OILAVIY ŞAXMATÇILAR BELLAŞDILAR
Qadimiy aql-idrok öyini sanalgan şaxmat va şaşkani maʼnaviyatimizning bir bölagi sifatida eʼzozlaş, ösib kelayotgan yoş avlodning mantiqiy tafakkur darajasini östiriş hamda yoş şaxmatçilarning uşbu sport turi böyiça malakalarini oşiriş, xususan, voyaga yetmagan yoşlarning böş vaqtlarini samarali taşkil etiş va yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini qaror toptiriş maqsadida yaqinda 31-sonli umumtaʼlim maktabi binosida "Biz aql-idrokli oilalarmiz” mavzusida musobaqalar bölib ötdi.
Sportning şaxmat turi böyiça "Biz aql-idrokli oilalarmiz” turniri musobaqalari har yili oilalar örtasida ötkazilmoqda. Musobaqada iştirok etgan har bir oila 6 nafar iştirokçidan, yaʼni, 2 nafar 60-75 yoşgaça bölgan buva va buvi, 2 nafar 35-45 yoşgaça bölgan ota va ona, 2 nafar 11-14 yoşgaça bölgan öğil va qizdan iborat oilaviy 8 ta jamoa iştirok etdilar. Bu gal ham musobaqalarning tuman bosqiçi murosasiz bahslarga boy böldi.
Natijalarga köra 3-örinni Ayoqçi mahalla fuqarolar yiğinidan Qöçqorboy Törayev oilasi, 2-örinni Durunki mahallasidan Adilboy Allamberganov oilasi, faxrli 1-örinni "Döstlik” mahallasidan Bekjon Rahimovlar oilasi egallab, musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanmani qölga kiritdilar. Ğoliblarga "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi tomonidan qimmatbaho sovğa va diplomlar topşirildi.
Özaro döstlik bayramiga aylanib ketgan sport musobaqasi kötarinki ruhda yakunlandi. "Xizr eli” mahallasidan Örazboyevlar oilasi, "Böz yop” ovulidan Şomurodovlar oilasi, Örta qalʼa ovulidan Rahimovlar oilasi, Toş yop ovulidan Rajabovlar oilasi, Gulzor mahallasidan Yöldoşevalar oilasi "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasining diplom va esdalik sovğalari bilan taqdirlandilar.
Gavhar ÇIMBAYÇIYeVA,
"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi boşqaruvi boş mutaxassisi.
(Foto - http://idum.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶