ILONLAR ÖÇI
Bu voqeani menga akam hikoya qilib bergandi. Hozir ham eslasam, hamon etim junjikib ketadi.
- Kiçik paytlarimizda röy bergan bir voqea sabab hanuzgaça ilonlardan qörqaman, - degandi u. - Bolalik paytlarim edi öşanda. Sinfimizda Ahmad degan bir örtoğimiz bölardi. U heç kimning yetti uxlab tuşiga ham kirmagan narsalarni öylab yurardi. Bir kuni qöliga ilonning terisidan qilingan tasma taqib keldi. Tasma çiroyli va ğaroyib edi. Hammamiz uning atrofini örab oldik. U oğzini töldirib biz yaşaydigan joydan çamasi bir-bir yarim çaqirimça yöl naridagi qabriston yaqinidan ilonlarning uyasini topganini, u yerda ilonlarning bolaçalari köpligini, ularni biror oğzi bostiriladigan idişga solib olib kelsa bölişini aytib, içimizni qizitdi.
-Men ularning terisidan yasadim bu tasmani, - maqtandi u. - Agar bilsangizlar, hozir bunday ilon terisidan qilingan narsalar urfga kirgan.
Bunisini eşitgaç, ikkita jöram bilan birga sönggi ikki soat darsni nasiya qildik-da yaşirinça uyga jönadik. Kitoblarimizni deraza oldiga taşlab, velosipedga mingaşib, Ahmad aytgan Qubatoğ qayerdasan, deb uçalamiz yölga tuşdik. Kun peşindan oqqan edi. Izlab-izlab haqiqatan ham Ahmad aytgan ilonlarning uyasini topdik. Bu toğda qabriston bölib, turkmanlar ham, özbeklar ham mayyitlarni şu qabristonga kömişardi. U paytlarda çegaralar oçiq edi. Tezda har birimizning bilagimizga möljallab kiçkina ilonlarni tutib, bankaga joylab, törva xaltaga soldikda uyga jönadik. Uyga kela solib bankani un xaltaning orqasiga yaşirdim. Jöralarimga: "ovqatlanib bölgaç, oğilxona oldiga kelinglar, şu yerda ilon tasma tayyorlaymiz”, - deb tayinladim. Endi çoy içaman, deb piyolani oğzimga olib borgandim, oşxona tarafdan onamning qiçqiriği eşitildi. Hammamiz şu tarafga yugurdik. Onam rangi oppoq bölib qöli bilan ilonli bankaga işora qilardi. Men ilonlarni tasma qilib taqiş uçun Qubatoğdan olib kelganimizni aytdim. Onam hoziroq ilonlarni toqqa olib borib, uyasiga qöyib kelişimizni, aks xolda ilonlar öç olişini aytdi. Biz uç jöra Ahmadning gapiga kirganimizga ming puşaymon bölib toqqa jönadik. Biz u yerga yetib borgunimizça keç kira boşlagan edi. Saldan söng har yer har yerda döppaygan qabrlar, sal naridagi qum barxanlari közimizga ança vahimali körina boşladi. Ilonlarni bankadan olib uyasiga qöydik. Şu payt mening közimga çamasi ikki metrça naridagi barxanlar orasidan kimdir lip etib çiqib, narigi barxanlar orqasiga ötib ketganday tuyuldi. Saldan keyin haligi şarpa lip etib biz tarafdagi barxanlar orqasiga ötdi. Şunda hammamiz bir-birimizga "yalt” etib qaradik. Şarpaning boşida qora şlyapa,ustida uzun qora plaş bor, yuzi esa körinmasdi. Hammamiz dodlagança velosipedimizga minib, uyimizga tomon göyoki uçib keta boşladik. Orqamizga qaraşga qörqardik. Uyimizga yetib kelganimizda allaqaçon keç tuşgandi. Otam meni keçqurun şunday joyga yuborgani uçun onamni sökib ötirgan ekan. Kirib kelişim bilan onam meni quçoqlab oldi. Tilim kalimaga kelmasdi. Onam darhol isiriq tutatdi. Issiq çoy içirib, körpaga örab yotqizdi. Öşa keç tuşimga ilonlar kirdi. Ular goh ilon, goh şlyapali odamga aylanib, ustimga bostirib kelardi. Men alahsirab, baqiraman. Ertasiga uççalamiz ham labimizga uçuq toşib darsga bordik...
Köp vaqtlargaça bu voqeani heç kimga aytmadik. Agar yana bir dahşatli voqea bölmaganda umuman aytmagan bölardik. Bir kuni Ahmad darsga kelmadi. Ahmadga nima bölganini biliş uçun bizni sinf rahbarimiz uning uyiga yubordi. Biz ikki-uç sinfdoş döstlar darsdan söng uning uyi tomon yöl oldik. Ahmadlar yaşaydigan köçada mahalladoşlari guras-guras bölib ketişayotganlarini körib hayron böldik. Şoşilib ketayotgan odamlarning barçasi Ahmadlarning hovlisi tomon burilişdi. Yaqinlaşganimizda esa...
Darvoza oldida Ahmadning otasi, akalari bellarini boğlab, yiğlab turişar, ular orasida Ahmad yöq edi. Keyin bilsak, Ahmad bir kun avval uyidan çiqib ketib, qaytmabdi. Uni qavm-qarindoşlari, hatto militsiya xodimlari ham bir keça-kunduz izlab topişa olmabdi. Quba-toğdagi qabristonga dafn etiş uçun mayyitni olib borgan hassakaşlar bu yerdagi eski qabr yonidan Ahmadning öligini topişibdi. Uning böyni va oyoqlarida ilon çaqqan izlar bor ekan...
Zebo RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶