TADBIRKORLAR DIQQATIGA!
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining "Orol dengizi fojiasidan zarar körgan aholi turmuş tarzini yaxşilaş” qöşma Dasturi Özbekiston Respublikasi moliya Vazirligi va Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşining qöllab-quvvatlaşi natijasida muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda. Dasturning "Aholi turmuş tarzini yaxşilaş” bölimi tomonidan ovullar hududlarida tadbirkorlik faoliyatini yangidan boşlayotgan va avvaldan harakat qilayotgan tadbirkorlarga kiçik kölamdagi işlab çiqarişni yölga qöyiş, turli sohalardagi innovatsion loyihalarni amalga oşirişlariga yordam körsatiş rejalaştirilgan.
Qöşma Dastur doirasida Amudaryo tumanida tabiiy asal va mum mahsulotlarini işlab çiqaruvçi tsex taşkil qiliş böyiça yangi biznes-rejalarni moliyalaştiriş rejalaştirilayotganini maʼlum qilamiz hamda tadbirkorlardan tabiiy asal va mum mahsulotlarini yetiştirişni yölga qöyiş böyiça biznes rejalar kutib qolamiz.
Asalariçilik va mum mahsulotlarini işlab çiqariş tsexi taşkil etiş böyiça yangi biznes-loyiha talablari:
1) Nomzod asalariçilikni rivojlantiriş sohasida kamida 3 yillik tajribaga ega bölişi;
2) Nomzodning qonuniy asosda asalariçilik bilan şuğullanayotgani (xususiy firma, fermer xöjaligi yoki boşqalar) va asalariçilikni yölga qöyişni taʼminlaşga yetguday asalari uyalariga ega bölişi;
3) Nomzodning öz tomorqasida asal mahsulotlarini va mum kataklarini işlab çiqaruvçi uskunalarni joylaştiriş uçun umumiy maydoni 100 metrkvadratdan ortiq yangi 2-3 xonadan iborat iş xonasiga ega bölişi;
4) Nomzodning kiçik zavodni asalariçilik mahsulotlari va mum mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlab borişi uçun hududdagi boşqa asalariçilar bilan mustahkam aloqaga ega bölişi;
5) Nomzodning mahsulotni mahalliy va çet ellik xaridorlarga sotişda mahsulotlarning marketingi böyiça yuqori qobiliyatga ega bölişi.
Qöşimça maʼlumotlar oliş va biznes rejalarni taqdim etiş şartlari bilan batafsil tanişiş uçun quyidagi manzilga murojaat qilişingizni söraymiz: Nukus şahri, Yernazar Olaköz köçasi, 56-uy, 2-qavat.
Birlaşgan Millatlar Taşkilotining "Orol dengizi fojiasidan zarar körgan aholi turmuş tarzini yaxşilaş” qöşma Dasturi kengaşi.
Telefonlar: (0 361) 224-16-35, 224-13-81
Masʼul xodim: Utemisov Alişer, "Aholi turmuş tarzini yaxşilaş” bölimi boşliği. (+99893) 920-07-10.
Biznes rejalarni topşiriş muddati 2015-yil 24-oktyabr, soat 18:00 gaça.
(Foto - http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶