SOFLIK – ENG ULUF BOYLIK
Soğlik – tuman boylik. Bu söz zamirida juda katta maʼno bor. Şunday ekan, har qanday vaziyatda ham inson öz soğligini hamma narsadan ustun bilmoği darkor. Atrof-muhit inson salomatligiga mislsiz darajada öz taʼsirini körsatişini inobatga olib, har kim yaşaş uçun öziga özi qulay şaroit yaratmoği darkor. Lekin köpçilik soğlom turmuş tarzini yaratiş örniga öz xatti-harakati bilan atrof-muhitga zarar yetkazadi. Kimdir: "heç kim körmayapti-ku”, – deb axlat töla çelagini anhorga tökadi. Yana birov xazon va axlat yoqib, atmosfera havosini zaharlaydi. Demak, el-yurtga tökinçilik olib keluvçi obi-hayot manbai ham, musaffo havomiz ham loqaydlik tufayli ifloslanadi. Iflos havo esa bizning soğligimizga koni zarardir.
Bundan taşqari, tamaki mahsulotlarini isteʼmol qiliş, yaʼni kaşandalik tufayli inson öz umrini qançalik qisqartirayotganini bilsa edi? Jahon soğlikni saqlaş taşkilotining maʼlumotlariga qaraganda, tamaki tutuni tarkibida 3 mingdan ortiq zaharli moddalar bor ekan. Eng xavflisi, tamaki tutuni ösma kasalliklarini avj oldiruvçi zararli moddalarga boy ekan.
Baʼzan biz tengi yoşlar ham sigareta çekişni özlariga odat qilib olişganidan xafa bölib ketaman. Sigareta – narxi qimmat, bozori çaqqon mahsulot. Agar tengdoşlarimiz ana şu sigaretaga sarflagan pullariga kitob sotib olsalar, kitobdan ham soğligiga, ham hayotiga doir eng zarur bilimlarni bir boylik kabi qalblariga joylagan bölişardi.
Gözal OTAJONOVA, Amudaryo akademik litseyi öquvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶