21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 07:22
Fan va taʼlim 👁 1,791

USTOZIM - OTAM

USTOZIM - OTAM

1944-yil qish chillasida Xitoy qishlogʻining Sori ovulida dunyoga kelgan otamga ota-onasi umri uzoq boʻlsin, dunyo omon tursin degan niyat bilan Tursunboy deb ism berishgan. Bobo, momolari el koriga yaraydigan, serfarzand, serdavlat boʻlsin deb duo qilishgan.

Oradan yillar oʻtdi, Tursunboy Oʻrozimbetov el koriga yaradi. Oʻqituvchi boʻlib, yosh avlodga taʼlim-tarbiya berdi. Fidoyi mehnatlari evaziga munosib taqdirlandi. El-u yurtning duosini olib, toʻylarga bosh boʻldi. Uning aytgan kelin salomlarini eshitgan otaxonu onaxonlar, "umringdan baraka top, farzandlaring rohatini koʻrgin”, -deya olqishlashdi.

Davralarga joʻshqinlik, koʻtarinki kayfiyat olib kirgan, suxandonligini koʻrgan eldoshlari "qoyil-ye” deya tan berishdi.

Doʻstlar davrasida doim hurmati baland boʻldi. Buni koʻrgan ota-onaning qalbi quvonchga toʻldi. Farzandlari esa "bu mening otam” deya faxrlanishdi.

Darhaqiqat, koʻcha-koʻyda, bozor-oʻcharda, toʻy-hashamlarda otamning shogirdlari: "iye, ustozning qizlari-ku”, - deya salomlashganda, "Tursunboyning qizimisan?” – deya quvonchdan yuzlari yorishib hol-ahvol soʻrashgan otamning doʻstlarini koʻrganda shunday insonning farzandi boʻlganimdan qalbim faxrga toʻlib, boshim osmon qadar yuksaladi.

Ehtimol, men otamga shogird boʻlish darajasida emasdirman, ammo otam – ustozim deyish men uchun sharaf!

Chunki otajonimning sinfga kirib, mumtoz adabiyot namunalaridan, yangi davr va qardosh xalqlar adabiyotidan oʻqigan gʻazalu sheʼrlari, nasriy asarlar qahramonlari nafasini his qilish darajasida tushuntirib bergan mavzulari, ona tilimizning naqadar ranginligi, birgina tovush yoki birgina tinish belgisining ahamiyati haqidagi betakror saboqlari hali-hanuz qulogʻimda.

Ehtimol, xuddi oʻsha paytlardan menga otam kabi oʻqituvchi boʻlish eng katta orzuga aylangandir. Ammo, bugun men aziz ustozim-otam kabi boʻlmasam ham unga izdosh boʻlganimdan behad mamnunman.

Aziz Otajon! Siz menga va farzandlaringizga bu nurli hayotdan zavq olib, oʻzgalarga zavq ulashib yashashni oʻrgatdingiz. Siz borsizki, boshimiz baland, xonadonimiz fayzli, muammolar yechimli.

Allohdan tilagim, nevara-yu chevaralaringiz quvonchli kunlarida ham onajonim bilan xonadonimiz fayzi boʻlib yashang.

 

Aziz ota-onam, mehr daryoyim,

Sizlardir umrimning ulugʻ tojdori.

Yoʻllarim yoritgan nurli ziyoyim,

Men qarzim uzolmam to umrim boʻyi.

 

Quyunlar aylansa, dovullar tursa,

Togʻ kabi bizlarning qalqonimizsiz.

Saraton yoqsa-yu qovjirab, soʻlsak,

Hayot baxsh etguvchi ummonimizsiz.

 

Qorongʻi tunlarni yoritgan Oysiz,

Tiriklik nurini taratgan Quyosh.

Toshda gul undirgan obi-hayotsiz,

Tilagim, Allohim bersin ulugʻ yosh.

Shirin OʻROZIMBETOVA,

6-sonli maktab.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026