ÇEKIŞNI TAŞLAMOQÇIMISIZ? BU QÖLINGIZDAN KELADI!
Jahon Soğlikni saqlaş taşkiloti tomonidan (JSST) 1987-yil 31-may - Butun jahon tamakisiz kun deb eʼlon qilindi. Uşbu kun "Tamakisiz hayot” şiori ostida xotin-qizlar va bolalar organizmiga tamakining ikkilamçi tutunining zararli oqibatlari va ularning oldini oliş mavzusida davra suhbatlari, sport tadbirlari, rasmlar körik-tanlovlari tarzida keng nişonlanadi.
Çekiş köpgina kasalliklar sababçisi bölmay, alohida kasallik – tamakiga qaramlik hamdir. Çekişni taşlaşni ahd qilmoq qiyin va muhim masala. Lekin çekişni taşlaş heç qaçon keç bölmaydi. Agar öpkangiz zararlangan bölsa ham siz çekişni taşlasangiz, uning "qarişi” sekinlaşadi, xuddi çekmaydigan kişilar kabi.
Çekiş öpkani zararlaydi. Kislorod yetişmasligi va bronxlardagi şamollaş sababli, kuçli, uzoq davom etuvçi yötal bezovta qiladi. Natijada oğir surunkali öpka kasalligi rivojlanadi. Tamaki tutunida 3000 dan ziyod kimyoviy moddalar bor, ulardan 60 tasi rakni çaqiradi. Çekiş xalqum, oğiz böşliği, qizilöngaç, oşqozon osti bezi, buyrak va siydik pufagi rakiga ham olib keladi.
Demak, zudlik bilan çekişni taşlaş zarur! Çunki bu sizning umringizni uzaytiradi. Çekiş inson umrini 15-20-yilga qisqartiradi. Jahon Soğliqni saqlaş taşkilotining maʼlumotiga köra har yili 5 mln. aholi çekiş sababli erta ölim topadi.
Siz çekişni taşlamoqçimisiz? Unda tezda tamakini rad qiliş kunini belgilang! Uydagi, işdagi, maşinadagi barça sigaret, kuldon, gugurt va boşqa vositalardan xolos böling. Uyingizda, maşinangizda çekişni man qiling.
Çekişdan özingizni çalğitişga harakat qiling. Agar qattiq xumor sizni tark etmasa, kim bilandir gaplaşişga yoki yoqimli biron bir iş bilan şuğullanişga harakat qiling:
- birinçi kunlari odatiy kun tartibingizni özgartiring;
- alkogolli içimliklar içmang;
- stressni kamaytiriş uçun issiq vanna qabul qiling, jismonan faol böling, kitob öqing;
- köproq suv va şarbat içing;
- hisoblab köring, çekişni taşlaganingizdan beri qança pul tejab qoldingiz va bu pulga özingizga sovğa oling.
Tamakiga tobelikdan qutuliş uçun şifokorga murojaat qiling.
Mutaxassis şifokor qaysi usul sizga töğri kelişini hal qiladi.
Qiyinçiliklarga qarşi kuraşing. Yodda tuting: köpçilik insonlar çekişni bir neça marotaba taşlaşga harakat qilganlarida maqsadlariga erişadilar. Şu sabab, böşaşmang, siz ham çekişni taşlaşning uddasidan çiqasiz!
Yaqinlaringiz kömagiga işoning. Tekşiruvlar şuni körsatadiki, yaqinlar kömagi sizga katta yordam beradi. Yaqinlaringiz, döstlaringiz, hamkasblaringizga çekişni taşlamoqçi ekaningizni ayting, sizni qöllaşlarini sörang. Ulardan sizning oldingizda çekmasliklarini iltimos qiling.
Xumori sizni bezovta qilmay qöygan kundan boşlab siz yuz foiz soğlom hayot sari qadam qöygan bölasiz. Bu sizning baxtingiz, farovon va obod turmuş tarzingiz, mazmunli umringizdir.
Jumaboy YaVQAŞEV,
tuman Salomatlik markazi direktori.
(Foto - http://www.dustlikbayrogi.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶