17.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.10.2026, 01:06
Qishloq xoʻjaligi 👁 6,440

ASALARIChILIK – MUHIM TARMOQ

ASALARIChILIK –  MUHIM TARMOQ

Asalarichilik qishloq xoʻjaligining ajralmas, muhim tarmogʻi boʻlib, asalari oilalarini koʻpaytirish nafaqat asal, mum, gulchangi va boshqa asalarichilik mahsulotlarini yetishtirish, balki qishloq xoʻjalik oʻsimliklarini changlantirib, hosildorligini oshirish va meva hosili sifatini yaxshilash imkonini beradi.

Asalarichilik koʻp ming yillik tarixga ega  boʻlib, asalarilar daraxtlarda hamda togʻlarning qoyalaridagi kavaklarida yashagan. Hozirgi kunda asalarilar maxsus uyalarda boqilib, ular yetti xazinaning biri hisoblanib kelinmoqda.

Asalarilar faqat ikki xil ozuqa, yaʼni oʻsimlik gullaridan toʻplangan sharbat (asal) va gulchangi isteʼmol qiladilar, oʻsimlik gullaridan toʻplangan sharbatni qayta ishlab asalga, gulchangini esa inchalarga joylab, ustiga asal qoʻyib, uzoq saqlanadigan "perga” deb nomlanuvchi oqsil ozuqaga aylantiradilar.

Insoniyat bor ekan, asal mahsulotiga boʻlgan talab va ehtiyoj kundan-kunga oshib boraveradi. Shuning uchun asalarichilik doimo serdaromad tarmoq boʻlib kelayotir.

1814-yili ukrainalik asalarichi Pyotr Ivanovich Prokopovich asalarilar hayotini va uning daraxt gʻovaklarida mumkatak inchalarining joylashishi, mumkatak inchalar tortishi kabi xususiyatlarini oʻrganib, dunyoda birinchi boʻlib gʻovaklarga mayda katakchali ramkalar joylashtirib, ari oilasi boqiladigan asalari uyasini yaratdi. Bu yaratilgan asalari uyasida asalarilar yogʻochdan yasalgan ramkalarga mumkatak inchalar tortilganidan keyin oʻsha ramkalarni ari uyasidan sugʻurib olib, oʻrnini almashtirish yoki ramka qoʻyish ishlarini bajarishni yengillashtirgach, asalari oilasining ahvolini aniqlab, kerak holda, ari oilasiga yordam bergan.

1957-yili nemis asalarichisi Iogann Mering birinchi boʻlib asalari inchalarining tag qismining asosi tushirilgan mumparda varaqlarini yaratdi.

Mumparda varaqlarini ramkalarga yopishtirib, asalari oilalariga qoʻyilsa, asalarilar mumpardaga inchalari devorlarini olti qirrali qilib tortadilar. Bu yaratilgan yangilik asalarilarda ishchi ari - "ingata” mumkataklar tortishlariga zamin boʻlib, koʻp ishchi arilar yetishtirilgan.

1865-yili chexoslovakiyalik asalarichi Frants Grushka markazdan qochish kuchi taʼsirida mumkatak ramkalardagi asalni olish moslamasini yaratdi. Uning yaratgan ixtirosi yordamida asalari oilalaridan olinadigan asal miqdori koʻpayib, asaldan boʻshagan mumkatak ramkalar yana asal toʻplash uchun asalari oilalariga qaytarib qoʻyiladigan boʻldi.

Uchala asalarichining yaratgan ixtirolarini hayotga tatbiq etish orqali asalarilar oʻzlarining ehtiyojlariga keragidan ortiqcha asal toʻplaydigan boʻlganlari uchun ham oʻsha qoʻshimcha olingan asal mahsuloti asalari oilalariga qilingan mehnat va xarajatlarni qoplab, asalarilarni nobud boʻlishdan saqlab qolishga zamin yaratildi.

Mumkatak ramkali uyalarda ari boqish orqali ari oilalarini parvarishlash, rivojlantirish va koʻpaytirishga daraxt gʻovaklarida yashagan ari oilalariga nisbatan asalarichining ish bajarish qobiliyati yengillashadi hamda asalarilarga kerakli sharoit yaratiladi. Bundan tashqari, asalari oilalarini bir joydan ikkinchi joyga koʻchirib yuborish orqali asal toʻplash davri uzayadi. Vaholanki, oʻsimliklarning asalbop sharbat ajratishi doimiy boʻlmasa ham uzoq vaqt gullab turadiganlari va birin-ketin gullaydigan oʻsimliklar havo harorati yaxshi kunlari ari oilalari oʻzlarini boqib, qurtchalarini tarbiyalab, koʻp sonli yosh ishchi arilar hisobiga har bitta asosiy oiladan yoki ikkita asalari oilasidan bitta yangi yosh oila tashkil qilish va yangi urchigan ona arilarni yetishtirish mumkinligi hisobiga asalarichilik mahsuldorligi oshadi.

Shu bois, erta bahorda yosh urchigan ona ari yetishtirib, aprel oyining oxirlari va may oyining birinchi oʻn kunligida yangi kichik oilalar tashkil etib, asalarichilikni rivojlantirish daromad oshishiga zamin yaratadi.

Asalarichilikning asosiy mahsuloti boʻlgan asaldan tashqari yangi yosh oila yetishtirish hamda gul changi, ona ari suti, propolis hamda asalari zaharini toʻplash orqali albatta, asalarichilikdan katta daromad olsa boʻladi.

Tluboy AQMANOV,

Qipchoq oʻrmon xoʻjaligi shaxsiy asalarichilik yordamchi xoʻjaligi mutaxassis-ishchisi.

(Foto - http://agrar.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026