OBODLIK SARI EZGU QADAMLAR
- Qudratimizga shubha qilganlar biz qurgan imoratlarni kelib koʻrsin, - degan edi Sohibqiron Amir Temur bobomiz.
Ha, imoratlar xalqning maʼnaviyatini, salohiyatini oʻzida aks ettiruvchi koʻzgudir. Muhtasham binolar koʻrgan koʻzni quvontiradi, kishiga zavq bagʻishlaydi, goʻzallikka intilish tuygʻusini uygʻotadi.
Istiqlol yillarida tumanimizda keng miqyosda koʻrkam va chiroyli madaniy-maishiy binolar barpo etish, koʻchalar boʻylarida qad rostlab turgan binolar atroflarini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi va bu ish bugungi kunda ham asosiy vazifalarimizdan biri boʻlib turibdi.
Joriy yilda tumanimizda 130 milliard soʻmdan ortiq qurilish, kapital rekonstruktsiya, kapital taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgani fikrimizning yaqqol isbotidir. Shundan 100 milliard soʻmdan ortiq ish hajmi davlat va mahalliy byudjet mablagʻlari, 30 milliard soʻm atrofidagi ishlar esa aholining oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Bu qurilish materiallari – gʻisht, ohak, truba, plita, bruschatkalarga ehtiyoj katta boʻlishidan dalolatdir. Yaʼni, tumanimizda «Obod turmush yili» ulkan bunyodkorliklargina emas, balki qurilish materiallarini ishlab chiqarishda jadal surʼatlarga erishiladigan davr ham boʻladi.
2013-yil uchun tasdiqlangan Dasturga muvofiq, 5 ta yangi quriladigan, 5 ta rekonstruktsiya va 2 ta kapital taʼmirlash obʼektlariga 9 417,9 million soʻm, kanal va nasos stantsiyalari rekonstruktsiyasiga kelgusida 43,8 milliard soʻm, ichimlik suvi tarmogʻi qurilishiga 3761,8 million soʻm, namunaviy uy-joylarning suv tarmoqlari qurilishiga 164 million soʻm, namunaviy loyiha asosida quriladigan 70 ta uy-joylarga 8991,4 million soʻm, Urganch-Mangʻit shaharlari – Turkmaniston Respublikasi chegarasi davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻlini taʼmirlashga 4,270 milliard soʻm, ichki toshli yoʻllarni qora qoplamaga oʻtkazishga 426,9 million soʻm, tuman obodonlashtirish boshqarmasi balansidagi umumfoydalanishdagi xoʻjaliklararo ichki yoʻllarni joriy taʼmirlashga 320,48 million soʻm, tabiiy gaz quvurlari rekonstruktsiyasiga 79 million soʻmlik mablagʻlar ajratildi va mazkur obʼektlarda ishlar jadal surʼatlarda olib borilmoqda.
Shuningdek, ovul va mahallalarda elektr energiyasi taʼminotini yaxshilash uchun 8 ta yangi transformatorlar oʻrnatiladi va davlat, mahalliy ahamiyatdagi ichki xoʻjaliklararo yoʻllarda taʼmirlash va keng miqyosda obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Amalga oshirilayotgan rejalar tumanimiz aholisining turmushi yuksalishiga, obod va farovon boʻlishiga xizmat qiladi.
A.MADRAIMOV,
tuman arxitektura va qurilish boʻlimi birinchi toifali mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶