"Obod turmush yili" yangiliklari
Mavsumga tayyorgarlik
Gʻalla oʻrim-yigʻimi oldidan hosilni qabul qiluvchi «Qipchoq Don» qabul qilish maskanida mavsumga tayyorgarlik ishlari toʻliq yakunlandi. Jumladan shoxobchadagi laboratoriya toʻliq taʼmirlandi va bu yerdagi jihozlar Davlat standartidan oʻtkazildi. Jami 7000 tonna donni saqlashga moʻljallangan 3 ta yopiq omborxonalar taʼmirlanib, qabul maskanidagi urugʻlik qabul qilish tsexi urugʻlikni saralash, dorilash uchun tayyor holga keltirildi. Don qabul qilish omborxonalarida dezinfektsiya ishlari oʻtkazilib, texnika va yongʻin xavfsizligini taʼminlash maqsadida birlamchi oʻt oʻchirish vositalari bilan taʼminlandi va ayni kunlarda «Qipchoq Don» qabul qilish maskani 2013-yil hosilini qabul qilishga shay holatda.
Bugʻdoy oʻrimi avjida
Ayni kunlarda tumanimizning deyarli barcha ovullarida faoliyat yuritayotgan fermer xoʻjaliklarida 2013-yil hosili uchun ekilgan kuzgi bugʻdoy oʻrim-yigʻim ishlari davom etmoqda. Oʻgan yilning kuzida 2800 gektar maydonga ekilgan bugʻdoy maysalari mavsum davomida barcha agroteznika qoidalariga mos ravishda parvarishlandi va yozning ilk kunlarida toʻliq pishib yetildi. Yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay oʻrib-yigʻib olish maqsadida dalalarda 18 ta don oʻrish kombaynlaridan samarali foydalanilmoqda.
Yoz – oʻtmoqda soz!
Qipchoqdagi Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejida tashkil qilingan bolalarning yozgi oromgohida mavsum davomida 3 ta navbatda, har navbatda 100 nafardan jami 300 nafar bolajonlarning hordiq chiqarishlari rejalashtirilgan. Mazkur oromogoh kam taʼminlangan va koʻp bolali oilalarning farzandlariga moʻljallangan boʻlib, bolalarning maroqli dam olishlari uchun turli koʻngilochar oʻyinlar, musobaqalar, viktorinalar va boshqa tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati tuman boʻlimi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi va boshqa xomiy tashkilotlar vakillari doimiy ravishda bolajonlar holidan xabar olishib, iqtidorli va epchil oʻquvchilarni ragʻbatlantirib kelmoqdalar.
Yongʻin - tilsiz ofat
Gʻalla oʻrim-yigʻimi davrida yongʻin kelib chiqishining oldini olish va yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatish borasida tuman Ichki ishlar boʻlimining yongʻin xavfsizligi boʻlinmasi xodimlari fidoyilik bila nish olib bormoqdalar. Mavsum davomida ishlatiladigan 18 ta don oʻrish kombaynlarini hamda don tashishga jalb etiladigan barcha transport vositalari, shu jumladan yuk avtomobillari va traktor tirkamalarini hamda yonilgʻi moylash mahsulotlari bilan taʼminlovchi texnikalarning mavsumga shayligi mavsum oldidan toʻliq tekshirildi. Oʻrganishlar davomida masʼul shaxs va tegishli ishchi-xizmatchilar bilan yongʻin xavfsizligiga doir suhbat va tushuntirish ishlari tashkil etildi. Bu ishlarning barchasi kelgusida gʻallani yongindan asrashda katta samara beradi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶