12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 22:27
Jamiyat 👁 2,126

“Obod turmuş yili“ yangiliklari

“Obod turmuş yili“ yangiliklari

Kollektorlar rekonstruktsiya qilinmoqda

Hozirgi kunda tumanimizda 39584 gektar suğoriladigan maydon mavjud bölib, bu maydonlarga jami 1578.4 km. uzunlikdagi kollektor drenaj tarmoqlari xizmat qiladi. Şundan 290.8 kilometrini xöjaliklararo kollektorlar, 1287.6 kilometrini esa içki xöjalik kollektorlari taşkil etadi.

2013-yilda tumanimizda 14.5 km. uzunlikdagi "K-10” kollektorini rekonstruktsiya qiliş işlari rejalaştirilib, şundan 6.4 km qismida rekonstruktsiya işlari tugallandi. Bu işlarga 383 mln. sömlik mablağ sarflandi.

Ayni kunda "K-10” kollektori rekonstruktsiya işlarida 4 ta ekskavator va 2 ta buldozer qatnaşmoqda.

"K-10” kollektorining qolgan 8.1 kmlik. qismida ham rekonstruktsiya işlarini amalga oşiriş maqsadida loyiha hujjatlari tayyorlanmoqda.

 

Mijozlari köp usta

"Çoyköl” qişloğida uy mehnati va oilaviy tadbirkorlik bilan şuğullanuvçilar köpçilikni taşkil etadi. Duradgor usta Komiljon Qöçqorov ana şunday tadbirkorlardan. Otasi Usta Qöçqordan duradgorlik sirlarini puxta örgangan Komiljon Qöçqorov bugun bu hunarni öz farzandlariga, qişloq yoşlariga örgatmoqda.

- Möl daromad topaman, degan odamga qişloğimizda imkoniyat köp, - deydi u.

Haqiqatan ham har yili ovuldagi yakka tartibda imorat quruvçilar yangi uy-joylarining, poli, deraza romlari, eşik va darvozasi, şiftidan tortib tomini şifer bilanyopişgaça bölgan ustakorlik işlarini Komiljon ustaga işlatiş uçun navbat talaşişlari bejizga emas. Çunki Komiljon ustaning qölidan çiqqan har bir iş sanʼat darajasida nafis, çiroy va mustahkamligi bilan ajralib turadi.

Farzandlari, yaqinlariga, ovul yoşlariga ustoz-şogird anʼanasiga muvofiq kasb-kor örgatib, oilasi uçun möl daromad totib, köngli xotirjam, turmuşi obod yaşayotgan Komiljon usta va uning şogirdlari ayni kunlarda ham qişloqdagi yangi imoratlar qurişida mehnat qilişmoqda.

Yöllarimiz ravon böladi

"Obod turmuş yili”da tumanimizda içki xöjalik yöllarini taʼmirlaş va qayta quriş işlariga alohida eʼtibor berilmoqda.

Hozirgi kunda tumanimizdagi Amir Temur nomli, "Örta qalʼa” va Qipçoq ovullaridagi 4.670 km. uzunlikdagi yöllarni quriş va taʼmirlaş işlari jadal olib borilmoqda.

Tender bahosi 426.913 ming söm bölgan bu quriliş işlari tuman yöl xöjaligi, pudrat, taʼmirlaş, foydalaniş davlat korxonasi tomonidan amalga oşirilmoqda.

 

Suv tarmoqlari qurilmoqda

Ayni paytda tumanimizda şahar va qişloq aholisiga toza içimlik suvi yetkazib berişni yanada yaxşilaş maqsadida suv tarmoqlari qurilişi işlari qizğin davom etmoqda.

2013-yilda tumanimizda jami 52.4 km. uzunlikdagi suv tarmoqlarini qurib bitkaziş rejalaştirilgan bölib, bu işlarga 32844.2 million sömlik mablağ ajratilmoqda.

Içimlik suv tarmoqlari qurilişi "Keramika quriliş” MÇJ, «Amudaryo QM» MÇJ va "Amudaryo quriliş” MÇJ quruvçilari tomonidan amalga oşirilmoqda.

 

Möl hosildan nişona

Bu yil tumanimiz böyiça 16050 gektar maydonga çigit ekilib, dalalarda töliq nihol undirişga erişildi. Paxtakor dehqonlarimiz bu yilning bahor oylaridagi tabiat injiqliklarini mardonavor yengib, unib çiqqan har bir tup ğöza niholini saqlab qolişga harakat qildilar. Bu borada qilingan fidokorona mehnatlar zoye ketmadi.

Hozirgi kunda 255 ta fermer xöjaliklari va 6 ta yordamçi xöjaliklar dalalarida ekilgan ğözalar yaxşi parvariş natijasida rivojlaniş fazasiga kirdi.

Şu kungaça tumanimiz böyiça barça dalalardagi ğözalar bir marta töliq oziqlantirildi, 4-5-marta qator oralariga işlov berildi. 5000 gektar maydondagi ğöza qondirib suğorildi.

Ğöza qator oralariga işlov berişda 361 ta kultivator agregatlari betöxtov işlatilmoqda.

Şunisi quvonçliki, tumanimizning 9000 gektarga yaqin maydonidagi ğözalar yoppasiga gullab, möl hosil töplanayotganidan darak berib turibdi.

 

Basketbolçilar musobaqasi

Şu yilning 25-iyun kuni 7-sonli umumtaʼlim maktabi sport zalida "26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarşi kuraş kuni”ga bağişlanib sportning basketbol turi böyiça 1-sonli BÖSM oçiq birinçiligi ötkazildi.

Uşbu sport musobaqalarida 8 ta jamoa – 2 ta qizlar jamoasi va 6 ta öğil bolalar jamoalari kuç sinaşdilar.

Sportning basketbol turi böyiça 1-BÖSM oçiq birinçiligi uçun ötkazilgan musobaqalarda qizlar jamoalaridan Xöjayli şahri qizlari 1-örinni, 1-sonli BÖSMda sport bilan şuğullanuvçi 7-sonli umumtaʼlim maktabi qizlari 2-örinni egallaşga muvaffaq böldilar.

Basketbolçi yigitlar örtasidagi bellaşuvlarda Amudaryo akademik litseyi jamoasi 1-örinni, 7-sonli umumtaʼlim maktabi jamoasi 2-örinni va 33-sonli maktab jamoasi 3-örinni qölga kiritdilar.

Basketbol öyini musobaqalari yakunida ğolib jamoalar 1-sonli BÖSM faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandilar.

Ösimliklar himoyasi kuçaytirilmoqda

Ayni kunda tumanimizda ösimliklar zararkunandalari, kasallik va begona ötlarga qarşi kuraşişni yanada kuçaytiriş maqsadida bir qança işlar amalga oşirilmoqda. Şu maqsadda tuman ösimliklarni himoya qiliş otryadi tomonidan 2013 yid uçun maxsus iş dasturi işlab çiqildi va bu dastur tuman hokimi qarori bilan tasdiqlandi.

Dasturda paxtaçilikda qöllaş uçun 129 kg. trixogramma, 59.0 million dona brakon , 59.0 million dona oltinköz işlab çiqariş rejalaştirigan edi. Hozirgi kunda tumandagi barça biolaboratoriyalarda bunday biomahsulotlarni tayyorlaş işlari tezkorlik bilan olib borilmoqda.

Şu kungaça profilaktika maqsadida ekin maydonlari atrofiga, uvatlarga, ariq-zovurlar çetlariga zarur miqdordagi trixogramma, oltinköz va brakon kabi biomahsulotlar tarqatildi.

Tuman hokimining yordami bilan 16 ta biolaboratoriyaga motokolyaska olib berildi.

Hozirgi kunda tumanda qişloq xöjalik ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qiliş maqsadida 160 dala nazoratçisi va 29 nafar agronom entomologlar faoliyat olib borişmoqda.

 

Aholiga yana bir qulaylik

Manğit şahri markazida, "Yangiobod” mahallasi hududida yangi maişiy xizmat körsatiş uyi binosi qurilişi boşlandi. Tender bahosi 429.5 million söm bölgan uşbu bino qurilişi "Manğit invest maksimum” MÇJ quruvçilari tomonidan amalga oşirilmoqda.

Uşbu maişiy xizmat körsatiş uyi binosi qurilib foydalanişga topşirilgaç, bu yerdagi aholi yana bir qança qulayliklarga ega böladi.

 

Panton köprik mukammal taʼmirlanadi

4R181 "Qipçoq-Manğit ş. – Turkmaniston Respublikasi çegarasi” avtomabil yölining 4-kilometrida joylaşgan Qipçoq panton köprigini Respublika yöl jamğarmasi hisobidan kapital taʼmirlaş işlari boşlanmoqda.

Ikki bosqiçda, yaʼni 2013 va 2014-yillarda amalga oşirilişi möljallangan bu kapital taʼmirlaş işlarining umumiy tender bahosi 5 mlrd. 108 million sömni taşkil etadi.

Panton köprigini taʼmirlaş işlari Taxiatoşdagi Qoraqalpoğiston köprik xujaligini saqlaşga ixtisoslaştirilgan taʼmirlaş, foydalaniş korxonasi tomonidan amalga oşiriladi.

 

Yangi uy-joylar qurilmoqda

Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 22 yilligi bayrami arafasida tumanimizda 70 ta namunaviy loyiha asosida qurilgan uy-joylar aholi ixtiyoriga topşiriladi. Ayni kunda uşbu uy-joylar qurilişi jadal surʼatlar bilan olib borilmoqda.

Umumiy tender bahosi 8991.4 million söm bölgan bunday joylarning 42 tasi "Çoyköl” ovulidagi "Bosu” massivida, 18 tasi Vaxum massivida, 10 tasi esa Amir Temur nomli ovulning "Taqir qalʼa” massivida qad kötarmoqda.

"Parvoz 2013”

Manğit şahrida joylaşgan NDPI qoşidagi 3-sonli akademik litseyda tugallangan öquv yilida 700 nafardan ortiq iqtidorli ygit-qizlar 4 ta yönaliş böyiça bugungikun talabi darajasida taʼlim-tarbiya oldilar. Şularning 232 nafari litseyni muvaffaqiyatli tamomlaşdi.

Şu yilning 26-iyunida bitiruvçilarga diplom topşiriş marosimi – "Parvoz 2013” deya nomlangan tadbir bölib ötdi.

Tadbirni litsey direktori Otabek Yöldoşev oçdi va öquv muassasasidan uçirma bölayotgan polaponlarning parvozi yuksak bölişini tiladi. Sözga çiqqan bitiruvçilar 3-yil mobaynida öz farzandlaridek ğamxörlik qilib, taʼlim-tarbiya bergan ustozlariga minnatdorçilik bildirdilar.

Suğoriş maromida olib borilayapti

Çoyköldagi Nurulla Yerdoşev rahbarligidagi fermer xöjaligi dehqonlari joriy yilda 80 gektar paxta maydonidan 168 tonna hosil yetiştiriş niyatida mehnat qilmoqdalar.

Ayni kunlarda begona ötlardan tozalangan paxta nihollarini suğoriş işlari maromida olib borilmoqda.

Xöjalik paxta dalalarida nihollar töliq va rivoji yaxşi.

 

Nodiraning döstlari köpaydi

83-maktab boğça majmuasining 4-sinfini aʼlo baholarga tugatgan, faol öquvçi Nodira Eşimbetova Manğit şahrining "Olmazor” mahallasida yaşaydi.

U yozgi taʼtilni bekor ötkazmaslik uçun Toşkentdagi "Çimyon” bolalar yozgi oromgohida bölib qaytdi.

Oromgohda öz tengqurlari bilan turli sport musobaqalari va tanlovlarda faol iştirok etib köplab döstlar orttirgan Nodiraning oromgohda bolajonlar uçun yaratilgan şaroitlardan quvonçli çeksiz.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026