SANʼATDAN ORTIQ DAVLAT TOPMADI...
Sanʼatning pokiza dargohiga har kim har xil yöl bilan kirib keladi. Kimdir isteʼdodni ajdodidan meros qilib oladi, kimdir tasodifan kirib qoladi va izsiz yöqoladi. Kimdir bir foiz isteʼdod ustidan 99 foiz mehnat qilib, eldan olqiş oladi. Amudaryo sanʼatining şak-şubhasiz buyuk darğasi, takrori yöq, öxşaşi yöq noyob ovoz, gözal köngil, serqirra isteʼdod sohibi, Qoraqalpoğistonda xizmat körsatgan artist, rahmatli Nazir Rahimov heç kimga öxşamasdi. Uni isteʼdodli deyiş kam, şunçaki qobiliyatli, deyiş yerga uriş bölar edi. U kuylaş uçun tuğilgan edi. U haqiqiy sanʼat qanday ekanligini körsatib qöyiş uçun balki Allohdan bizga yuborilgan bir farişta edi. Bu beqiyos sanʼatkorga beşik böliş baxti Amudaryo tumanining Manğit şahriga nasib qildi. Yaqinlarining aytişiça, ön savolga bitta javob berib, barçani hayron qoldiradigan, hokisor va soddadil, olijanob Nazir Rahim hali sanʼatga kirib ulgurmasidan atrofidagilar tomonidan sanʼatkor, deb tan olina boşlagan edi. Çunki u sanʼatsiz yaşay olmas edi. Sanʼat ham Nazir Rahimsiz ğaribroq körinardi.
Rahmatlik Otajon Xudoyşukurov bir körik-tanlovda menga şu qöşiğingizni bering, deb söraganida özi kuylaşi kerak bölgan aşulasini inʼom qilib, tanlovda boşqa aşulasini ijro etgan hokisor inson edi. Tiniq, şirador, baland pardalarni qiynalmay oladigan noyob ovozi, aşulalari bilan odamlar könglidan joy olgan edi. Uning qöşiqlarining na musiqasida, na sözida, na ijrosida begona millat aşulasining belgilari körinmas edi. Ular top-toza, tom maʼnoda özbekona qöşiqlar edi. Şuning uçun bölsa kerak, bu qöşiqlarning umri Nazir Rahimovning 47 yillik umridan uzun böldi. Bu qöşiqlarni hozirgaça özini haqiqiy sanʼatkor bölişga tayyorlayotgan havasmandlar ijro etişyapti. Haqiqiy sanʼat şinavandalari hali-hanuz maza qilib tinglaşyapti.
Nazir Rahimov öz hayoti davomida qöşiqdan boşqa davlat, muxlislaridan boşqa savlat topmadi. Kibr-havoni bilmadi, soxtalik qilmadi, aldandi, aldamadi. Şu sababdan ham u betakror, şu sababdan u bebaho. Bunday sanʼat, bunday sanʼatkor bir keldi-yu ketdi.
Dunyoda sanʼat degan söz bor ekan, sanʼat yaşarkan, Nazir Rahimov ham yaşaydi, takrori yöq bölib yaşaydi, armoni yöq bölib yaşaydi. Agar kimdir uni takrorlay olganida edi, u kabi kuylay olganida edi, unga şunça taʼrif-tavsifning hojati bölmas edi. Alloh sanʼatkor bölaman, degan har bir qalbga şu insonning ozgina dardini, ozgina nafasini, ozgina fidoyiligini bersin. Şunda özbek sanʼati sanʼat böladi, şunda qöşiq haqiqiy dil malhami böladi.
Betakror navoga çoğlaning sozlar,
Sözlar, özingizga bering pardozlar.
Birga aylagaymiz kökka parvozlar,
Men dunyoga keldim qöşiq aytgani.
Ruhingizga taʼzim qilamiz, ustoz! Sanʼatingizga havas qilamiz. Sizni köra olganimiz baxt, duo ololmaganimiz armon. Şunday sanʼat, şunday zahmat haqqi, qöşiqni qöşiqday qilib aytişga söz beramiz. Ruhingiz taskin topsin, Nazir oğa Rahimov!
Kamoli ehtirom bilan ustozning şogirdlari nomidan
Nasiba EŞÇANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶