közlab dehqonçilik qilayotgan fermer opa öz xöjaligini köp tarmoqli xöjalikka aylantiriş niyatida. Yetti xazinaning biri, deb baholanayotgan kiçik parrandaçilik fermasi va baliqçilik xöjaligini taşkil etişga bel boğlagan Nazira Mambetnazarova bu borada allaqaçon işni boşlab yuborgan.

- Bir tovuqqa ham don, ham suv kerak, - degan hikmat  xayolimdan ketmaydi, - deydi u. – Şu bois, eng avvalo parrandaçilik fermamiz va baliqçilik xöjaligi uçun möl ozuqa jamğarişni reja qildik. 43 gektarmaydonning bir qismiga makkajöxori va oq jöxori ekdik. Axir baliqçillik xöjaligi öz-özidan rivojlanmaydi-ku. Don-dun möl bölsa, parrandaçilik ham, baliqçilik ham rivojlanaveradi.

Begona ötlardan tozalanib, agrotexnik işlovlari vaqtida bajarilgan ğöza nihollari ğunçalaş arafasida. Makkajöxori va oq jöxori ekilgan dalalalarda ham möl hosilga zamin yaratilgan.

- Xudo xohlasa, rejadagi 90 tonna öringa 110 tonna paxta yetiştirib beramiz, - deydi Nazira fermer endigina hosil nişonalarini körsata boşlagan paxta dalasi boşida işonç bilan.

Har yilgi mavsumda nazarxonlik paxtakorlar içida birinçilardan bölib hosil karvonini yölga soladigan Naziraning şijoatiga biz ham işondik. Çunki ayol boşi bilan kamida 30 nafar hamqişloğini mavsumiy iş bilan taʼminlab, qaramoğidagi 103 gektar yerning har bir qariçida böston yaratib, xalqim farovon, yurtim obod bölsin, deb jon kuydirayotgan Naziraning dalalaridagi bugungi mehnatning samarasi yuqori, dillarni quvontiradigan darajada unumli.

 

Ötemurod boboning "Ziroatçilik fabrikasi”

Nazarxon ovuli tumanimizning ham şimoliy, ham çöl hududida joylaşgan. Şundanmi, quyoş tikkaga kelganida ovul osmonida hatto quş ham uçmaydi. Biroq ovulning qaysi xonadonida bölmang, mevalardan şoxlari larzon sölim boğlar havosidan vujudingiz orom topadi.

- Tal tuşde uyden-de bağ-baqşamiz payzli, kelebering qaraqlarim, - baland ösgan qantak örikzor boğdan çiqib kelgan keksa onaxon bizni "bovrim-bovrim-ov”lab, kulib qarşi oldi.

Baland qilib qurilgan ayvonli uyning tört tarafiga uzum, örik,  şotut, qaroli, olma, olça daraxtlari quyuq soya taşlagan, kişiga huzur bağişlaydi. 20-25 sotix atrofidagi boğ içkarisidan oqib ötuvçi ariq böylarigaça baqlajon, bulğor qalampiri, aççiq qalampir, bir neça xil navdagi qovoqlar ekilganini körib, uy sohibi Ötemurod boboning öta mehnatkaş insonligini sezdik.

- 10 nafar farzandni dunyoga keltirdik, - deydi Ötemurod boboning umr yöldoşi Qizlargul momo. – Allohning irodasi, 3 nafarini tuproqqa qöydik. Qolganlari omon bölsin. Şu yer, şu boğ-roğning mevasi, qöradagi molim bilan tovuğimning barakasidan öğil-qizlarimiz unib-ösib, uyli-joyli bölişdi. 4 nafar qizimni heç kimdan kam qilmay, kasb-korli qilib uzatdik. Ikki öğlimga imoratlar tikladik. Yurtimiz xudoga şukur, tinç. Tinçlik bor joyda xotirjamlik böladi. Xotirjamlik esa ketmas davlat, boylik olib keladi.

- Bizlarda hammasidan bor, demaysanmi, kampir!

Ötamurod boboning öz hayotidan qoniqiş, xonadondagi obodlik, tökin-soçinlikdan şukronalik bor edi quvonç aralaş aytgan bu sözlarida. Bunday tökis, farovon, obod, möl-kölçilik hokim xonadonni heç qaçon fayz-u tarovat tark etmaydi.

  Qöni-qöşni, mahalladoşlarining oyoği uzilmaydigan Ötemurod boboning tomorqasini hamqişloqlari "ziroatçilik fabrikasi”, deyişlari ham bejizga emas. Kunda, kun ora kampiri oilasidan ortgan sut-qatiqni, yaşik-yaşik meva-çeva, sabzi-piyoz, hatto tuxumgaça Nukus şahridagi "Berdaq bozor” nomini olgan bozorçaga olib borib, şaharliklarga arzon bahoda sotib kelaveradi. Oradan bir kun ötib-ötmay yana pişib-yetilgan meva-çeva-yu sut-qatiği bilan bozorga otlangan Qizlargul momo bilan Ötemurod bobo xonadonida yetişmovçilik aslo bölgan emas. Ham-qişloqlari esa meva-çeva deb şaharga yugurib yurişmaydi. Şuni aytsalar kerak-da: "Qöşningda bori-seniki, senda bori-elniki”, deb.

 

INSON MAHALLADA ULĞAYaDI

Inson butun umr mahallada yaşaydi, mahalla ahlining köz oldida ulğayadi, şaxs sifatida şakllanadi. Şu bois, insonning hayot tarzi, uning nimalarga qodirligini yoki hayotidagi, feʼl atvoridagi kamçilikni, yetişmovçilikni, hatto uning nimaga muhtojligini mahalladan ham ortiqroq biladigan, ehtiyojlarini qondiriş borasida undan ortiq fidoyilik qiladigan taşkilot yöq. Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş, zamonga mos ravişda yangiliklar bilan boyitiş, gözal urf-odatlarni hayotga tatbiq etişda mahalla instituti eng faol tarğibotçi va taşviqotçi vazifasini ötaydi.

Nazarxon ovulida 3523 nafar aholi istiqomat qiladi. Şulardan 1770 nafarga yaqini ayol-qizlardir. Ovul hududida 685 ta oila bölib, ularning asosiy qismini yoş oilalar taşkil etadi. Ana şu oilalarda böliş, yoşlar bilan işlaşişda Gulxahon Ibragimova köproq ovuldagi obrö-eʼtiborli, hayot sinovlariga bardoş berib, köpni körgan, tarbiyali farzandlarni voyaga yetkazgan keksa avlod vakillarining maslahat va yöl-yöriqlariga suyanadi. Şu bois, ovulldagi  har bir xonadonda kattalarga  hurmat, kiçiklarga izzat odobi Guljahon olib boradigan tarbiyaviy işlarning boş tamoyiliga aylangan. Ayniqsa, voyaga yetmagan yoşlar bilan işlaşişda keksa avlod vakillarining, ögit-nasihatlari muhim. Yoşlarning erta turmuş qurişlariga aslo yöl qöyilmaydi. Bu esa oilaviy ajrimlar sodir bölişining oldini olişda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Aholining iş  bilan bandligini taʼminlaş bugungi kunda eng dolzarb vazifaga aylangan. Çunki  bekorçi odam har xil nayranglarni öylab topadi yoki  birovning diliga ozor yetkazadi. Şuning uçun ham "bekorçidan xudo bezor”, - deyişadi. Ayol-qizlarning, ayniqsa, yoşlarimizning kasanaçilik faoliyati bilan şuğullanişlari uçun şart-şaroitlar yaratib berilişi natijasida uy mehnati bilan şuğullanuvçilar safi yil sayin oşib bormoqda.

- 2013-yil – "Obod turmuş yili” munosabati bilan ovulimizda "Farovonlikka, yurt obodligiga mening hissam” şiori ostida ayol-qizlarni kasanaçilik, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişga undovçi suhbatlar uyuştirdik, - deydi Guljahon mamnuniyat bilan. - Natija esa kutilganidan ham ziyoda böldi. 12 nafar ayol-qiz ijtimoiy faol ayollar deb tan olinib, töy-marosimlar va oilaviy tadbirlarni ixçam, kamçiqim qilib ötkaziş böyiça amaliy faoliyat olib borişdi. Ularning saʼy-harakatlari tufayli Nazarxon ovulida ötkaziladigan barça turdagi töylar, marosim va maʼrakalar ixçamlaşdi. Kelin töylaridagi "gulyanka” deb atalgan tartibsiz va bölmağur marosimga çek qöyildi. Endilikda bizning Nazarxon ovulida ötadigan kelin töylarida "gulyanka” ötkazilmaydigan böldi.

Hududda "Obod turmuş yili”da 3 nafar ayol öz tadbirkorlik faoliyati, 6 nafar ayol-qiz uy mehnati, 2 nafar ayol-qiz esa  kasanaçilik faoliyati bilan şuğullanişni boşlaşdi.

Ovul hududida yaşovçi kam taʼminlangan oilalar OFY işçi guruhining doimiy diqqat markazida. Ularning holidan tez-tez xabar olib, ijtimoiy yordam körsatiş, turli bayramlar munosabati bilan bunday kişilarning köngillarini kötariş, "Giyohvandlik – asr vabosi”, "Soğlom onadan – soğlom farzand”, "Mehr - közda”, "Obodlik – baxtli kelajak timsoli”, "Odam savdosi – asr muammosi”, "Diniy ekstremizm - illat”, "Ogohlik – davr talabi” mavzularida ötkazilayotgan suhbatlar, şubhasiz, öz samarasini bermoqda.

- Muhimi, nazarxonliklar Mustaqillikning oydin yöllarida, - deydi Guljahon faxr bilan. - Har qadamda obodlik, özgariş va taraqqiyot hokim.

Robiya YÖLDOŞEVA,

«Taraqqiyot közgusi» muxbiri.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026