Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiliş böyiça vakil iştirokida sayyor qabul ötkazildi
Mamlakatimizda biznesni yanada qöllab-quvatlaş, tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilib, sohaga berilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan şaroitlar sababli ularning faoliyatiga aralaşişlar keskin kamaytirildi.
Bu borada tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonunuiy manfaatlarini himoya qiliş, jumladan byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, ularning muammolarini aniqlaş va bartaraf etişning tezkor çoralarini köriş, noqonuniy tekşirişlarni oldini oliş maqsadida Biznes-ombudsman instituti samarali faoliyat yuritmoqda.
Maʼlumot uçun aytib ötiş kerakki, Biznes-ombudsman öz faoliyatida davlat organlari, şu jumladan huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari tomonidan tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişi yuzasidan nazoratni amalga oşiradi. Tadbirkorlik subʼektlarining faoliyati tekşirilayotganda ularni huquqiy qöllab-quvvatlaş, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda röyobga çiqarilayotganligini örganadi.
29-aprel kuni tadbirkorlarning muammo va takliflarini tinglaş, tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanişiş maqsadida Amudaryo tumaniga Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subʼektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini hamoya qiliş böyiça vakili Kasimov Dilmurod Sultanmuratoviç taşrif buyurdi hamda tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uçun sayyor qabul ötkazdi.
Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi Raisining örinbosari Nurullan Yerlepesov tuman hokimi Sultonboy Yöldaşev, sektorlar rahbarlari, tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar, hokim yordamçilari, yoşlar yetakçilari hamda mutasaddi taşkilotlar vakillari iştirok etişdi.
Qabul davomida “MANGIT INVEST PLYUS”, “Amudaryo tomorqa xizmati”, “Dilnura Elmira Kitchen”, Nukus logistika “Manğit örta qala çorvadori” “Amudaryo Maxsus Quriliş” masʼuliyati çeklangan jamiyatlari va boşqa turli tadbirkorlik subʼektlaridan hamda jismoniy şaxslardan jami 16 ta murojaat kelib tuşdi.
Murojaatlar tegişli soha vakillari bilan muhokama qilindi. Hamda tez orada hal qilinişiga kelişib olindi.
Qabul davomida nazorat qiluvçi organlar masʼul xodimlari tomonidan qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etiş, şuningdek, davlat xizmatlari körsatuvçi idoralar tomonidan belgilangan talablar darajasida iş olib borilişi qonuniylikni taʼminlaşga, tadbirkorlarning davlat organlariga nisbatan işonçi ortişi va öz navbatida iqtisodiyotdagi uluşining yanada köpayişiga xizmat qilişi eʼtirof etildi.
Sayyor qabul yakunida tadbirkorlarning fikr-mulohazalari tinglanib, ularning takliflari asosida kelgusida tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş uçun amalga oşirilişi lozim bölgan taşkiliy va huquqiy masalalar belgilab olindi.
Tuman hokimligining Axborot xizmati

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶