14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 05:57
Salomatlik 👁 3,473

XAVFLI KASALLIKDAN EHTIYoT BOʻLING!

XAVFLI KASALLIKDAN EHTIYoT BOʻLING!

Quturish – oʻtkir yuqumli kasallik boʻlib, odamlarga itlarning tishlashi natijasida yuqishi qadim zamonlardan beri maʼlum.

Infektsiya manbai quturgan itlar, mushuklar, boʻrilar, tulkilar, boʻrsiqlar va boshqa hayvonlardir. Kamdan-kam hollarda kasallik quyonlardan, kalamush va sichqonlardan yuqishi mumkin. Itning soʻlagida virus quturish belgilari maʼlum boʻlishidan 7-10 kun ilgari paydo boʻla boshlaydi. Itdan quturish kasalligi yuqishi uchun itning odamni tishlashi shart emas, uning soʻlagi odam terisidagi shilingan yoki  tirnalgan joyiga tushsa kifoya. Quturish yoz-kuz oylarida koʻproq uchraydi. Odam boshi va yuzining  tishlanishi oyoq-qoʻllari tishlanishiga qaraganda ancha xavfli. Itning odamni kiyim-kechak ustidan tishlashi ham xatarli.

Yaralangan odam terisiga tushgan it soʻlagidagi virus nerv tolalari boʻylab bosh va orqa miyaga yetib boradi va ularda koʻpayib, chuqur oʻzgarishlar yuz berishiga sabab boʻladi.

Kasallikning inkubatsion, yaʼni yashirin davri 1-2 oy davom etadi, baʼzan 2 haftagacha qisqarishi yoki 1-yilgacha uzayishi mumkin. Yashirin davrning qisqa yoki uzoq boʻlishi quturgan hayvon tishlaganida yuzaga kelgan jarohatning qayerda joylashgani va katta-kichikligi, chuqur yoki yuzada joylashganligiga bogʻliq.

Boshlangʻich, yaʼni prodroma davri 2-3 kun davom etadi. Bemor uyqusi buzilib, ishtahasi boʻgʻiladi. Unda qoʻrquv hissi paydo boʻladi, kayfiyati oʻzgarib turadi. Keyin bemor atrofga loqayd boʻlgan holda yotadi. Harorati subfebril darajada boʻladi. Hayvon tishlagan joydagi jarohat tortishib ogʻriydi. Suvdan va havodan qoʻrqish belgilari paydo boʻladi. Bemor chanqab suyuqlik ichishga urinsa, darhol yutish va nafas muskullari tortishib qisqarib, qattiq ogʻriydi. Bu vaqtda bemor juda qiynalib azob chekadi, shu sababdan u suvni ichish u yoqda tursin, koʻrishi bilanoq koʻrqadi. Baʼzan suyuqlikni koʻrganida emas, balki nomini eshitganida ham uni vahima bosadi. Bu holat quturish kasalligi belgilaridandir. Nafas va yutish muskullari havo harakati taʼsirida ham tortishib, qisqarishi mumkin.

Bemorning harorati 38 darajagacha koʻtariladi, ovozi boʻgʻiladi, badani terlab, soʻlagi oqadi, hiqildoq tutadi, koʻz qorachigʻi kengayadi, oyoq-qoʻllari ogʻriydi, koʻzlari bir narsadan qoʻrqqandek koʻrinadi. Tomiri tez-tez uradi, aritmiya aniqlanadi. Nafas tartibsiz va yuzaki boʻladi, vaqti-vaqti bilan bemor chuqur-chuqur nafas oladi.  Bunda arzimagan tovush, quyosh nuri va lampa yorugʻi yoki bemor badaniga biror narsaning sal tegishi ham muskullarning tortishishiga sabab boʻladi. Bu davrda bemor uxlaydi, oʻz-oʻzini tishlaydi, atrofidagilarga hamla qilishi ham mumkin, es-hushi kirarlichiqarli boʻlib qoladi. Keyinchalik bemor koʻziga yoʻq narsalar koʻrinadi, alahlaydi. Bu davr 2-3 kundan 5-6 kungacha davom etishi mumkin. Falajlik davrida gidrofobiya ancha kamayadi, bemor tinchlanadi, suyuqlik icha boshlaydi, lekin harorat yuqori boʻlib qolaveradi, soʻzlarni aniq-aniq ayta olmaydi. Shu holatda oyoqlar falaji boshlanadi va oxiri oʻlim bilan tugaydi.

It tishlashi natijasida fuqarolar nafaqat jismoniy, moddiy va maʼnaviy zarar koʻradilar, balki oʻlim muqarrar boʻlgan quturish kasalligining yuqish xavfi tugʻilishini yodda tutishini eslatib oʻtmoqchimiz.

Afsuski, aksariyat fuqarolarimiz it tishlaganda shifokorlarga murojaat qilishmaydi. Veterinariya xizmati mutaxassislari tomonidan berilayotgan uy hayvonlarini saqlash qoidalariga amal qilishmaydi.

Kasallikdan saqlanishni istagan kishi avvalo, hayvonlarning tishlashidan saqlanishi, qolaversa, agar shunday koʻngilsiz holga duch kelsa, zudlik bilan shifokorlarga murojaat qilishi lozim.

A.YoVBASAROV, tuman DSENM shifokori.

S.XOLIMBETOV, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika oliy toifali travmatolog-ortoped shifokori.

(Foto - http://www.uzssgzt.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019