QUDUQDAGI YuLDUZLAR
Gohida şunday möʼjizalarga guvoh bölamizki, hayratdan yoqamizni uşlaymiz. Bizning yurtimiz şunday - möʼjizalarga boy hisoblanadi. 2014 yilning avgust oyida öquv yili oldidan oila aʼzolarimiz bilan Norimjon buva ziyoratgohiga borgan edik. Oyim menga bu yerdagi möʼjizakor quduq haqida aytib bergan edi. Bizni şu quduq qarşisiga olib bordi. U yerda quduq ustiga çertak qurilgan ekan. Quduq yonida keksaroq kişi ötirgan ekan. U ham ziyoratga kelganlardan edi. Bu quduq karomati şundan iborat-ki, u quduqning suvi şifobaxş bölişi bilan bir qatorda unda odamlar kelajagiga başoratni köriş mumkin. Qanday qilib deb öylayotgandirsiz?
Quduqqa boşingizni egib, ustidan yoruğlik tuşmaydigan qilib qalin mato yopiş kerak, keyin tilagingizni tilaysiz va bir neça soniyalardan söng yo yulduzlar körinadi, yo heç narsa körinmaydi. Agar yulduzlar yorişib tursa, kelajaging porloq, tilaklaring amalga oşar ekan. Mabodo heç narsa körinmasa, tilaklaring amalga oşmas ekan. Men ham şunday qilgan edim. Avvaliga ikkita yulduz çiqib, yorişdi. Keyin yulduzlar köpayib ketdi. Buni boyagi keksaroq kişiga aytgan edim. Barça tilaklaring, rejalaring amalga oşadi, dedi u.
Men öşanda uçta tilak tilagan edim. Birinçisi – ota-onam soğ-omonligi, ikkinçisi esa öşanda 9-sinf öquvçisi bölganim uçun tumanimizdagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyiga öqişga kiriş edi. Bu ikkisi ham amalga oşdi. Xudoga şukur, ota-onam, yaqinlarim soğ-salomat, oilamiz baxtli, özim esa orzuimdagi litseyda öqiyapman. Men bundan judayam baxtliman. Uçinçi tilagim esa hali oldinda. Amalga oşsa, albatta sizlarni xabardor qilaman.
Dinora KARIMBOYeVA,
Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.
(Foto - http://ic.pics.livejournal.com)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶