MAKSADIMIZ – TADBIRKORLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh
Yahkamasining 2004 yil 6-iyuldagi "Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori hamda 2012-yil 30-dekabrdagi "Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartibotlarni liberallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 379-sonli Qarori talablari asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida chetga olib chiqib ketiladigan mahsulotlarga gigiyenik sertifikat rasmiylashtirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-noyabrdagi "Eksport operatsiyalarini "Yagona darcha” tamoyili boʻyicha amalga oshirish mexanizmini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 305-sonli Qarori talablari asosida davlat bojxona qoʻmitasining tashqi iqtisodiy faoliyati boʻyicha bojxona maskanlarida ham yoʻlga qoʻyilgan.
Tuman davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi sanitariya qoida va meʼyorlari talablari buzilishi holatlarining oldini olish maqsadida tadbirkorlar faoliyatiga aralashmagan holda ularga tegishli tartibda tavsiya, eslatma va koʻrsatmalar berib, sanitariya-targʻibot ishlarini yanada jonlantirishga harakat qiladi.
D.BOBOJONOV, DSENM bosh shifokori vazifasini bajaruvchi.
(Foto - http://static.norma.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶