FAFLATGA BOTGAN ODAM
(Bölgan voqea)
Yarim tun...
Laziz öziga keldi. Közlari deraza darpardalarining mayin hilpirab turganligini körgaç, qöllarini qimirlatişni xohladi. Ammo qöl tomirlariga osma ukolning ulanganligini kördi. Oyoqlarini uzatib, kerilmoqçi böldi. Lekin negadir oyoqlari qimirlamadi, butun tanasida şunday oğriq sezdiki, xonani boşiga kötarib qiçqirib yubordi:
- Ona... Onajon...
Uning ovozini eşitib, navbatçi hamşira yugurib keldi. Hamşira sadafdek tişlarini körsatib, jilmaydi:
- Yo xudoyim, u közini oçdi! - dedi-yu şoşib xonani tark etdi. Va yonida döxtirlar bilan kirib keldi. Ular rus tilida bir nimalarni gapirişdi. Laziz kasalxonada ekanligini bildi-yu, lekin özi bilan nima hodisalar yuz berganligini fahmlay olmadi. Faqat tanasidagi oğriqdan ingrandi. Oyoqlari ustiga oppoq çoyşab yopilganligini kördi. U uzun böyli bölganligi sababli har doim oyoqlarini karavotga siğmay, çetga osiltirib yotar edi. Bugun esa karavotda oyoqlari yöqligini sezdi. Ammo közlariga işonmadi, yana va yana oyoqlarini izladi. Ikkala oyoğining tizzasidan past qismi kesib taşlanganini kördi. Çoyşab sirtidan uning kalta-kalta son boldirlari çoyşab yupqaligi uçun körinib turardi.
- Oyoqlarim! – u qöliga ulangan osma ukolni bir zarbda uzib yubordi, mayda şlang osilib, yerga suyuq modda tomçilay boşladi. Yana ikki nafar döxtir yugurib xonaga kirdilar, Lazizning holatini körib, tez orada unga tinçlantiruvçi ukol qildilar. Lazizni qora ter bosdi. U öz holiga açinganligidan köz yoşlari yuzini yuva boşladi. U yana huşidan ketdi...
Laziz 10 kun şu ahvolda yotdi. Öziga kelganida örnida özi emas, xuddi boşqa birov yotgandek tuyuldi. Yarim tunda bosinqirab qiçqirar, onasini çaqirardi. Közlarini oçib, özining ahvolini körişni istamadi. Sekin-sekin röy bergan voqealarni eslaşga urindi...
Toğasining öğli Aʼzam neça yilki Rossiya davlatiga öz maşinasida kirakaşlik qiladi. Ular bexos Manğit şahrida uçraşib qoldilar. Aʼzam:
- Rossiya davlatiga işlaş uçun ketmoqçiman, yöl taraddudini körayapman, – dedi. Laziz ham aynan şunday niyatda yurganini, 3-4 oy işlab kelişni möljallayotganini aytdi.
- Agar biror fabrika yoki zavodga işga joylaşsam, bir-ikki söm jamğarib, muammolarimni hal etardim, - deyişi bilan Aʼzam uni özi bilan birga ketişga köndirdi.
Mana, tört oyki Rossiyaning eng çekka bir qişloğida, fermerga yordamçi bölib işga joylaşdi. Ikki oylik maoşini olib uyiga jönatdi. Bugun esa yana maoş berişdi. Qişloq bilan şahar oraliği 13 kilometr masofa, u yayov şaharçaga otlandi. Kerakli narsalarini xarid qilişni diliga tugdi. Kafega kirib ovqatlandi, töyib içdi, özini butkul unutdi. Keyin-çi? U oğir xörsindi, eslaşga qança harakat qilmasin, eslay olmadi.
U içkilikdan sarmast gandiraklab, qişloq yöliga çiqdi.
Goh töxtab, goh ötirib, dam olib, irodasi öziga böysunmasa ham qişloq söqmoğiga bir amallab çiqib oldi. Yölni poyezd yöli kesib ötardi. Poyezd ötadigan yöl ança baland edi. U emaklab poyezd yöliga çiqib oldi. Qattiq çarçadi, oyoqlarini relslar ustiga uzatdi-da gavdasini orqaga taşlab, közi ilindi. Mastlik va çarçoq tufayli qattiq uyquga ketdi.
Uzoqlardan kelayotgan poyezd ovozi, uning ogohlantiruvçi çinqiriği ham uni uyğota olmadi. Uzoqroqda qöy boqib yurgan çöpon yordamga yugurdi. Tayoğini balandga kötarib, jon holatda qiçqirar, ammo, ğofil banda uni eşitmasdi. Şiddat bilan çinqirib kelayotgan poyezd Lazizning oyoqlarini majaqlagança bir zumda közdan ğoyib böldi. Çöpon Lazizni şu holatida taşlab keta olmadi. Tanimasa ham uni kasalxonaga joylaştirib, röy bergan hodisadan odamlarni xabardor qilib ketgan edi.
Bu voqealarni döxtirlardan eşitgaç, Laziz özidan-özi jirkandi. Alamdan kökragiga muştlari bilan urib, "oyoqlarim, oyoqlarim”, deya huşidan ketdi...
Zuhra AHMEDOVA.
(Foto - http://storage.kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶