12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 20:06
Jamiyat 👁 435

TUMANNING QATOR HUDUDLARIGA IÇIMLIK SUVI QUVURLARI TORTILMOQDA. SUV QAÇON KELADI?

TUMANNING QATOR HUDUDLARIGA IÇIMLIK SUVI QUVURLARI TORTILMOQDA. SUV QAÇON KELADI?

Suv – tiriklikning asosi, u bor joyda hayot qaynaydi va rivojlanadi. Bugungi ekologik holat va dunyo­ning ayrim burçak­larida kuzatilayotgan toza içimlik suvi tanqisligi muammosi bizni şukur qilişga hamda obi-hayotni tejab işlatişga çorlamoqda. Çindan-da, har neʼmatning sörovi bor. Suv ham Yaratganning bir neʼmati, uni isrof qiliş katta gunoh bölsa, aksinça, toza içimlik suvi yetib bormagan manzillarga suv yetkaziş, saratonda suvsiragan bir jonzotga suv beriş savob amallardan biridir.

Bugungi kunda yurtimizda suv taʼminotini yaxşilaş, aholini toza içimlik suvi bilan markazlaşgan holda taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Natijada yurtimizning olis hududlarida ham suv taʼminoti muammolari ijobiy yeçim topmoqda. Oldingiday yetti mahalla naridan paqirda suv taşiş holatlari asta-sekin ertakka aylanib bormoqda.

Xabaringiz bor, Qoraqalpoğiston Respublikasining Amudaryo, Beruniy, Qoraözak, Qönğirot, Nukus va Möynoq tumanlaridagi aholi va xöjalik yurituvçi subʼektlarning sifatli içimlik suvi taʼminotini yanada yaxşilaş maqsadida Özbekis­ton Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki örtasida 2018-yil 28-dekabrda “Özbekistonning ğarbiy qismida içimlik suvi taʼminoti tizimlarini rivojlantiriş” loyihasini amalga oşiriş uçun qiymati 145 mln AQŞ dollari miqdorida qarz bitimi imzolangan edi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-apreldagi Qarori asosida bu boradagi amaliy işlar boşlab yuborildi.

Loyiha doirasida Amudaryo tumanida ham aholining toza içimlik suvi bilan markazlaşgan holda taʼminlaniş darajasini sezilarli darajada yaxşilaş közda tutilgan. Loyihani amalga oşiriş uçun Ozarbayjonning “ArchiCO Engineering company” quriliş korxonasi bilan hamkorlikda, qiymati 29 mln 30 ming AQŞ dollariga teng şartnoma tuzildi. Lo­yihaga asosan tumanimizning Navoiy, Beruniy  va Bobur nomli, Böston, Çordara, Boy ovul, Olmazor, Gulzor, Döstlik, Arna böyi, Jumur ovul, Kuyuk köpir, Toş yop, Xizir eli, Qiliçboy ovul va mahallalarida jami 300 km dan ortiq uzunlikdagi içimlik suvi tarmoqlari hamda 3 ta içimlik suvi obʼekti qurilişi va rekonstruktsiya qilinişi belgilangan.

Hozirgi kunda pudratçi taşkilotning 12 ta brigada tarkibidagi 155 nafar işçisi 30 ta texnika yordamida “RU-1” nasos stantsiyasidan Qiliçboy suv rostlaş uzeliga, şuningdek, tuman markaziga, Kuyuk köpir ovuli hududiga va Kuyuk köpir ovuli hududidan “Yarimçi” nasos stantsiyasiga polietilen quvurlar yotqizib, quriliş va rekonstruktsiya işlarini amalga oşirmoqda.

Ayni kunlarda tumanimizdagi Xitoy va Kuyuk köpir ovullari hududida hamda Manğit şahrining 1-quriliş hududida suv quvurlarini tortiş jarayonlari uzluksiz davom ettirilib, şu kungaça tuman hududida jami 180 ming 106 metr uzunlikda turli xil ölçamdagi polietilen quvurlar yotqizildi.

Şu bilan birga, işlar jadal surʼatlarda davom ettirilib, “RU-1” nasos stantsiyasida demontaj işlari olib borilmoqda. Mazkur stantsiyadagi 2 ta 4 ming 300 metr kub suv saqlovçi rezervuarlarni taşqi qoplama bilan qoplaş va betonlaştiriş işlariga hozirlik körilmoqda.

Qayd etiş kerakki, uşbu loyiha amalga oşişi natijasida Amudaryo tumanining içimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 48,5 foizdan 80 foizga yetkazilişi közda tutilgan bölib, 2026-yil sentyabrgaça yuqorida tilga olingan hududlar markazlaşgan suv taʼminoti bilan töliq qamrab olinadi.

Albatta, xalqni rozi qiliş yölida amalga oşirilayotgan islohotlar bugun faqatgina qoğozda emas, amalda ham öz ifodasini topmoqda. Biz esa, issiqni issiq, sovuqni sovuq demay, xalqimizni obi-hayot bilan taʼminlaş borasida fido­yi mehnat qilayotgan soha xodimlarining xayrli işlariga unum va baraka tilaymiz.

Aziza MADRAHIMOVA.

 

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026