14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 08:14
Adabiyot 👁 3,769

MULKI ShEʼR HOQONI – NAVOIY HAZRAT

MULKI ShEʼR HOQONI – NAVOIY HAZRAT

Ulugʻ shoir va olim, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy oʻz davrining eng ziyoli kishisi, ilm va maʼrifat homiysi sifatida tarixda muhrlanib qoldi.

Alisher Navoiy nafaqat turkiy dunyoda, balki butun jahonda  dovrugʻ qozondi. Oʻzbek tilining asoschisi boʻlgan Navoiy bobomizdan bizga nihoyatda ulkan, bebaho maʼnaviy meros qolgan.

Mana, necha asrdirki, Navoiy yaratgan betakror asarlar hali-hanuz asrlardan-asrlarga oʻtib kelmoqda. Ulugʻ bobomiz oʻz asarlarida sharqona odob-axloq, milliy tarbiya, inson tuygʻulari, uning kamoli, orzu-istaklari, vatanparvarlik, inson erkinligi masalalariga jiddiy eʼtibor qaratadi.

Yurtboshimiz Islom Karimov taʼkidlaganidek: "Inson qalbining quvonch-u qaygʻusini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi”.

Navoiy 60-yillik umri davomida toʻxtovsiz ijod qilib, bemisl meros qoldirdi. U Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy va Hisrav Dehlaviy anʼanasini davom ettirib, oʻzining eng buyuk shoh asari boʻlmish "Xamsa”ni yaratadi.

Navoiy "Xamsa”ni misli koʻrilmagan bir qisqa fursatda yozib tugalladi. 1483-yili boshlangan ish 1485-yili nihoyasiga yetkazildi.

Navoiy asarlariga biz har kuni murojaat qilamiz. Uning asarlari bir ummonki, har gal shu ummonga shoʻngʻiganimizda biz Navoiyni yanada teranroq anglab, hayratimiz oshadi, koʻz oʻngimizda dunyoning qadri oʻsadi, olamning mohiyatini, hayotning bebaho va betakrorligini tushunib boramiz. Jahonning har burchagida yashovchi xalqlar haligacha unga murojaat qilishadi.

Navoiyning hech boʻlmasa bir baytini bilmagan, oʻqimagan, uni sevmagan odam, u haqda maqola, sheʼr yozmagan kishi boʻlmasa kerak.

Xalqimiz Alisher Navoiy bobomizga chuqur ehtirom, ixlos va havas qilib, oʻz farzandlariga Navoiydek pokdomon inson boʻlsin, degan ezgu umidlar bilan Alisher ismlarini qoʻymoqdalar.

Alisher Navoiy yili deb eʼlon qilingan 1991-yil yurtimiz tarixida qutlugʻ, unutilmas sana boʻlib qoldi. Shu yili xalqimizning asriy orzu-umidlari amalga oshdi. Alisher Navoiy yurtni, diyorni koʻrkam, hosildor bogʻlar ogʻushida koʻrishni orzu qilar edi. Jannatmakon yurtimiz Toshkentda Nizomiddin Mir Alisher Navoiy haykali va nihoyatda soʻlim va goʻzal milliy bogʻ barpo etilgan. Axir ulugʻ bobomizning oʻzlari:

Kim bu bogʻ ichra xiromon erur,

Barchasi bir-biriga mehmon erur, - deb odamlarni bir-biriga mehribon shafiq boʻlishga, doʻst-birodarlikka chaqirgan edilar.

"Bu yer yillar, asrlar davomida katta xalq tantanalari, qariyalarimizga, yosh avlodimizga, xalqimizga malham, ruhiy madad beradigan sevimli  va maroqli bir oromgohga aylanadi”, - degan Yurtboshimizning katta umidi bugungi kunda toʻla-toʻkis amalga oshdi.

Har yili Alisher Navoiyning tavallud kunida millatimiz faxri boʻlgan ulugʻ bobokalonimizni yodga olib, uning haykali poyiga gulchambarlar qoʻyilib, bogʻda sheʼriyat, gʻazalxonlik bayrami oʻtkaziladi. Bu kun yurtimizning barcha goʻshalarida oʻzgacha shukuh bilan kutib olinadi va katta tantana bilan nishonlanadi.

Shuning oʻziyoq xalqimizning yuksak maʼrifat va maʼnaviyat sohiblari ekanligidan, buyuk bobomizga boʻlgan cheksiz ehtiromidan dalolatdir.

Navoiyning har bir soʻzi bir kitob. Uning asarlari ustida hozirgacha olimlar ilmiy ishlar olib bormoqdalar.

Bir lahza ham xalq gʻam-u tashvishidan ajralmagan holda qalam tebratgan Navoiy bizga Vatanni, onani sevishni, ulugʻlashni, ezgulikni, odamiylikning jamiki ezgu fazilatlarini oʻz asarlari orqali oʻrgatdi.

Hamon Navoiy asarlariga har sohada murojaat etib, undan dasturilamal sifatida foydalanib, yashash sirlarini oʻrganmoqdamiz.

Uning:

"Haq yoʻlida kim senga bir harf oʻqitmish ranj ila.

Aylamak boʻlmas ado oning  haqin yuz ganj ila” – degan hikmati oʻquvchilik yillaridayoq sinfimizdagi doska tepasiga osilib turardi va biz yoshlar uchun hayotimiz shioriga aylanib qolgan.

Buyuk bobomizning asarlarini yosh avlodga oʻrgatish, ularda qonimizda Navoiydek buyuk zot qoni oqayotganligidan faxr tuygʻusini uygʻotib, uning bebaho asarlaridagi orzu-istaklarini amalga oshirib yashashga hamisha burchlimiz.

 

Nasiba EShMURODOVA,

55-sonli maktab oʻqituvchisi.

(Foto - http://sv.zarnews.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019