1-SONLI MAKTABDA BOʻLIB OʻTGAN “SOʻNGGI QOʻNGʻIROQ” TADBIRI BITIRUVChILAR QALBLARIDA QATʼIYaT VA IShONCh TUYGʻULARINI MUSTAHKAMLADI
“Soʻnggi qoʻngʻiroq” jaranglagan lahzalarni har bir inson nurli xotiralar bilan yodga oladi. Nima uchun? Chunki bu ajib lahzalar insonga betakror bolalik, yoshlikning begʻubor orzulari bilan toʻla baxtiyor onlarini eslatadi. Amudaryo tumanidagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida “Ilm – eng buyuk sharaf!” shiori ostida boʻlib oʻtgan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” adabiy-musiqiy tadbiri ham ishtirokchilar uchun bir umr xotira koʻshkida asragulik goʻzal taassurotlarni hadya etdi.
Tadbirni maktab direktori D.Sherboyeva ochdi va 2024-2025 oʻquv yilida mazkur maktabning 11-sinfini tugatayotgan bitiruvchilarni yangi hayot ostonasiga qoʻyayotgan ilk qadamlari bilan tabriklab, ularga kelgusi oʻqish va ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi hamda muhtaram Prezidentimizning bitiruvchi yoshlarga yoʻllagan bayram tabrigini oʻqib, eshittirdi.
Tadbirda ishtirok etgan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Gulshod Yusupova, Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mutaxassisi Muqaddas Yermonova, tuman Ichki ishlar boʻlimi probatsiya guruhi inspektori, kapitan Ruslan Iskandarov hamda bitiruvchilarning ota-onalari qalblari ezgu orzularga toʻla yoshlarni maktab taʼlimini muvaffaqiyatli yakunlayotganlari bilan muborakbod etishib, ularga mustaqil hayotda oydin yoʻllar tiladilar.
Tadbir davomida maktab badiiy havaskorlik toʻgaragi aʼzolari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur namoyish etilib, ilmning inson hayotini nurli va goʻzal tomonga oʻzgartirishga qodirligi, ustozlar mehr-muhabbati, doʻstlik, tinchlik, ona Vatan – dunyoda eng bebaho neʼmatlar ekanligi haqidagi sheʼr-u qoʻshiqlar aytildi, dilbar raqslar ijro etildi.
Joʻshqin kuy-qoʻshiqlarga hamohang jaranglagan “Soʻnggi qoʻngʻiroq” qalblarga hayajon, shu bilan birga ishonch va qatʼiyat tuygʻularini soldi. Tadbir barchaga goʻzal va yorqin taassurotlar baxsh etdi.
Robiya Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶