SÖNGGI BEKAT
Olti oylik sinov muddati ham foyda bermadi. Ular ajraşişga ahd qildilar. Sud qarori öqilganda erkakning qöllari muşt bölib tugildi: "Sendan yaxşiroğini topmasammi!”
Ayolning ham könglidan şu keçdi: "Biror durustroği uçrab qolar...”
***
Yaxşiroği ham topila qoldi. "Ötiribroq” qolgan qizni ammasi topdi. "Hammaning közi kuysin, turmuşga çiqmaganiga uylan!”
Kimning közi kuydi, kimning içi kuydi, bilmadi-yu, ammo "yaxşiroği” deganga uylandi.
Qasrmonand uylar qurdi, eng zamonaviy maşina oldi. Könglining bir çekkasida, ahyon-ahyonda qasos öti lovullab qolardi: "körib, eşitib, içi yonsin!”
Vaqt degan malham, asta-sekinlik bilan bölsa-da barini öz izmiga böysundiradi. Qasos öti ham bora-bora pasaya boşladi, qöllari baʼzan özi ham sezmagan holda eski suratlarga çözilib qolar, könglida özi ham tuşunib yetmagan nimadir ğalayon qila boşlar edi.
Bugun işdan keç qaytdi, ança çarçagan, kayfiyati ham yöq edi. Xotini indamasdan bir çoynak çoy, ovqat keltirib qöydi-da yana televizorga tikildi. "Qanday keldingiz ham demaydi-ya”, xayolidan keçdi erkakning. Uy sukunat oğuşida, xonadagi televizor ovozidan boşqa sas eşitilmasdi. Erkak şiftdagi qandilga, atrofidagi xorijiy mebellarga bir-bir razm soldi. Hammasi bisyor... Lekin nimadir yetişmaydi. Nima edi u? Erkakning xayoliga bir savol keldi: "Nega xotinim heç qaçon "Yaxşi keldingizmi?” demaydi, men bilan bunday gaplaşib ham ötirmaydi. Biror narsadan quvonmaydi, biror narsaga qiynalmaydi, heç narsa bilan işi yöq?” Negadir esiga sobiq xotinining sözlari tuşdi. "Bugun siz yoqtirgan ovqatni pişirdim, yeb körib, bir maqtab qöying meni”.
Miyasiga kelgan fikrdan özi ham seskanib ketdi: Ajraşib töğri qildimmi?
***
Ayolga ham "durustroği” topildi. Sökmaydi, "qayoqqa bording?” demaydi. Kun böyi televizor köradi yoki yotib uxlaydi. Biror iş qilgisi ham kelmaydi. Avvaliga bilinmasa-da bora-bora malol kela boşladi: "Erkakka öxşab rözğorga qaraşsangiz bölmaydimi?”
- Senga indamasam, urmasam, sökmasam, yana nima qilay? Ha, bir kunimiz ötib turibdi-ku?
Ayolning yodiga sobiq eri keldi. Işdan qaytişida rözğorga kerak böladigan nimalarnidir kötarib kelardi. Söksa ham, gohida bir şapaloq tuşirib qolsa ham, baʼzan hazillaşib qöyardi: "Xotinjon, qalaysiz endi?” Ayol şularni eslab, xörsindi. Miyasiga kelgan fikrdan özi ham seskanib ketdi: "ajraşib töğri qildimmi?”
Bir tanişining töyida ular uçraşib qolişdi. Sobiq er va sobiq xotin özlari ham sezmagan holda bir-birini zimdan kuzatdilar. Er ham, xotin ham özlarini juda baxtli kişilarday tutişar, bir gapirib, ön kulişar lekin ikkisining ham könglidan bir gap ötar edi:
- Ajraşib töğri qildimmi?
***
Hayot hamma vaqt tekis keçmaydi. Boşimizga har qanday balolar yoğilganda ham bir oz sabr, bir oz qanoat qilsak, hammasi izga tuşadi.
Sulaymon payğambar yer yuzini söragan buyuk hukmdor bölgan. Taxtda ötirganida qölidagi uzukning köziga tez-tez nazar taşlab qöyarkan. Uzuk közida şunday sözlar yozilgan ekan:
"Bu kunlar ham ötib ketadi”.
Hayitgul YÖLDOŞEVA.
(Foto - http://xabardor.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶