“Obod turmuş yili“ yangiliklari
OILAVIY TADBIRKORLAR SAFI OŞMOQDA
Manğit şahrining "Döstlik” mahallasida yaşovçi duradgor-usta Botir Kamolov oilaviy tadbirkorlik bilan şuğullana boşlaganiga hali köp vaqt bölgani yöq. U yangi imorat quruvçilarning buyurtmalari asosida eşiklar, deraza romlari va boşqa rözğorbop buyumlar yasaşni yölga qöydi. Şu bilan birga hunar örganişni xohlagan mahalla yoşlariga duradgorlik sirlarini örgatmoqda.
EʼTIBOR YaXŞI BÖLGAÇ
Nazarxon OFY hududida aholining iş bilan bandligini taʼminlaşga alohida eʼtibor beriladi. OFYning diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi Guljahon Ibragimovaning saʼy-harakatlari bois, ovulda 20 nafardan ziyod kişi kasanaçilik faoliyati bilan şuğullanişi uçun şaroit yaratib berildi. Bundan taşqari, 40 dan ziyod oilada oilaviy tadbirkorlik yölga qöyilgan. Xitoy texnologiyasi asosida hududning "Qulamet öy” mavzesida bunyod etilgan ğişt zavodida esa 45 nafar yoşlar doimiy iş bilan taʼminlanişdi.
Pillakorlar işi qizğin
"Toşyop” ovulidagi mavjud 5 ta fermer xöjaliklarida ayni kunlarda ğöza parvarişi bilan bir qatorda 84 quti ipak qurti ham ilğor tajribalar asosida parvariş qilinayapti. Ipak qurtlari parvarişi mutaxassislar tomonidan muntazam nazorat qilinib, tavsiyalar berib borilayapti. Toşyoplik pillakorlar rejadagi sifatli xom aşyoni yetiştirişlari uçun yetarli ozuqa bazasi mavjud.
BAYRAMGA MUNOSIB SOVĞA
Tumanimizda "Obod turmuş yili”ning yirik qurilişlaridan biri – Qipçoq qişloğida qad rostlayotgan zamonaviy qulayliklarga ega bölgan musiqa va sanʼat maktabi binosidir. Bu yangi maktab 150 öquvçi öringa möljallangan bölib, uni "Amudaryo maxsus quriliş” MÇJ quruvçi-bunyodkorlari barpo qilmoqdalar. Bu yangi quriliş obʼektida 2 milliard 462 million sömlik quriliş-montaj işlari amalga oşiriladi. Quriliş-montaj işlarini tajribali quruvçi-muhandis Rahimboy Tojiboyev boşqarib, muvofiqlaştirib bormoqda.
Yangi musiqa va sanʼat maktabi qurilişi Mustaqilligimizning 22 yilligi bayramiga bitkazilib, bu uluğ bayramga munosib sovğa tayyorlanadi.
ÇORVAÇILIK RIVOJI
"Tölqin” ovulidagi "Amudaryo sohili” fermer xöjaligi çorvaçilik va paxtaçilikka ixtisoslaşgan bölib, bu yerda Polşadan keltirilgan sut mahsulotlari yetiştiriş yönalişidagi 110 boş yirik şoxli zotdor qora-ola mollar zooveterinariya qoidalariga muvofiq parvariş qilinmoqda. Tajribali veterinar Kenjaboy Abdullayev maxsus keltirilgan zotdor mollar uruğlari bilan mazkur Polşa zotidagi sigirlarni sunʼiy usulda uruğlantirib, ötgan 2012-yil davomida 80 boş soğlom buzoq olişga erişdi.
URUŞ FAXRIYLARIGA EHTIROM
9-may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Manğit şahridagi "Çordara” mahallasida istiqomat qiluvçi uruş faxriylaridan Ötepbergan bobo Adilov va Xolboy bobo Bekmanovlar xonadonlarida mahalla faollari bölişib, ularga milliy çopon-tön kiydirildi va turli şirinliklar sovğa qilindi. Şuningdek, Prezidentimiz Farmoniga muvofiq ularning har biriga 500 ming sömdan sovğa puli berildi.
Mana şunday tadbir Navoiy mahallasida ham bölib, mahallada istiqomat qiluvçi uruş faxriylaridan Sobir bobo Nurullayev va Yöldoş bobo Tojimurodovlarga mahalla faollari nomidan qimmatbaho sovğalar va har biriga 500 ming sömdan pul hadyalari berildi.
BIR OILA FARZANDLARIDAY
Turkmaniston davlati bilan çegara hududda joylaşgan Amir Temur nomli ovulda 3312 nafar turli millat vakillari ahil-inoq istiqomat qilişmoqda. Ularning 2545 nafari özbeklar, 63 nafari qozoqlar, 19 nafari qoraqalpoqlar, 683 nafari turkmanlar va rus-tatar millatlariga mansub kişilardan iborat bölsa-da bir-birlari bilan döst-birodar, quda-anda bölib yaşayaptilar.
Töyi, maʼrakasi, quvonçi bir ovul odamlari 9 ta fermer xöjaligi paxta dalalarida közlanganiday hosil undiriş maqsadida hamjihatlikda mehnat qilişmoqda va 130 quti ipak qurtlarini tunni-kunga ulab parvariş qilişmoqda.
ijtimoiy muhofaza
Tuman bandlikka kömaklaşiş va aholini ijtimoiy muhofaza qiliş Markazi tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 27 maydagi "Özgalar parvarişiga muhtoj yakka-yolğizlarni qöllab-quvvatlaş töğrisida”gi 2012-sonli Farmoniga va 2011-yil 30-maydagi 1542-sonli qaroriga muvofiq özgalarning parvarişiga muhtoj 143 nafar yakka-yolğiz pensioner va nogironlarga xizmat körsatiş işlari amalga oşirilmoqda.
Yakka-yolğiz pensionerlar va nogironlardan 18 nafariga 17 nafar ijtimoiy xodim biriktirilgan bölib, ular özgalar yordamiga muhtoj kişilarga sidqidildan xizmat qilişmoqda.
Yakka-yolğiz pensionerlar va nogironlar ijtimoiy xodimlar yordamidan mamnun bölişmoqda.
QIŞLOQDAGI AGROFIRMA
"Bözyop” OFYning "Olang ovul” mahallasida yaşovçi Anvar Tojiboyev "Mikro-kreditbank”ning Manğit filialidan 4,5 million sömlik imtiyozli kredit olib, parrandaçilik fermasi taşkil etişga kirişganida köpçilik ferma istiqboliga işonmagandi. 2011-yilda 5 ming ta tovuq boqiş uçun möljallangan qöra qurib, "Tojiboyev Örolboy” agrofirmasini davlat röyxatidan ötkazib, iş boşlagan Anvar Tojiboyev qisqa vaqt içida parrandaçilik yetti xazinaning biri ekanligini amalda isbotladi. Agrofirma öz xarajatlarini qoplaş bilan birga Anvar Tojiboyevning oila aʼzolari va yana 4 nafar kişi doimiy iş bilan taʼminlandi. Agrofirmada yetiştirilib, içki bozorimizni töldirayotgan parrandaçilik mahsulotlari sifatidan xaridorlar mamnun.
www.amunews.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶