HEÇ KIM MEHR VA EʼTIBORDAN ÇETDA QOLMADI
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 9-fevraldagi "Soğlom ona va bola yili” Davlat dasturi töğrisida”gi Qarorini ijro qiliş hamda Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yilligini munosib kutib oliş maqsadida Özbekiston Respublikasi Soğlikni saqlaş vazirligining 2016-yil 24-maydagi 198-sonli buyruğiga asosan Taşkent şahridan Respublika ixtisoslaşgan dermatologiya va venerologiya ilmiy-amaliy Tibbiyot markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori U.Sobirov boşçiligida malakali mutaxassislar (jarroh, terapevt, kardiolog, pediatr, nevropatolog, urolog, oftalmolog, akuşer-ginekolog, travmatolog) iştirokida tumanimizda, 2016-yil 31-may kuni köp tarmoqli poliklinika binosida çuqurlaştirilgan tibbiy körik ötkazildi.
Tibbiy körikka Birlaşma boş mutaxassislari ham jalb qilindi, tibbiy körikni ötkaziş uçun alohida xonalar ajratilib, tegişli tibbiy asbob-uskunalar, jumladan, köçma flyuromaşina, elektro-kardiograf hamda ultratovuş apparatlari bilan taʼminlandi. Töşakda yotib qolgan yakka-yolğiz qariyalar, nogironlar, şu jumladan nogiron bolalar, tuğiş yoşidagi ayollar va bolalarga alohida eʼtibor qaratildi. Tibbiy körik natijasida kasallik aniqlangan 580 bemorning 393 nafarini ambulator şaroitda, 34 nafarini statsionar şaroitda tuman, Respublika tibbiyot muassasalarida va ixtisoslaştirilgan markazlarda soğlomlaştiriş tavsiya qilindi. 11 nafariga sanatoriylarda soğligini tiklaşga tavsiyalar berildi.
Mazkur tadbirning ötkazilişi tumanimiz aholisining salomatligini mustahkamlaşda, kasalliklarning oldini olişda va soğlom turmuş tarzini şakllantirişda, tibbiy madaniyatni yanada yuksaltirişda muhim ahamiyat kasb etadi.
J.YaVQAŞEV, tuman Salomatlik markazi direktori.
(Foto - http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶