Doʻstlik mahallasida fuqarolar va tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha seminar oʻtkazildi
26-fevral kuni Doʻstlik mahallasida “Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish – gʻoyasi asosida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish” mavzusida, shuningdek, huquqiy masalalar yuzasidan mavjud muammolarni tizimli hal etish va tadbirkorlarning huquqiy ongini oshirish masalalariga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi. Unda fuqarolar yigʻini raisi I.Ismailova, tuman Iqtisodiy sudi raisi U.Sobirov hamda mahalla hududida yashovchi tadbirkorlar ishtirok etdilar.
Seminarda tuman Iqtisodiy sudi raisi U.Sobirov soʻzga chiqib, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilikning oʻrni ahamiyatga egaligini aytib oʻtdi. Bu borada iqtisodiy sudlarning oʻrni haqida gapirib, “Konstitutsiya va qonun ustivorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish” gʻoyasi asosida ostida muammolarni oʻrganib, tegishli huquqiy maslahatlar berib borilishini taʼkidladi.
Undan tashqari, sud, prokuratura va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati, vakolatlari, sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar haqida keng toʻxtalib oʻtdi.
Shundan soʻng, mahalla aholisini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularga batafsil javoblar qaytarildi.
Fuqarolar va tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida oʻtkazilgan mazkur seminar barchaga manzur boʻldi.
I. Salayev, tuman Iqtisodiy sudi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶