TADBIRKORLIK FAOLIYaTI QONUN HIMOYaSIDA
Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan tumanda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş, tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va ularning huquqiy himoyasini taʼminlaşga qaratilgan qonunçilik ijrosi ustidan doimiy prokuror nazoratini taʼminlaş borasida muayyan işlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, birgina joriy yilning ötgan davri mobaynida tadbirkorlarning huquqiy himoyasini tezkor taşkil etiş maqsadida tuman prokuraturasida taşkil etilgan «007» va «515-34-08» raqamli işonç telefoniga 3 ta tadbirkorlik subʼektlaridan murojaatlar kelib tuşdi.
Jumladan, joriy yilning 23-yanvar kuni tumanning «Böz yop» ovulida faoliyat körsatayotgan paxtaçilik va ğallaçilikka ixtisoslaşgan «Aminboy Inomjon» nomli fermer xöjaligi rahbari A.Ibragimov tuman prokuraturasining «007» raqamli işonç telefoniga murojaat qilib, tumandagi «Yulduz» OTHJdan fermer xöjaligining 2012-yil hosili uçun yetiştirgan paxtasidan qolgan 14 mln. 350 ming sömlik haqini undirib beriş va uşbu pul mablağini lizing asosida texnika sotib oliş uçun Lizing kompaniyasiga ötkazib berişda amaliy yordam berişni söragan murojaatini körib çiqiş natijasida, joriy yilning 28-yanvar kuni fermer xöjaligi tegişli pul mablağlari «Yulduz» OTHJdan undirilib, uşbu pul mablaği ALK «Özqişloqxöjalikmaşlizing» kompaniyasiga ötkazilişi taʼminlanib, fermer xöjaligiga amaliy yordam körsatildi.
Bundan taşqari, tumandagi «Köyuk köpir» ovulida yaşovçi yakka tadbirkor va hozirda tumandagi Maişiy xizmat körsatiş kollejining 3 bosqiç talabasi Tilovbayeva Navbahor Soatboy qizi qunğiroq qilib, u öz murojaatida «Uy hayvonlariga qaraş» faoliyati bilan şuğullaniş uçun, yaʼni çorva mollarini oliş maqsadida 1.800 ming söm kredit mablağlarini sörab 2012-yilning sentyabr oyida tumandagi Mikrokredit bank filialiga xujjatlarini topşirganligini, lekin şu kunga qadar murojaatiga javob olmaganligini hamda uşbu faoliyat turi bilan şuğullaniş uçun kredit olib berişda yordam söragan murojaati atrofliça örganib çiqilib, natijasiga köra kredit olib berilişi taʼminlandi hamda tadbirkor qizimizning murojaatini öz vaqtida körib çiqmasdan, sansanorlikka yöl qöygan bankning javobgar şaxslariga nisbatan intizomiy çoralar körildi.
Şu bilan birga, Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan tumandagi Nazarxon ovuli hududida joylaşgan «Berdaq Energoservis» XKga qaraşli ustaxonada ötkazilgan tekşiriş natijasida 2 mln. 400 ming söm jarimaga tortilgan dalolatnomaning qonuniyligi örganilib çiqilganda, dalolatnoma asosiy isteʼmolçi Berdaq MMTPga nisbatan rasmiylaştrilişi lozimligi aniqlanib, tuman elektr tarmoqlari korxonasi farmoyişi bekor qilinib, noqonuniy ravişda dalolatnoma tuzgan tuman elektr tarmoqlari filiali hodimlariga nisbatan intizomiy çora körilib, tadbirkorning qonuniy huquqlari tiklanişiga erişildi.
Şuningdek, tuman prokurorining boşçiligida kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş, rağbatlantiriş va qöllab-quvvatlaşga qaratilgan qonunlar, Prezident farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan tumandagi tadbirkorlik subʼektlari va fermer xöjaliklari vakillari iştirokida har oyda 2 marotaba uçraşuvlar taşkil qilingan bölib, u yerda tuman prokuraturasi tomonidan bu borada amalga oşirilayotgan işlar, amaliy yordamlar, Hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan qulayliklar, tadbirkorlarimiz faoliyatidagi muammolar hamda ularni qiziqtirayotgan masalalar körib çiqilmoqda.
Tuman prokuraturasi tomonidan tumanda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş, tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va ularning huquqiy himoyasini taʼminlaşga qaratilgan işlar davom ettirilmoqda.
R.XALMURATOV,
tuman prokurorining katta yordamçisi, 3-darajali huquqşunos.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶